M PEG -1 standartining video qismi Standartni ishlab chiqishda uning qo‘ llanish sohasini aniqlab beruvchi quyidagi cheklovlar qabul qilingan:- tasviminggorizontal olchami < 768 piksei; - tasviming vertikal oMchami < 576 satr; - makrobloklar soni < 396; - kadrlar chastotasi < 30 Gs; - progressiv (satr bo‘ ylab)yoyish; - raqamli oqim tezligi < 1,856 Mbit/s. A yn i vaqtda, raqamli oqimning maksimal tezligi qattiq chegaralanganligi uchun, MPEG-lning asosiy video formati boMib, Umumiy Oraliq Format (Common Intermediate Format - CIF) hisoblanadi. Format bir sekundda 30 ta kadrlar bo4lganda, 352ta satr va har b ir satrda 240 nuqta yoki 25 ta kadrlar bo‘lganda 288 ta satr va har bir satrda 352ta nuqta boMishini hisobga oladi. Bunday tasvir VHS formatidagi maishiy videoyozuv sifatiga yaqinroq bo‘ladi va eshittirish standartidagi televizion tasvir sifatidan 4 marta kam bo‘ ladi. Bundan tashqari ushbu standartda satrlararo yoyish imkoni mavjud emas, shuning uchun ham MPEG-1 televideniyeda qo'llanilmaydi. Biroq MPEG-1 standartida raqamli (siqishning) kompressiyaning bashoratga, kadr ichi va kadrlararo kodlashiga, harakat kompensatsiyasiga, D K O ‘, adaptiv kvantlash va entropik kodlashga asoslangan zamonaviy qurilmalarning ko;p qismi ishlatilgan. MPEG-1 kadrlar ketma-ketligiga ishlov berishga yo‘naltirilgan va kich ik vaqt intervallariga boMingan, real tasvirlarda mavjud, axborotning katta ortiqchaligidan (95 foizgacha va undan ortiq) foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Darhaqiqat, qo'shni kadrlar orasidagi fon kam o‘zgaradi, barcha harakatlar esa tasviming kichik fragmentlari o’rin almashishi bilan bogliq. Shuning uchun kadr haqidagi to’liq axborotni uzatish zaruriyati faqat syujet o‘zgarishida yuzaga keladi, qolgan vaqtda esa yangi ob’ektlarning paydo bo‘lishi yoki eskilarining yo‘qolish va tasvir elementlarini o‘rin almashish kattaligi va yo'nalishini xarakterlovchi qayd qilingan ma’lumotlar bilan cheklansa boladi. Bunday farqlar avvalgi yoki keyingi kadrlarga nisbatan aniqlanishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda MPEG-1 algoritmi quyidagi 3turdagi kadrlardan foydalanadi:
•
I (Intra) - "mustaqil", boshqa video kadrlar va tasvir
tuzilmasi haqidagi ma’lumotla r bilan bog‘liq bo‘lmagan holda,tasvir
tayanch kadrlari axborotlarini to‘liq saqlaydigan kodlash;
•
P (Predicted) - to‘g‘rician-to‘g‘ri bashorat kadrlari, awalgi
I yoki P kadr bilan solishtirganda tasvir tuzilmasi o‘zgarganligi
haqidagi axborotni tashish;
•
B (Bi-directional) - " ikki tomonlama bashorat kadrlari” ,
“ oldinga” va “ orqaga” bashoratlari usuli bilan shakllanadi, faqat
awalgi va keyingi tasvirning muhim farqlari haqidagi ma’lumotni
saqlaydi. V-kadrlardan foydalanishning afzalligi shundaki, sahna
ob’ ektlari harakatida fondagi tasvirning ham o‘zgarishi hisobga
olinadi. Shuning uchun uning yetishmayotgan qismlarini uzatish
uchun keyingi kadrlarning ma’lumotlaridan foydalanish qulay Koder ham tog‘ri ham teskari bashoratni hisobga oladi va dekoderga eng kichik hajmdagi ma’ lumotlami jo ‘natadi.
MPEG-1 da tasvirlarga ishlov berish
JPEG standard bilan bir xil, biroq bunda harakat kompensatsiyasiga asoslangan kadrlararo ishlov berish qollaniladi. Bunda MPEG-1 bloklarining harakat vektori haqidagi metaaxborotni qisqartirish uchun 16x16 pikselli m akroblokdan foydalaniladi hamda makrobloklar 4 ta 8x8 yoruglik sanogi va bittadan Cr va Cb sanoq bloklaridan tashkil topadi
Videooqimning siqilishi tayanch (I) kadrlarga ishlov berishdan boshlanadi, ya’ni dekoderning ishonchli ishlashi uchun tayanch kadrlar har 12, 15 yoki 30 kadrlardan so'ng, shuningdek, tasvir syujetining keskin o‘zgarishida joylashtiriladi. Bunday holda ularni kodlash yuqorida ko‘rib chiqilgan JPEG standartidagi siqish algoritmiga toliq mos keladi.
