Misol uchun, “Ipak yo‘li” AITBda garov ta’minoti sifatida quyidagilar qabul
qilinishi mumkinligi belgilab berilgan:
1) mol-mulk (ko‘chadigan va ko‘chmas mulk) garovi. Garov shakli
O‘zbekiston Respublikasi “Garov haqida” va “Ipoteka haqida”gi qonunlariga
to‘g‘ri
keladigan mulk, buyum va mulk huquqi (talabnomalar) shaklida bo‘lishi
mumkin;
2) tijorat banklari yoki sug‘urta kompaniyalarining kafolati;
3) uchinchi shaxs kafilligi;
4) olingan kreditning qaytmasligi riskini bank foydasiga sug‘urtalash haqida
sug‘urta polisi;
5) zargarlik buyumlari;
6) qonunda ko‘zda tutilgan boshqa ta’minotlar.
Mijozning kredit olish layoqatini baholash. Siz kredit olish maqsadida
tegishli hujjatlarni bankka taqdim etganingizdan so‘ng
bank kredit olish
layoqatingizni baholab ko‘radi. Chunki mijozga kredit berish mumkinligi va uning
miqdorini to‘g‘ri aniqlash bank kreditining qaytarilishiga imkon yaratadi.
Mijozning kredit olish layoqatini baholash har bir bank tomonidan mustaqil
ravishda ishlab chiqilgan mezonlar va usullar asosida amalga oshiriladi. Qarzga
mablag‘ (kredit) beruvchi tomon kreditor (davlat, korxona, bank, xususiy shaxs va
b.), ssuda (qarz) oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi
qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.