• Mavzu: Parranda tuxumlarining turlari, tuxumli taomlardan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni va dasturxonga tortish tartibi. Bajardi: Abrayeva Lola Raim-Nazarovna
  • 2.2 . Tuxum mahsulotlarini tuzilishi turlari va kimyoviy tarkibi. 2.3. Tuxum mahsulotlarini guruhlanishi.
  • III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati V.Ilova I.Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
  • Mahsulot tayyorlash texnologiyasi




    Download 4,56 Mb.
    bet1/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi4,56 Mb.
    #242299
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Абраева Лола


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    PROFESSIONAL TA’LIM” fakulteti
    TEXNOLOGIK TA’LIM METODIKASI” kafedrasi
    MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI” FANIDAN

    KURS ISHI

    Mavzu: Parranda tuxumlarining turlari, tuxumli taomlardan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni va dasturxonga tortish tartibi.
    Bajardi: Abrayeva Lola Raim-Nazarovna
    Kurs ishi rahbari: Sh.Mambekova

    Toshkent-2024
    Mundarija
    I. Kirish
    II.Asosiy qism
    2.1. Tuxum va tuxum mahsulotlari.
    2.2 . Tuxum mahsulotlarini tuzilishi turlari va kimyoviy tarkibi.
    2.3. Tuxum mahsulotlarini guruhlanishi.
    2.4. Tuxumli taomlardan tayyorlanadigan taomlar turlari, tayyorlash jarayoni va dasturxonga tortish tartibi.
    2.5.Tuxumli «Mimoza» salatini tayyorlash texnologik xaritasi.
    III.Xulosa
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
    V.Ilova

    I.Kirish
    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, yuqori malakali, yuksak kasbiy, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi zamonaviy kadrlarni tayyorlash tizimi va ushbu ishlarni amalga oshirishda bajarilayotgan tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalari bo`lib qolmoqda. Bu tadbirlar shubhasiz ta’lim tizimining barcha bo`g’inlarini o`z ichiga olgan holda takomillashuvni taqazo etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayoni va uning asosiy vositalaridan bo`lgan o`quv qo`llanmalar, darsliklar, majmualar modernizatsiyalanishi rivojlanishning muhim omili hisoblanadi.
    Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan samarali foydalangan holda eng zamonaviy turdagi o`quv qo`llanmalar, darsliklar va majmualar yaratish, ilmiy asoslangan bilimlarning uzluksizligini ta’minlash va fan yo`nalishlarida tegishli integratsiyalashuvni saqlab qolish, mutaxassislik fanlarini o`qitishda pedagogik texnologiyalardan o`rinli foydalanish, samarali natijaga erishish uchun o`qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlarni o`tkazishning yangi metodikalarini qo`llash mutaxassislardan yuksak kreativlikni talab etadi.
    Texnologiya ta’limining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator hal qilinishi muhim bo`lgan muammolar mavjud va ular o`z yechimini kutmoqda. Texnologiya ta’limi jarayonini tashkil etishga oid qo`llanmalar, o`quv-uslubiy majmualar, darsliklar yetarli darajada ta’minlanmaganligi, texnologiya fanini o`qitishda zamonaviy texnologiyalar va modernizatsiyalashuv jarayoni ancha oqsab qolgani bunga yaqqol misol bo`la oladi.
    Texnologiya ta’limi bo`yicha ta’lim jarayonlarini tashkil qilishda texnologik yondashuvga oid ilmiy-uslubiy resurslarning yetishmasligi, mavjud qo’llanma va uslubiy majmualarda integratsiyalashmagan mavzular va uzviylikni ta’minlamaydigan materiallar juda ko`p bo`lib, ayniqsa ularda bugungi kun talablaridan bo`lgan mobillik, ixchamlilik va zamonaviy texnologiyalarni o`zida aks ettirmasligi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
    Elektron o`quv-uslubiy majmualar yaratilishi nafaqat ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, balki uning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi axborot-kommunikatsion texnologiyalar rivojlangan davrda ta’lim tizimini takomillashtirish, o`quv jarayonini modernizatsiyalash, ilmiy-uslubiy qo`llanmalar va majmualarni ma’lum bir yaxlitlikka olib kelish, ulardan foydalanishni osonlashtirish, mashg’ulotlarni tashkil etishda ta’lim oluvchilar uchun 4 ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish asosiy maqsadimiz.

    Download 4,56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 4,56 Mb.