Agar bashorat qilingan kadr tarkibidagi makroblok (P yoki B) kodlanayotgan bo‘lsa, dastlab qo'shni kadrlardagi (I, P yoki B) videoob’ekt makrobloklar siljishi mumkinligi baholanadi. Agar makrobloklarning yangi koordnatalari topilsa, mos joriy kadr piksel qiymatlaridan oldingi kadming kodlashtirlayotgan makroblok piksel qiymatlari elementlar bo‘yicha ayriladi. Undan keyin esa ushbu ajratilgan piksel qiymatlari bo‘yicha makrobloklardagi DKO‘ koeffitsientlari hisoblanadilar va ularni kvantlash bajariladi. P- va B kadrlardagi makrobloklar uchun, sukut (indamasdan) bilan qollaniladigan,kvantlash jadvali hamma pozitsiyada 16 sonidan iborat boladi, lekin videooqim siqish koeffitsientini boshqarish uchun koder tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, meta ma’lumotlar massivini qisqartirish uchun, bloklar harakatini kompensatsiyalashda faqat yoruglik sanog‘i qollaniladi va bunda olingan ko‘chish vektorlari rangfarq signallar sanog‘i bloklari uchun ham ishlatiladi.
MPEG algoritmlarining muhim hususiyati shuki, kodlanayotgan kadrlar mustaqil bolmay qoladi, chunki tayanch kadrsiz P- va B kadrlarni tiklab bo‘lmaydi. Bunday holda tez oqimli kodlash uchun kadrlar ular namoyish bo‘lishi kerak bolgan (tiklanish) tartibda berilmaydi. Shuning uchun to‘g‘ri dekodlash uchun kadrlarni quyidagi ketma-ketlikda qayta guruhlash joiz bo‘ladi: I - P -B -B -P -B -B -P ....
Shuningdek kodlash algoritmining muhim zvenosi sifatida raqamli oqim chiqish tezligini o‘zgarmasligini ta’minlash bo‘lib qolmoqda. Manbaadan signallar sanog‘i o‘zgarmas
tezlik bilan kelib tushadi, ammo kvantlagich chiqishida bitlar kelib tushish tezligi keng chegaralarda o‘zgarishi mumkin. U videokadr turi (I-kadr B- va P kadrlarga nisbatan yomon siqiladi) va tasvir syujetiga (bir turdagi bo‘lakli yaxlit kadr mayda zarrali, elementli kadrga nisbatan yaxshi siqiladi) bog‘liq boladi. Shuning uchun chiquvchi oqim tezligini bir xil qilish uchun koder va dekoderda bufer xotira bloki qollaniladi. Bufer koder tomonidan o'zgaruvchan tezlik bilan tolishi mumkin,chiqishda, aloqa kanali tomonida, ma’lumotni o‘qish esa o‘zgarmas bitreytli boladi. Bundan tashqari, 1-, B- va P-kadrlar orasida bitlarning taqsimlanishi ulaming DKO‘ koeffitsientlarini kvantlash parametrlarini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Ayrim koderlar kodlashni “ ikkita o'tish” bilan amalga oshiradi, birinchi o‘tishda videokadming murakkabligi baholanadi, ushbu baho asosida unga aniq bitlar resursi ajratiladi, ikkinchi o‘tishda esa ajratilgan resursni hisobga olgan holda,sanoqlar kodlanadi.
MPEG-1 standartining ovozli qismi. 1993 yil nashr etilgan ISO/IEC 11 172-3 MPEG-1 standartining algoritmi yuqori sifatli stereo ovozni kodlashga yo‘ naltirilgan va kodlashning 3ta bosqichidan iborat: «Layer-1» (1-qatlam) professional ovoz yozish uchun boiib, studiya sifatiga ega va uncha murakkab bolmagan algoritm hamda siqishning katta bo‘ lmagan koeffitsienti bilan xarakteralanadi. Asosiy param etrlari: 15 kGsga teng ovoz signali chastota polosasidagi raqamli oqimni uzatish tezligi 192 kbit/s; kompressiya koeffitsienti 4 ga teng; ishlov berishdagi signal kechikishi (ushlab qolinish ) 20 m sekundni tashkil qiladi. Siqish algoritmi - sekin (asosan akustik model va koeffitsientlarni iterativ kesishishini hisoblashlardagi xatoga yo‘l qo'yilishi sababli). Dekoderlash algoritmi-tez (real vaqt davrida qollanishi mumkin) amalga oshiriladi.
