• Nаzоrаt sаvоllаri
  • Kredit tizimi. Kredit turlari. Kredit tamoyillari
  • Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular 
    faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi.
    1. Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurs-
    larga tayanib ishlash tamoyili.


    2. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish. 
    3. Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi.
    4. Banklar faoliyatining tijorat tavsifi.
    5. Mijozlar manfaatini himoya qilish.
    6. Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi.
    Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni 
    tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning 
    depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb 
    qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari 
    chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni 
    jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga 
    asos yaratadi.
    Nаzоrаt sаvоllаri:
    1. Bаnk vа bаnk tizimi hаmdа ulаr bаjаrаdigаn vаzifаlаr.
    2. Mаrkаziy bаnk vа uning vazifalari.
    3. Tijоrаt bаnklаri hаmdа ulаrning funksiyalаri. 
    17.Mavzu:Bаnk krеditlаri
    Reja:
    1.Kredit tizimi. Kredit turlari. Kredit tamoyillari. 
    2. Kichik biznеs sub’yеktlаrini mikrоkrеditlаsh.
    3.Imtiyozli krеdit tushunchаsi.
    4.Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik fаоliyatini rivоjlаntirishdа bаnklаrning rоli. 
    Kredit tizimi. Kredit turlari. Kredit tamoyillari. Bozor iqtisodiyoti 
    sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat banklari 
    tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit 
    munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning ob’yektlari va sub’yektlari bo‘lishi 
    lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining sub’yekti bo‘lib xo‘jalik 
    sub’yektlari, aholi, davlat va boshqa sub’yektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, 
    kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining sub’yektlari bir tomondan kredit 
    beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida qatnashadilar. Kreditorlar 
    bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga 
    qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish