• Tayanch tushunchalar
  • O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023




    Download 14,17 Mb.
    bet19/199
    Sana29.05.2024
    Hajmi14,17 Mb.
    #256857
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   199
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko\'rsatish toplam

    3.mavzu: Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari.
    Reja:

    1. Informatika va AT fanining maqsad va vazifalari .

    2. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha .

    3. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi .

    Tayanch tushunchalar:Axborot texnologiyalari, tushunchasi va ularning turlari. Vatanimizda informatika faning holati va rivojlanish istiqbollari. Informatikaning tuzilmasi. Axborotni o’lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantic va pragmatic o’lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Kompyuterlarning rivojlanish yo’nalishlari

    1, Insoniyatning tabiatni o`zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to’plashi axborotni o`zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo’lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo’lishi axborotni o’rganish bilan bog`liq ekan.


    Axborot lotincha “informatio” so’zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqida ma'lumot ma'nosini anglatadi.
    Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:
    a) axborotning reprezentativligi — ob'ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.
    b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
    v) axborotning yetarliligi (to’laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya'ni etarli bo`lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
    g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.
    d) axborotning o’z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
    e) axborotning aniqligi — olinayotgan axborotning ob'ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
    j) axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud ob'ektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.


    Download 14,17 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   199




    Download 14,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023

    Download 14,17 Mb.