«Layer-2» (2-qatlam) iste’mol sohasi (yuqori sifatli radioeshittirishda orta murakkablikdagi signallarni uzatishda va audiomalumotlar koeffitsientlarini o'rtacha kompressiyalashda qollaniladi). Layer 2 tizim Layer l ga nisbatan uchlik taroqsimon (grebenchatiy) filtr va Furye tez o‘
zgartirishi amali kiritilishi, shuningdek, kopgina maxsus aniqlantirish jadvallari qollanishi bilan farq qiladi. Natijada siqish koeffitsienti qiymati oshdi, lekin ovoz signali kompressiyasi tezligi kamaydi, garchi teskari o‘zgartirish tezligi sekinlashmagan bo‘lsa ham. Asosiy parametrlari: 15 kGsga teng ovoz signali chastota polosasidagi raqamli oqimning uzatishdagi tezligi 128 Kbit/s; kompressiya koeffitsienti 6 ga teng; signal kechikishi 40...50 m sekundni tashkil qiladi. «Layer-3» (3-qatlam), nutqni ISDN tarmoqlaridagi kichik polosali kanallarda, professional radioeshittirishda va o‘rta sifatli hamda kam hajmli xotiraga ega yozish tizimlarida uzatish uchun foydalaniladi. Algoritmning yuqori murakkablikka egaligi bilan farqlanadi va quyîdagi parametrlar bilan xarakterlanadi: 15 kGsga teng chastota polosasidagi raqamli oqimning uzatishdagi tezligi 64 Kbit/s; signal kechikishi 50 rnsekundni tashkil qiladi. Modomiki, hozirgi vaqtda MPEG-1 standarti videokuzatuv tizimlarida chekli ravishda bolsa ham qo'llanar ekan, faqat Layer-3 formatini korib chiqish bilan cheklanamiz. Format hozirgi kunda kompyuterlarda musiqani saqlash va audioma’lumotlarni eshitish uchun eng ommalashgan format hisoblanadi. Qisqartirilgan variantda uni «MP3» deb nomlashadi va kengaytmasi «.mp3». Hozirgi vaqtda MP3, ovozli axborotni yo‘qotishlar bilan kodlashning formatlaridan, eng keng tarqalgani va ommabopi hisoblanadi. U fayllar almashinuv tizimlarida musiqa asarlarini baholash uchun keng qollaniladi. Format deyarli barcha ommabop operatsion tizimlarda, mavjud portativ audio-pleerlarda, shuningdek, zamonaviy musiqa markazlari va DVD -pleerlarning barcha modellarida qo‘llanadi. Avvalgi qatlamlardan farqli Layer-3 da modifikatsiyalangan D KO ‘ (MDKO‘) ishlatilgan. Bu ovoz signallarini,
siqilmagan raqamli signal kabi,sifatni saqlab qolgan holda 6-8 barobar siqish imkonini berdi. Bunda siqish tezligi Layer 2ga nisbatan 24 barobarga va ma’ lumotlarni paketlash tezligi esa 8 marta kamaygan. MP3 formatida yo‘qotishlar bilan siqish algoritmi qo‘llaniladi, u originalga yaqin tiklanishlar sifatini ta’minlash va yozuvni, eshittirishdagi zarur boigan ma’ lumotlar hajmini, sezilarli kamaytirish uchun ishlab chiqilgan. Bunda o‘rta bitreyt 128 kbit/s bo‘lganda taxminan 10 marta siqish ta’minlanadi. Siqish omili ovoz oqimining ko‘pgina odamlarning eshitish qobiliyati farqlamaydigan ayrim qismlarining tashlab ketishga asoslangan. Bu usul qabul qilishni (eshitishni) kodlash deyiladi. Bunda birinchi bosqichda qisqa vaqt oraliqlari uchun ketma-ketlik ko‘rinishida ovoz diagrammasi tuziladi, undan so‘ng inson qulog‘i farqlamaydigan ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi va qolgan ma’lumotlar jamlangan kichik (kompakt) holda saqlanadi. Ushbu yondashuv rasmlarni JPEG formatida siqishda qo‘llaniladigan siqish usuliga o‘xshaydi. Chastota diskretizatsiyasi 48 kGs bolgan ovoz signalining 16 razryadli kirish sanog‘i audio kodek kirishga kelib tushadi va bu yerda ular 32 subpolosali tashkil etuvchilarga bo‘ linadi. Ishlov berish ovozli signalning 1152 sanog’iga ega audiokadrlar orqali amalga oshiriladi. Har bir audiokadr 24 ms davom etadi. Barcha 32 subpolosalarning o‘zgarmas kengligi F = fd /(2n) ga ega