Embrion bu — joʻja tanasi rivojlanadigan qism. Qobiq ichidagi terisimon poʻstloq tuxumning toʻmtoq uchida yana bir havodor qobiqni hosil qiladi.
Ichkarida albumin deb nomlanuvchi oqsil ham bo‘ladi. U asosan suvdan iborat bo‘lgan taʼm va hidsiz suyuqlik boʻlib, koʻrinishidan jelega oʻxshaydi. Tuxum oqida oq rangli iplarni koʻrishimiz mumkin. Ularning vazifasi tuxum sarigʻini toʻr belanchak kabi tuxumning markazida ushlab turish va uni zarbalardan asrashdir. Tuxum sarigʻining oʻzi yumaloq shaklda boʻlib, u yuzasidagi kichik boʻshliqda joylashgan embrion uchun ozuqa vazifasini oʻtaydi. Agar yangi tovuq tuxumi sarigʻi diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, unda embrionni koʻrsa bo‘ladi. Biroq boshqa qushlarning tuxumidagi embrion shunchalik kichikki, ular faqat mikroskop ostida koʻrinadi.
Tuxumning kattaligi har doim ham qushning kattaligiga bogʻliq emas. U rivojlanayotgan embrionni tuxumdan chiqqunga qadar oziqlantirish uchun zarur boʻlgan ozuqa miqdoriga bogʻliq.
Dunyoga kelib, toʻliq rivojlanishi uchun yetarli ozuqa boʻlmagani sabab joʻjalar tuxumni yorib chiqqach, oʻzi haqida qaygʻurishga qodir boʻlgunga qadar koʻr va ojiz boʻladi.
2.2 . Tuxum mahsulotlarini tuzilishi turlari va kimyoviy tarkibi.
Qishloq xo‘jalik parrandalari (tovuq, o‘rdak, g‘oz, indyuk, bedana) tuxumi qimmatli ozuqaviy va parhez oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kiradi. Sotuvga faqat tovuq va bedona tuxumlari ruxsat etiladi. Suvda suzuvchi parrandalarning tuxumlari esa ko‘p hollarda paratif (salmonella) bakteriyalari bilan zararlangan bo‘lishi tufayli issiqlik bilan ishlov beriladigan mahsulotlar tayyorlashdagina ishlatiladi.
Parranda turi
|
Miqdori, %
|
Suv
|
Oqsil
|
Yog‘
|
Uglevod
|
mineal moddalar
|
Butun tuxum
|
Tovuq
|
74,00
|
12,70
|
11,50
|
0,70
|
1,07
|
O‘rdak
|
70,81
|
12,70
|
15,04
|
0,30
|
1,08
|
G‘oz
|
70,40
|
13,90
|
13,30
|
1,30
|
1,10
|
Indyuk
|
73,10
|
13,10
|
11,80
|
1,20
|
0,80
|
Sariq qismi
|
Tovuq
|
48,7
|
16,60
|
32,60
|
1,00
|
1,10
|
O‘rdak
|
44,8
|
17,70
|
35,20
|
1,10
|
1,20
|
G‘oz
|
43,3
|
18,00
|
36,00
|
1,10
|
1,60
|
Indyuk
|
48,3
|
16,30
|
33,30
|
0,90
|
1,30
|
Oq qismi
|
Tovuq
|
87,90
|
10,60
|
0,03
|
0,90
|
0,60
|
O‘rdak
|
86,80
|
11,30
|
0,08
|
1,00
|
0,80
|
G‘oz
|
86,70
|
11,30
|
0,04
|
1,20
|
0,80
|
Indyuk
|
86,50
|
11,50
|
0,03
|
1,30
|
0,70
|
Parranda tuxumlari 3 asosiy qismdan tashkil topgandir: po‘choq (11-14%), sariq qism (28-32%), oq qism (54-60%). Po‘choqning asosiy tarkibiy qismini karbon va fosfor kislotalarining kalsiy tuzlari (96%) tashkil etadi. Organik moddalar esa kollagen holida 4-5% ni tashkil etadi. Tuxumning po‘chog‘ida mayda - mayda g‘ovakchalar mavjud bo‘lib, ana shu g‘ovakchalar orqali tuxum ichkarisiga havo va mikroorganizmlar kira oladi. Tuxumning po‘chog‘i tashqi tomonidan yupqa plyonka bilan qoplangan bo‘ladi, uning ichki yuzasida esa
po‘choqosti plenkasi mavjud. Tuxumning poynak qismida po‘choq osti va oqining plyonkasi orasida havo bo‘shlig‘i bo‘lib, bu bo‘shliq tuxumni saqlagan sayin oqsilning qurishi hisobiga kattalashib boradi. Tuxumning po‘stlog‘i sirtidagi yupqa plyonka ma’lum vaqtgacha tuxumni qurishdan va mikroorganizmlar kirishidan saqlaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu plyonka o‘z xususiyatini yo‘qota boradi. Umuman tuxumning po‘stlog‘i ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lmasada, himoya vazifasini bajarib, tuxumni tashqi muhitdan saqlaydi va uning mustahkamligi tuxumni tashishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Parrandalar tuxumlarining va tarkibiy qismlarining kimiyoviy tarkibi. Tuxum tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma moddalar mavjuddir. Ayniqsa tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E vitaminlariga boyligi uchun parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin, jigar, ateroskleroz kasalliklarida va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
O‘rdak va g‘oz tuxumlarida oqsil va yog‘ miqdori birmuncha ko‘proq bo‘ladi.
