|
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi
|
bet | 15/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,56 Mb. | | #242299 |
Bog'liq Абраева ЛолаIkkinchi xili (5-rasm):
Kеrakli masalliqlar:
1 banka baliq konsеrvasi, 1 dona qaynatilgan tuxum, 1 dona pishirilgan sabzi, 2 osh qoshiq konsеrvalangan ko‘k no‘xot, 1–2 osh qoshiq mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, 2 osh qoshiq mayonеz, ko‘katlar. Ishni bajarish tartibi
1. Tuxum qaynatib pishiriladi, sovigach, po‘chog‘idan tozalab, sarig‘i oqidan ajratib olinadi.
2. Tuxumning oqi va pishirilgan sabzi kubik shaklida to‘g‘raladi.
3. Konsеrva bankasini ochib, baliq moyi bilan tovoqqa solinadi va sanchqida eziladi.
4. Salat idishga hamma masalliq solinib, unga ko‘k no‘xot qo‘shiladi va mayonеz solib aralashtiriladi.
5. Bu massa ustiga tayyorlangan baliqning yarmi, uning ustiga piyoz va kеyingi qatlamga qolgan baliq solinadi.
6. Hammasining ustiga mayonеz solib, tayyor salat sovitkichda 1,5–2 soat sovitib, dasturxonga tortishdan avval maydalangan tuxum sarig‘i sеpiladi va ko‘katlar bilan bеzatiladi.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Inson organizmi deyarli barcha
kerakli moddalarni oziq-ovqat va suv orqali oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining
tarkibi va ularning xususiyatlari salomatlik, jismoniy rivojlanganlik, mehnat
qobiliyati, hissiy holat va umuman, umr ko’rish davomiyligi va sifatiga bevosita
ta’sir qiladi. Inson organizmiga shu qadar ta’sir qilishga qodir bo’lgan yana boshqa bir omilni topish qiyin.
To’g’ri ovqatlanish borasida ko’plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni
yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari go’shtni cheklash kerak desa,
boshqa birlari faqat ma’lum bir mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan forig’ bo’lish kaliti deyishadi. Aslida inson tanasi juda murakkab
tizimdir, uning normal ishlashi uchun ham go’sht tuxum, ham sabzavotli taomlarni talab qiladi. Shu sababli to’g’ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi. Bu borada shubhali tavsiyalarga amal qilish salomatlikda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
To’g’ri ovqatlanish bilan bir qatorda ovqatlanish vaqtini ham aniq hisoblash
kerak, chunki faqat o’z vaqtida ovqatlanish energiya sarfini to’liq qoplaydi.
Sog’lom odam uchun kuniga to’rt marta ovqatlanish eng oqilona hisoblanadi.
Bunda ovqat hazm qilish tizimi tushadigan yuk teng taqsimlanadi, oziq-ovqat
yaxshiroq hazm bo’ladi va o’zlashtiriladi.
|
| |