O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/195
Sana04.12.2023
Hajmi13,3 Mb.
#110935
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195
Bog'liq
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni 
belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini 
oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining sub’yektlari 
bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy 
shaxslar hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan 
mablag‘lar bilan ishlashiga bog‘liq. Banklar o‘zida jalb qilingan mablag‘larni 
ehtiyoji borlarga qayta taqsimlash orqali kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uch 
bazaviy element (kreditlash sub’yekti, ob’yekti va ta’minoti) umumlashgan holda 
kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. Lekin boshqa tomondan yondashadigan 
bo‘lsak, ulardan biri ham yetarli bo‘lishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro 
bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, 
bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha bu kreditni berishga harakat 


qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir 
misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxona kelajagi juda samarali, istiqbolli va 
foydali bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalash uchun kredit 
so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lsa, yuqori foyda olish 
maqsadida kredit berishi mumkin. Bu ikkala misolda, birinchi holda faqatgina 
kreditlash sub’yektiga, ikkinchi holda faqatgina kreditlash ob’yektiga e’tibor 
berilmoqda. Bu hollarda, kreditlash riski yuqori bo‘lib, bank bu mablag‘lardan 
ajralib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun yuqorida sanab o‘tilgan uch bazaviy 
elementlarga umumlashgan holda e’tibor berish lozim. Tadbirkorlar o‘z 
loyihalarini bank krediti evaziga amalga oshirishi uchun belgilangan tartibda davlat 
ro`yxatidan o‘tishlari va o‘zlarining ish faoliyatlarini davom ettirishlari uchun 
belgilangan tartibda tijorat banklarida hisob raqami ochishlari lozim. Tijorat 
banklari tomonidan kichik biznes sub’yektlarini kreditlash O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining “Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini milliy 
valyutada kreditlash tartibi t o‘g‘risida Nizom”ga va tijorat banklarining o‘z kredit 
siyosati asosida amalga oshiriladi.

Download 13,3 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish