|
II. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
|
bet | 3/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриII. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
O`quvchilar qog`ozning ishlab chiqarishini texnik bosqichlari, ularning yaratilish jarayonlari to`g`risida ma`lumotga ega bo`ladilar, qog`oz bilan ishlash usullari, qog`oz turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari, qog`oz ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha kasb egalari haqida umumiy tushunchalarni, qog`oz turlaridan foydalanib, geometrik shakllar asosida qirqish, yelimlash, buklash usullarida turli o`yinchoqlar, hayvon va parrandalar, manzara, kompozitsiya hamda tabriknomalar tayyorlash malakasini egallash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlashda chok turlaridan namunalar, yumshoq o`yinchoqlar tikish hamda turli kiyimlarni ta`mirlash ishlarini bajarish. To`qish va uning turlari, asbob-moslamalardan xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilingan holda foydalanish. Xalq hunarmandchiligi yo`nalishi bo`yicha kashtachilikning eng sodda elementlarini tikish.
O`quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini texnik modellashtirish orqali rivojlantirish. Sodda turli texnikaviy moslamalarni yasash.
O`quvchilarni loy yoki plastilin bilan ishlash ko`nikmalarini o`stirish. Plastilin va loydan turli o`yinchoqlar, haykalchalar yasash ko`nikmalarini egallash.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o`quvchilarning tasavvuri, ijodiy qobiliyatini o`stirish, chiqindi va badiiy materiallardan turli qirqish, yelimlash, qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas biriktirish usullari orqali hayvonlar, parranda, qushlar, uy-ro`zg`or buyumlari, qiziqarli o`yinchoqlar yasash ko`nikmasini egallash.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy badiiy qurish-yasash san`atining sodda elementlari asosida applikatsiya, mozaika usullaridan foydalanib, manzara, buyumlardan kompozitsiya qurish-yasash malakasini egallash.
1-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi fani haqida umumiy ma`lumotni bilish. Qog`ozlar va kartonlar haqida umumiy ma`lumotlarni, qog`ozni buklash usullarini, “Qish” manzarasini applikasiya usulida ishlashni, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar, quti, shapka, xo`tikcha, stakan, buzoqcha yasashni, turli bayramlar uchun niqoblarni yasashni, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasashni, rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlashni, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga уelimlashni, bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, meva va sabzavot urug`laridan applikasiya usulida yo`lsimon naqsh tuzishni, tikuvchilik haqida ma`lumotni, tikuvchilikda ishlatiladigan asboblarni saqlash, to`g`ri chok tikishni; loy va plastilin bilan ishlashni, plastilindan turli hayvonlar shaklini yasashni bilish; pazandachilik haqida umumiy ma`lumotni; pazandachilik asbob-uskunalari haqida ma`lumotlarni; qishloq xo`jaligi mehnati turlari, o`simliklar va gullarni parvarishlashni bilish; tabiiy materiallar haqida umumiy ma`lumotni, maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlashni, tabiiy, chiqindi materiallardan o`yinchoqlarni hamda turli maketlarni qurish-yasashni bilish.
|
| |