• Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak
  • 3-sinf
  • Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak




    Download 1,7 Mb.
    bet5/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikasiya usulida naqsh yasay olish. Qog`ozdan applikasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Igna uchun yostiqcha tika olish. Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasay olish. Plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, uy jihozlaridan namunalar yasay olish. Tabiiy urug`lardan applikasiya usulida naqsh tuza olish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasay olish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasay olish. Chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash ishlarini bajara olish. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish ko`nikmalarini shakllantirish.
    Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikasiya usulida naqsh tuzish. Qog`ozdan applikasiya usulida tabriknoma tayyorlash. To`g`ri chokda igna uchun yostiqcha tikish. Plastilindan uy jihozlarini yasash. Tabiiy urug`lardan applikasiya usulida naqsh tuzish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasash. Chiqindi materiallardan modellar yasash.


    3-sinf


    Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalar yasash usulini, pape-mashe usulida idishlar tayyorlash va bezash usulini, mozaika usulida archa bezaklarini, lola, qo`ziqorin, sichqon; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini hamda bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, bezak chok turlari, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikishni bilish. To`qish haqida ma`lumotni, to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, to`qishning oddiy usullari, texnik modellash haqida ma`lumot hamda turli harakatli o`yinchoqlar yasashni bilish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasashni, tabiiy xom-ashyolar bilan ishlashni, urug`lardan mozaika yasashni bilish; “Qush bolasi” mavzusida kompozitsiyani, “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasashni bilish.

    Download 1,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak

    Download 1,7 Mb.