79
9- Mavzu: Inflyatsiya
Reja:
1. Inflyatsiya tushunchasi.
2. Iste’mol narxlari indeksi
.
3. Inflyatsiyaning asosiy sabablari.
Tayanch so’z va iboralar:
Inflyatsiya, pul birligi, milliy valyuta, pulning
qadrsizlanishi.
Inflyatsiya - lotincha “inflation” so’zidan olingan bo’lib,
“shishish”,bo’rtish, “ko’tarilish” degan ma’nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va
xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o’sishi) tushuniladi. Narxlarning
umumiy darajasi ko’tarilishi natijasida pul birligi (milliy valyuta) xarid
qobiliyatining pasayishi ro’y beradi. Bu esa o’z navbatida, davlat pul birligining
qadrsizlanishiga olib keladi.
Pulning
qadrsizlanishi deganda,
bir
xil
miqdordagi
pulga
vaqti
kelib
kamroq bo’lgan tovar
va xizmatlarni
sotib
olish,
Ya’ni
sotib
olinishi
mumkin
bo’lgan
tovar
va
xizmatlar miqdorining
vaqti kelib kamayishi
tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida
100 ming so’mga sotib olish mumkin bo’lgan kundalik iste’moldagi tovar va
xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming
so’mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o’sha tovar va
xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir.
Inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi bo’lib Iste’mol narxlari
indeksining ma’lum bir davrdagi o’zgarishi hisoblanadi.