Tuxum massasining asosiy qismini oqlik qismi tashkil etadi.
Tuxum oqi tarkibida suv, oqsil moddalari, yog‘lar, uglevodlar va mineral moddalar bo‘ladi. Tuxum oqi tarkibida suv miqdori sarig‘idagiga nisbatan qariyib ikki baravar ko‘pdir. Tuxum oqi oqsili ovalbumin (70%), ovamukoid, konalbumin, mutsin va lizotsimdan tashkil topgandir. Tuxum lizotsimi bakteriyalarning rivojlanishiga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egadir.
Tuxum sarig‘i yupqa tiniq qobiq ichiga joylashgan quyuq massadan iboratdir. Uning rangi och sariqdan to‘q sariq ranggacha bo‘ladi. Yozgi tuxumlarning sarig‘i to‘q sariq rangda bo‘ladi, chunki yozgi tuxumlar karotinga boy hisoblanadi. Tovuq tuxumi sarig‘i tarkibida suv 48,7%, oqsillar 16,6%, yog‘lar 32,6%, uglevodlar 1,0%, mineral moddalar 1,1%, fermentlar, buyoq moddalari va vitaminlar bo‘ladi. Tuxum sarig‘i tuxumning eng to‘yimli va qimmatli qismi hisoblanadi. Uning oqsili va yog‘lari inson organizmida tez hazm bo‘ladi.
Tuxumlarning kimyoviy tarkibi turiga, parrandaning nasliga, tuxum olish vaqtiga va emish berish sharoitlariga katta darajada bog‘liq bo‘ladi. Tuxum sarig‘i tarkibidagi lipidlarning 60-63 %i yog‘larga, 30-33 % i fosfatidlarga, 5 % i esa sterinlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tuxum sarig‘ining tarkibida bo‘ladigan yog‘lar 70 % to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan (oleinat, linolat, linolenat) tashkil topadi.
Tuxum sarig‘i tarkibida uchraydigan letsitin esa fosforga boy bo‘lganligi uchun miya va asab to‘qimalari uchun ozuqa vazifasini o‘taydi. Tuxum sarig‘i
suvda erimaydi, suyuqliklar bilan aralashtirilganda emulsiya hosil qiladi.
Tuxum tarkibiga kiruvchi ksantofil, karotin pigmentlari bilan birlikda unga o‘ziga xos rang beradi. Qish paytida olingan tuxumlarning sarig‘ining oq sariq bo‘lishi tovuqda yem sifatida berilayotgan ozuqa tarkibida karotinning kam darajada ekanligi bilan izohlanadi. Tuxum sariq qismining muzlash temperaturasi - 0,590 C ni, 100 g ining energiya berish qobiliyati esa 1570 kj (375kkal) ni tashkil etadi. Tuxum sariq qismining inson organizmida hazm bo‘lish darajasi ham yuqori bo‘lib 96 % ni tashkil etadi.Tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, uning tarkibida letsitin, temir, kalsiy tuzlarining va A, D, E vitaminlarining ko‘pligi uchun davolash profilaktik maqsadlarda ishlatladi. O‘rdak va g‘oz tuxumlarida oqsil (13-14 %) va yog‘ (13-15 %) miqdori tovuq tuxumlaridagiga qaraganda birmuncha ko‘proq bo‘ladi.
Tovuq tuxumi saqlash muddati, sifati va massasiga qarab parhez va oshxona tuxumlariga bo‘linadi. Parhez tuxumlar deb massasi 44 g dan kam bo‘lmagan, tovuq tuxum qilgan kunni hisoblamaganda 7 sutkadan kechiktirilmasdan sotishga chiqarilgan, sovuqxonalarda yoki ohak eritmasida saqlanmagan tuxumlarga aytiladi. Oshxona tuxumlarining massasi 43 g dan kam bo‘lmasligi kerak. Saqlanish sharoitlari va muddatiga qarab oshxona tuxumlari yangi, sovuqxonalarda saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo‘linadi.Yangi qo‘yilgan tuxumlar deb -10 C dan -20 C gacha bo‘lgan haroratda 30 kungacha saqlangan tuxumlarga aytiladi. Sovuqxonalarda saqlangan tuxum deb esa yuqorida ko‘rsatilgan haroratda 30 kundan ortiq muddat saqlangan tuxumlarga aytiladi. Ohaklangan tuxumlarga esa ohak eritmasida saqlangan tuxumlarga aytiladi.
|