• Doimiy xotira
  • Videoxotira.
  • O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023




    Download 14,17 Mb.
    bet162/199
    Sana29.05.2024
    Hajmi14,17 Mb.
    #256857
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   199
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko\'rsatish toplam

    Tezkor xotira -kompyuterning muhum qismi bo’lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyutero’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yokidisketlarda saqlab qolish kerak. Kompyuterishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o’chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhum tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o’lchovi sifatida bayt qabil qilingan bo’lib, 1 bayt 8 bitga teng. O’z navbatida bayt bir simvolni belgini tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familyangizda nechta harf bo’lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va K bilan belgilanadi. O’z navbatida bir kilobayt 1000 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbaytga teng.Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko’proq bo’lgan dasturlarni, xususan WINDOWS3.1.,3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 to’laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operasion sistemasida ishlash uchun, FotoShop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM-2,3 prosessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko’rsatgichlar yangi protsessorlar va dastur mahsulotlarining paydo bo’lishi bilan yil sayin oshib boradi.

    Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamoda amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga muroajaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi.
    Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo’lmagani yaxshi.


    Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo’lib, ular adapterlar deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo’l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo’ladi. Shunday qilib, oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurulmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo’lishi kompyuterlar remontini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig’ish va o’zgartirish imkoniyatini beradi.


    Download 14,17 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   199




    Download 14,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023

    Download 14,17 Mb.