• Purkagichli printerlarda
  • Modem
  • O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023




    Download 14,17 Mb.
    bet23/199
    Sana29.05.2024
    Hajmi14,17 Mb.
    #256857
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko\'rsatish toplam

    Monitorlar rangli yoki rangsiz (monoxron) bo`lib, ular bir-biridan o`lchovi bo`yicha farqlanadi. Monitorlarda tasvirlar gorizontal va vertikal bo`yicha 640x480 nuqtadan 1600x1280 nuqtagacha bo`lishi mumkin.
    Qattiq disk (Vinchester) – kompyuterda ishlash jarayonida ishlatiladigan ma`lumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun ishlatiladi.
    Kompakt disk uchun disk yurituvchilar kompakt diskdan maxsus ma`lumotlarni, ovozli xotiralarni, o`yinlarni, ma`lumotlarni o`qish uchun mo`ljallangan. Kompakt disk hajmi 640 Mbaytgacha bo`lib, unga ma`lumotlar oldindan yozilgan bo`ladi.
    Strimer – magnitli lentalar kassetaga ma`lumotlarni yozish qurilmasi.
    Qattiq diskdagi ma`lumotlar nusxasini olib qo`yish uchun strimer keng ishlatiladi. Strimerlar bir-biridan hajmi bilan farq qiladi, ya`ni bitta kassetada hajmi 20 Mbaytdan 40 Gbaytgacha ma`lumot yozish mumkin.
    Printer (chop etish qurilmasi) – har xil (matnli, grafik yoki rasm) ma`lumotlarni qog`ozga (zarur hollarda plyonkaga) chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma`lumotlarni oq-qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin. Shu bois printerlar bir-biridan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud bo`lib, ularning odatda matritsali (nuqtali matritsa), purkagichli (struyniy) va lazerli turlari keng tarqalgan.
    IBM PC kompyuteri uchun matritsali printerlar chop etiladigan ma`lumotlarni nuqtalardan yasaydi, shu bois uning chop qilish sifatida zikr etilgan boshqa turdagi printerlarga nisbatan past bo`ladi.
    Purkagichli printerlarda ma`lumotlar maxsus siyohdonlar yordamida siyoh tomchilarini purkash orqali chop qilinadi.
    Lazerli printerlar chop qilish sifatida yuqori bo`lgan ma`lumotlarni maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki ayrimlarini rangli chop qilish imkoniyatiga ega.
    Modem telefon tarmog`I orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lum almashish imkonini beruvchi maxsus qurilmadir.
    Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlarari almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik modemlar fak-modemlar bo`lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (electron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.

    Download 14,17 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199




    Download 14,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchi : Karimova Muqaddas Bog’ot-2023

    Download 14,17 Mb.