|
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi
|
bet | 12/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKasbga yo`naltirish asoslari bo`limi: o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi; qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar; O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari; kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik; o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati; kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish; o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari; kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
“Servis xizmati” yo`nalishi
Ishlab chiqarish asoslari bo`limi: o`quvchilar O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
|
| |