• Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi
  • Texnologiya va dizayn yo`nalishi




    Download 1,7 Mb.
    bet11/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Texnologiya va dizayn yo`nalishi
    Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; tex­nologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlari; mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
    Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar; hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlari; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216




    Download 1,7 Mb.