|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 30/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриElektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish asboblari hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarini ishga tayyorlash. Mazkur yo`nalishlar bilan bog`liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni bilish.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari; sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga ishlov berish asboblari turlari haqida ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish; uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalana olish.
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochlar va ularga ishlov berish materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarini bajarish; konusimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari; yog`och va metalga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlay olish.
|
| |