• Nazorat savollari
  • 24-ma’ruza Kompyuter viruslari. Antiviruslar. R eja : 1. Kompyuter virusi tushunchasi.
  • com – tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi; edu




    Download 8,44 Mb.
    bet111/127
    Sana12.01.2024
    Hajmi8,44 Mb.
    #135555
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127
    Bog'liq
    toplam 2 kurs

    com – tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi;
    edu – o‘quv muassasalari uchun ishlatiladi;
    gov – davlat muassasalari uchun ishlatiladi;
    int – xalqaro ma’lumotlar uchun ishlatiladi;
    mil – harbiy ma’lumotlar uchun ishlatiladi;
    net – internetning xizmat provayderlari uchun ishlatiladi;
    org – notijorat tashkilotlar uchun ishlatiladi. Internet manzillarida turlicha
    identifikatorlar ishlatiladi.


    Nazorat savollari
    1. Elektron aloqa haqida nimalarni bilasiz?
    2. Elektron aloqa qanday vazifalarni bajaradi?
    3. Elektron aloqada manzilni ko‘rsatishning qanday turlari mavjud?
    4. Aloqa bo‘imi nima uchun xizmat qiladi?
    5. Sodda elektron aloqa tizimi haqida gapirib bering.
    24-ma’ruza

    Kompyuter viruslari. Antiviruslar.

    Reja:
    1. Kompyuter virusi tushunchasi.
    2. Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar.
    3. Antivirus dasturlarining turlari.
    Kompyuter virusi o‘lchami bo‘yicha katta bo‘lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «yozib qo‘yilishi», shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o‘ziga tegishli amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng boshqaruvni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» bilinmaydi.
    Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda
    Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo‘lsa, virus borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqt o‘tgandan so‘ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, ba’zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto‘g‘ri ishlaydi, ekranga begona ma’umotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba’zi fayllar buzilib qoladi va hokazo.
    Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba’zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi. Bunday tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o‘tishi ham mumkin.
    Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989-yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.
    Virus dasturi ko‘rinmaydigan bo‘lishi uchun u juda kichik bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi assembler tilida yoziladi.
    Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va ma’lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarur ko‘radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday muassasa kompyuterlarida ma’lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz bo‘lganligi uchun viruslarning qurboni bo‘linadi va katta moddiy talafot ko‘riladi. Shu bois kompyuter ishini nazarotga olish muhimdir.
    Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushiniladi? Unga quyidagilar kiradi:

    • litsenziyasiz dasturiy ta’minotdan foydalanmaslik;

    • tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;

    • tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.

    Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda.
    Virus asosan 4 ta fazaga ega:
    1. Uxlash turg’unlik fazasi.
    2. Ko’payish fazasi.
    3. Ishga kirish fazasi.
    4. Vayron qilish fazasi.

    Download 8,44 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127




    Download 8,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    com – tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi; edu

    Download 8,44 Mb.