|
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak
|
bet | 6/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриMehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulidan foydalana olish, qog`oz va mozaika usulida archa bezaklarini yasay olish; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini va bayramlarga tabriknomalar tayyorlay olish, bezak chok turlarini tika olish; kartondan guldon, chovgum ushlagich, sodda yumshoq o`yinchoqlar tikish bosqichlarini bajara olish; to`qishning oddiy usullarini bajara olish; turli harakatli o`yinchoqlar modelini yasay olish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasay olish; “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasash ko`nikmalarini egallashi lozim.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalarni yasash, mozaika usulida archa bezaklarni yasash; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash. Bayramlarga tabriknomalar tayyorlash. Bezak chok turlarini tikish. To`qishning oddiy usullarini bajarish. Turli harakatli o`yinchoqlar yasash. Plastilin va loydan turli idishlar yasash. Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash.
4-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
|
| |