Boshqa hollarda mijozlar hisobvaraqlarining ahvoli haqida yozma ravishda
ma’lumot berish taqiqlanadi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, mijozlar biror sabab bilan bankdan olgan o‘z
shaxsiy hisobvaraqlarining ko‘chirmalarini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin.
Agar mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ysa, mijozga
ko‘chirma dublikati berilishi mumkin. Buning uchun mijoz ko‘chirmani yo‘qotish
sabablarini ko‘rsatgan holda ariza yozib bank rahbariga taqdim etishi lozim.
Arizaga korxona rahbari va bosh buxgal-ter imzo qo‘yishlari kerak. Ushbu ariza
asosida bank rahbari yoki uning muovini yozma ruxsatnoma berganlaridan so‘ng
mijozga
shaxsiy
hisobvaraqdan
ko‘chirma
taqdim
etiladi.
Shaxsiy
hisobvaraqlardan ko‘chirma dublikatlari kseronusxa asosida olinadi.
Ushbu dublikatga hisobvaraq egasi bo‘lgan mijozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul
ijrochi va bosh buxgalter yoki uning yordamchisi imzo qo‘yadi hamda bank muhri
bilan ushbu imzolar tas-diqlanadi.