O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023




Download 14,17 Mb.
bet24/199
Sana29.05.2024
Hajmi14,17 Mb.
#256857
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   199
Bog'liq
shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko\'rsatish toplam

Multimedia – tasvirli ma`lumotlar bilan ishlashga qodir bo`lgan vosita hisoblanadi. “multimedia” so`zi lotincha media so`zidan olingan bo`lib, “ma`lumot tashuvchi vosita” degan ma`noni anglatadi. Multemediali kompyuterlar so`z, musiqa va boshqa ovozli ma`lumotlar, video ma`lumotlar qabul qiladi va ular ustida ishlaydi.
Multimediali kompyuterlar albatta kompakt disklar uchun maxsus disk yurituvchilar, ovozli xaritalarga ega bo`lishi kamida Pentium (75Mgts yoki 486Sx) 25Gts tezlikdagi mikroprotsessor, joriy xotirasi 4Mbayt va qattiq disk hajmi 160 Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo`lishi kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari o‟quv xonasini jihozlaridan foydalanish bilan ta‟lim samaradorligi oshirish «XXI asrda yashayotgan har bir inson o‘zining axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishi mumkin emasligini sezishi darkor» deb Hurmatli prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zining 2009 yil 5 dekabrda O’zbekiston Res‘ublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma‘ruzasida ta‘kidlagan. Shunday ustuvor maqsadlarni o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimiga joriy etishda ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan barcha o’qituvchi va muhandispedagoglarning axborot va kom‘yuter texnologiyalarini mukammal o’rganishi hamda o’quv jarayonida samarali qo‘llashi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa zamon talabidir. Ta‘lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarni har tomonlama bilimini mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko’z oldilariga kelishi va vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida axborot texnologiyalari va komp‘yuterning hissasi katta.
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash nafaqat o’quvchilar o’zlashtirish ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishini, balki ta‘lim samaradorligining ham yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari axborot-kommunikatsiya va kom‘yuter texnologiyalari bilan bosqichma-bosqich ta‘minlanmoqda. Komp‘yuter texnikasi bilan ta‘minlangan ta‘lim muassasalarida axborot texnologiyalari o’quv xonalari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari o’quv xonasining asosiy maqsadi o’qitishning texnik vositalaridan ta‘lim jarayonida samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Har bir pedagog o’qitish jarayonida o’z fanini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog’lab o’rgatishi kerak. Ushbu uslubiy qo’llanmada axborot texnologiyalari o’quv xonasini jihozlash va kom‘yuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha ma‘lumotlar kiritilgan. Taxminiy jihozlash me‘yori 30 nafar o’quvchiga mashg’ulot o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, namunali ro’yxati quyidagilardan iborat:
1. O’qituvchi uchun stol – 1 dona;
2. O’qituvchi uchun stul – 1 dona;
3. O’quvchilar uchun ‘arta – 15 dona;
4. O’quvchi uchun stul – 30 dona;
5. Doska – 1 dona;
6. Ekran - 1 dona;
7. Multimediali kom‘yuter - 1 dona;
8. Video‘royetor - 1 dona;
9. Videoko’z - 1 dona;
10. ‘rinter - 1 dona;
11. Skaner - 1 dona;
12. Kodosko‘ - 1 dona.
13. Televizor - 1 dona;
14. Videomagnitofon - 1 dona;
15. DVD qurilmasi - 1 dona.
Axborot texnologiyalari haqida asosiy tushuncha Texnologiya - so’zi yunoncha (techne) san‘at, mahorat, o’quv ma‘nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir. Jarayon deganda oldinga qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatlarning muayyan yig’indisi, jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyalarning maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdan iboratdir. Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta‘lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan va ta‘lim sohasidagi asoslari bo’lgan ko’plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kom‘yuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko’z, videoproyektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Axborot texnologiyasi – bu ob‘yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma‘lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma‘lumotlarni to’’lash, qayta ishlash o’zatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va hokazo. Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildIradi. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma‘lumot haqida boshqa bir viloyat (res‘ublika, qit‘a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikasiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo’ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz. Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish o’zatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog’liq. Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko’rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko’nikma va malakalariga bog’liq. Multimedia vositalari. Multimedia vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifati va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari bilan olib borilgan saboq o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari axborotning an‘anaviy va noan‘anaviy turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: an‘anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan ‘archalar, telekadrlar, animatsiya ko’rinishidagi axborot turlari); video va audio axborotlarni komp‘yuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessorning harakatchanligi, ma‘lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor video-xotira, katta sig’imli tashqi xotira, hajm va kom‘yuter kirishchiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; inson – kom‘yuter - inson― interaktiv muloqotining yangi darajasining taminlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi. Ta‘lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish mumkin. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma‘lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda tinglovchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmoqda. Ta‘lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari : Ta‘lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi. Ta‘lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi

Download 14,17 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   199




Download 14,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023

Download 14,17 Mb.