• Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet18/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Pazandachilik asoslari: pazandachilik o`quv xonasida xavfsizligi texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablari, pazandachilik tarixi va taraqqiyoti, oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyatini bilish. O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi, oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalarini bilish. Plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalarini bilish. Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari, dasturxonga tortish qoidalari, buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezashni, sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar, yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi, ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartib-qoidasi, sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni bilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortishni bilish. Pazandachilikka oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
    Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari, tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlarini bilish. Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot va namunalar tayyorlashni bilish. Ushlagich tayyorlash, dazmol bilan ishlash, dazmollash usullarini bilish. Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi, tikuv mashinasini ishga tayyorlash, mashinada ipsiz tikishni bilish. Bichish va tikish haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish, masshtab lineyka, fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish, fartuk va bog`ichli qopqoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash, fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish, bog`ichli qalpoqchani tikish, fartukni tikish, dazmol usullarini bilish. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Kashtachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ishlatiladigan naqshlar, rang tanlashni va choklardan namunalari tikishni bilish. Milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlamalar va ularni turlari. Qo`g`irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish, bichish va tikishni bilish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan foydalanib, namunalar to`qish. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qishni bilish. Gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.



    Download 1,7 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.