|
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi
|
bet | 2/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,56 Mb. | | #242299 |
Bog'liq Абраева ЛолаKurs ishining maqsadi
Umumta’lim maktablarida maxsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish, ularda o`quv maqsadlariga aniq yo`naltirilgan metodikalardan foydalanish, shu asosda mashg’ulotlarni o`tkazish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
Kurs ishining vazifalari
Umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari bilan tanishish, mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotni tashkil etish, o`tkazish .
Kurs ishining obyekti
Umumta’lim maktablarida mutaxassislik fanlaridan tashkil etiladigan mashg’ulotlar. Kurs ishining predmeti oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o`qitishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalarni o`tkazish metodikasi va ilmiy asoslari. Tuxumning tuzilishi, sifat ko’rsatkichlari, saqlash sharoitlari.Tuxum mahsulotlari.Tuxum kukuni, pazandalikda ishlatilishi.
Kurs ishining me’yoriy-huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida”gi PQ-4884- sonli qarori, O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida”gi 2020-yil 23- sentabrdagi O`RQ-637-sonli qonuni.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat.
II.Asosiy qism
2.1. Tuxum va tuxum mahsulotlari.
Tuxum — tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka Tuxumlari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) Tuxumlariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan Tuxumlar parhez Tuxum hisoblanadi. Tovuq Tuxumda 26% quruq modda, shu jumladan, 12—13% protein, 12% lipidlar (lipidlarning 99% sarigʻida toʻplangan), 1% uglevodlar, 1% mineral moddalar bor. Tuxum oqsili (okligi)ning 60% almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizotsim) va glikoproteidlar (avidin) dan iboraTuxum Tuxum sarigʻi (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bogʻliq. Uning oʻrtasida urugʻlangan embrion diski joylashgan. Shuningdek, Tuxum tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, letsitin, fosforli yogʻlar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, Ye, D va boshqa vitaminlar bor. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik Tuxumlari tanlab olinadi. Odatda, tovuq Tuxumi 55—65, kurkaniki 70—100 g, oʻrdakniki 70—90 g, gʻozniki PO— 180 g. boʻladi. Tuxum uzok, vaqt saqlanadigan boʻlsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yoʻli bilan konservalangan tuxum massasi) va Tuxum kukuni tayyorlanadi. Melanji 8—10 oy, Tuxum kukunini 2 yil saqlash mumkin.
|
| |