2.Аdliya vаzirligi (аdliya оrgаnlаri) tоmоnidаn ro‘yxatdan o‘tish.
3.Tumаn (shаhаr) hоkimliklаri tоmоnidаn ro‘yxatdan o‘tish.
16.Mavzu: Tаdbirkоrlik fаоliyatini rivоjlаntirishdа bаnklаrning
аhаmiyati.
Reja: 1.Bаnklar haqida tushuncha.
2.Bаnk tizimi hаmdа ulаrning bаjаrаdigаn vаzifаlаr.
3.Mаrkаziy bаnkning vazifalari.
4.Tijоrаt bаnklаri hаmdа ulаrning funktsiyalаri.
Bank va bank tizimi hamda ular bajaradigan vazifalar. Bank maxsus
muassasa sifatida o‘ziga xos bo‘lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. U
bajaradigan bu funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor
munosabat sub’yektlari faoliyatidan ajralib tuirshiga asos hisoblanadi. Banklarning
ish predmeti bo‘lib pul mablag‘lari hisoblanib, ular bozor munosabatining boshqa
sub’yektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabat- larining amalga
oshirilishda vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o‘zi bilan
ehtiyotkorona muomalada bo‘lishni va saqlashni, uni ko‘paytirishga harakat
qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi.
Pulni tejab
tergab ishlatadigan odam doimo pulga ega bo‘lishi, pulini hisobsiz sarflaydigan
kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga tushishi mumkin. Bank bozor
munosabatlarining boshqa sub’yektlaridan farqli o‘laroq pul bilan ishlovchi,
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida yig‘uvchi, uni pul zarur bo‘lgan
sub’yektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag‘larini
samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Bank
ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish nafaqat bank
faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatining ravnaq topishiga,
iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a’zolarining boyishiga olib keladi. Odatda
iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi.
Banklar iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi organ hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va
olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash,
bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan sub’yektlar o‘rtasida
taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa
sub’yektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘-
larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o‘z navbatida bank ishining risklilik darajasini
oshiradi. Chunki bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan
yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan
bank o‘z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mablag‘larni
doimo iqtisod qilib ish olib boradilar. Banklar faoliyatidagi bunday ehtiyotkorlikni
mashhur yozuvchi Mark Tven «Bankir shunday odamki, u quyosh chiqib turganda
sizga soyabonini berib turadi-yu, yomg‘ir yog‘ishi bilan uni sizdan tortib oladi»
deb ta’riflagan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining hozirgi
bank tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bo‘lgan
davrdagi bank tizimidan
tubdan farq qiladi. Ma’lumki, o‘sha davrda bank tizimining o‘zagini:
• Sobiq Ittifoq davlat banki;
• Qurilish banki;
• Davlat mehnat jamg‘arma kassalari tashkil etar edi.
Ittifoqdosh respublikalarda esa ushbu banklarning respublika, viloyat
kontoralari va tuman (tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan tashqari) bo‘limlari
faoliyat ko‘rsatardi, xolos. Bu banklarning joylardagi bo‘limlari faqatgina
ko‘chiruvchi operator rolini bajarar edi. Butun bank tizimi markazdan boshqarilib,
kreditlash
limitlari ham, naqd pul chiqarish limitlari ham markazning ruxsati
bilangina amalga oshirilar, hamma masalalar yuqoridan hal qilinardi. Qisqasi,
joylarda mustaqil ijodiy ishlashning o‘zi yo‘q edi hisob. Bozor munosabatlari
xususida umuman gap bo‘lishi mumkin emas edi. Respublika aholisiga faqat bir
narsa ma’lum bo‘lib, u ham bo‘lsa, o‘z qo‘lida bo‘sh pullarni Davlat mehnat
jamg‘arma kassalarida qat’iy belgilangan foizlar olish
sharti bilan saqlashlari
mumkin edi. Boz ustiga, bank tizimini ommaviy axborot vositalarida yoritishga
ruxsat yo‘q, binobarin, bank faoliyati to‘g‘risida birorta ma’lumot matbuotda
yoritilmasdi. Faqatgina 1987-yilning ikkinchi yarmidan boshlab,
asosan Davlat
banki negizida «Agrosanoatbank», «Uyjoy ijtimoiybank», «Sanoatqurilishbank»
va boshqa tarmoq banklari tashkil etila boshlandi. Biroq bu o‘zgarishlar ham
kutilgan natijalarni bermadi. Chunki markazlashgan boshqaruv tizimi hali davom
etar va o‘z izmini o‘tkazar edi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka
erishishi iqtisodiy mustaqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil davlatimiz
siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni
tubdan o‘zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bozor
iqtisodiyotiga bosqichmabosqich o‘tish dasturiga muvofiq amalga oshirila
boshlandi. Juda qisqa muddat ichida ikki pog‘onali bank tizimini vujudga keltirish
borasida birinchi qadamlar qo‘yildi. Markaziy bankning tashkiliy strukturasi va ish
uslublari qayta qurilib, tijorat banklari aksiyalashtirildi va bugungi kunda ularning
soni 29 taga yetdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va
tijorat banklaridan tashqari yuzlab nobank kredit
tashkilotlari ham faoliyat
yuritmoqda.
Oʼzbekiston respublikasi markaziy banki faoliyatining asoslari, maqsad va
vazifalari Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida o‘z
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va
muassasalarni tashkil etadi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti,
viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan bosh boshqarmalarni tuzadi. Markaziy bankka qarashli xizmatlar va
muassasalar Markaziy bank boshqaruvi tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat
ko‘rsatadi. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida davlat mulkiga asoslangan bo‘lib,
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida xarajatlarni o‘z
daromadlari
hisobidan qoplaydi. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa
boyliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks
ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992-yil 28-fevralda tashkil
etilgan. 1995 yil 21-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. 2019-yil 15-noyabrda Yangi tahrirdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risda”gi qonun qabul qilindi.
Qonunga asosan Markaziy bankning ustav kapitalining miqdori bir trillion so‘mni
tashkil etadi. Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish
va bank tizimini nazorat
qilishda muhim o‘rin tutgani sababli uning faoliyati butun dunyo amaliyotida
qo‘llaniladigan Ustav va mazkur mamlakatda bank sohasida amal qilayotgan
qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank o‘z faoliyati jarayonida boshqa
banklarga o‘xshab foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun ham, u
moliya bozorlarida tijorat