• Nonli omlet.
  • Qattiq qilib pishirilgan tuxum




    Download 4,56 Mb.
    bet10/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi4,56 Mb.
    #242299
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    Абраева Лола

    Qattiq qilib pishirilgan tuxum. Ishlovdan o'tgan tuxum qaynab turgan tuzli suvda 10-12 daqiqa kaynatilib. sovuq suvda chayilib, po'stlog'i tozalanib, salatlar. yaxna taomlar, qiymaga aralashtirish uchun ishlatiladi.

    Tuxumni qovurib pishirish. Qovurib pishirilgan tuxum taomlariga sarig'i qotirmay qovurilgan tuxum, omletlar, quymoqlar kiradi. Ulami asosiy usulda qovurilib, yog'ning harorati 140-160"S bo'lishi kerak. Sarig'i qotirilmay qovurilgan tuxum. Tovaga yoki maxsus tuxum qovurishga mo'ljallangan tovaga sariyog' yoki salat yog'i solinib, bir oz qizdiriladi va ehtivotlik bilan sarig'i yoyilib ketmaydigan qilib tuxum chaqib solinadi, tuxum oqiga tuz sepib oqi yaxshi quyuqlashib qotguncha 2-3 daqiqa aralashtirmay qovuriladi. Bunda tuxum sarig'i qotmagan, tuxum oqi o'rtasida ko'zdek bo'Iib turishi kerak. Tuxum sarig'iga tuz sepilmaydi. chunki uning ustida dog'lar hosil bo'lishi mumkin. Kovurilgan tuxumni likopchalarga solinib ustidan sarivog' quyib beriladi.

    Omletlar. Omletlarni qovurilgan tuxumlardan farqi shundaki. organizmda oson va tez hazm bo'lishi uchun tuxumga sut yoki suv qo'shib qovuriladi. Omletlar sof holda, aralash holda va qiyma tiqib tayyorlanadi. Ishlovdan o'tgan tuxum sut. tuz bilan ishlanadi. Bunda 1 dona tuxum uchun I5g. sut solinishi kerak. 60 Sof omlet. Tagi qalin tovaga yog' surtilib tayyorlangan omlet massasi quyiladi va baland olovda quyuqlashib ostida qizg'ish qobiq hosi 1 qilguncha qovuriladi. Pishgan omlet chetlarini o'rtasiga bukilib, cho'zinchoq shaklda o'raladi va likopchalarga solinib yuziga sariyog' quyib dasturxonga beriladi. Aralash omletlar omlet massasiga non, qirilgan pishloq, pishgan go'sht, kolbasa sabzavotlar aralashtirilib qovuriladi.

    Nonli omlet. BoMka yoki baton nonni ustki qalin qobig i olinib. to'g'ri to'rtburchak shaklida 0. 5 sm qalinlikda to'g'raladi va omlet massasiga botirib qi/igan yog'da qovuriladi.


    Qiyniali kukatli omlet Masalliqlar me'yori: 3 dona tuxum, sut 45g., go'shtli qiyma 50g , ko'kat 2()g.. o'simlik yog'i 15g. Tovada qizdirilgan yog'da go'sht qiymasi. to'g'ralgan ko'kat qovuriladi, uning ustiga omlet massasi quyib aralashtiriladi va avval bir tomoni quyulib qizg'ish qobiq hosil qilguncha qovurilib so'ngra ikkinchi tomoni qovuriladi yoki qizdirish shkafida 3-5 minut davomida pishirib olinadi. Pishgan qiymali, ko'katli omlet bo'laklarga bo'linib, likopchalarga solinadi, ustiga sariyog1 quyib dasturxonga beriladi.

    Download 4,56 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 4,56 Mb.