|
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak
|
bet | 7/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриMehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash; qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq o`yinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to`qish, ipdan o`yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasash.
III. O`quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
(5-9 sinflar uchun)
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
|
| |