boladi, bu yerda fd – ovoz signalining diskretizatsiya chastotasi, n - 750Gs teng bo'Igan subpolosalar soni. Filtrlashdan so'ng, har bir subpolosadagi ovoz signallari sanoqlari bloklarga yig’iladi, masshtablanadi(normallashtiriladi) va modifikatsiyalashgan diskret-kosinus o'zgartirish (MDKOk) bilan ishlov beriladi. Ushbu o'zgartirish natijasida signal vaqt birligidan chastota birligiga o'tadi. Natijada signal energiyasining spektral tashkil etuvchilari bo’yicha taqsimlanishini xarakterlovchi MDKO4 koeffitsientlari shakllantiriladi. MDKO‘ spektrining xususiyati shuki, uning asosiy energiyasi yuqori bolmagan past chastotali xududda guruhlanadi, qolgan oraliqlarda koeffitsientlar kichik yoki 0 ga teng. Lindan so’ng ushbu koeffitsientlar kodek siqish koeffitsientini oshirish uchun kvantlanadi (ma’lum qiymatlarga bolinadilar va yaqin songacha yaxlitlanadilar) va so‘ngra kodlanadi. Har bir subpolosadagi masshtablashda 18ta sanoqdan ovoz signalining maksimal qiymatligi olinadi va u subpolosali tanlovning masshtabli koeffitsienti SCF (Scale Factor) deb nomlanadi. Kodekda 32 ta masshtabli koeffitsient ishlatiladi va har biri 36ta sanoqdan iborat ovoz signali bloki yana o‘z navbatida uchta mayda blokchalarga bo'linadi va ular granula deyiladi. 18ta sanogi mavjud har bir granulada sanoqning maksimal qiymati aniqlanadi va uning qiymati granulaning masshtabli koeffitsienti SCF hisoblanadi. Kodekda ishlatiladigan subpolosalar 32 ta, shuning uchun Layer-2 da masshtab koeffitsientlar SCF granulalarning umumiy miqdori 3x32=96 ga teng bo’ladi. Ushbu koeffitsientlar malumotlarning chiqish massivi saqlanadilar va dekoderga tablitsa shaklida beriladi. Shuning uchun granuladagi sanoqlar maksimal qiymati SCF jadvaldagi qiymatlar bilan solishtiriladi va jadvaldagi ko’p qiymatlardan eng yaqin katta qiymat tanlab olinadi. Shu qiymat keyin granulaning SCFsi deb qabul qilinadi. Kvantlash va kodlashni modifikatsiyatangan psixoakustik model (Psychoacoustic Model) nazorat qiladi. Ushbu kvantlashning nazoratini amalga oshirish uchun maskirovkalash chegarasini (chegara qiymatini) baholash qollaniladi. Subpolosalardagi bitlarni taqsimlash barcha subpolosalarning signal/maska munosabati asosida hisoblanadi, bunda ushbu maska(shovqin) foydali signal bilan maskirovkalanish chegarasi aniqlanadi. Signalning maksimal qiymati va maskirovkaning minimal chegarasi kirish diskret signalini (FFN transform) Furye tez o‘zgartirishini (FTO‘) qo‘llab olinadi. Odatda kodeklar malum raqamli oqim tezligidagi (96Kbit/s, 128Kbit/s, 256Kbit/s va h.k.) ma’lumotlami kodlashni ta’minlaydi va ular bitreytlar deyiladi. Shuning uchun har bir uzatish tezligi (yoki guruh tezligi) uchun o‘zining jadvali mavjud va ularda fd qiymatlari va raqamli ma’ lumotlaming uzatish tezligi v asosida kvantlashning qiymatlari aniqlashtiriladi. Ovoz signali sanoqlari kodlashtiriladigan subpolosalarning maksimal raqam nomeri n aniqlaydi va tizimning qabul qiluvchi tomoniga uzatiladi. Ko‘p hisoblashlar natijasida, “ buzilishlarni nazorati” blokining chiqishida ovozli kadr shakllantiriladi va dastlab uzun seriyali statistik compressor (RLE) yordamida siqiladi hamda Xaffman jadvali asosida entropiya koderiga asosan kayta kodlanadi. Entropik kodlash, ovoz signalining xususiyatlarini nazarda tutadi va ko‘p takrorlanuvchi kodli kombinatsiyalar qisqa
kodli kombinatsiyalar bilan, kam uchraydiganlari esa uzun kombinatsiyalar bilan uzatiladi. Kodlashning ushbu usuli kodek siqish samarasini 20-25% oshiradi. Siqilgan audio ma’lumotlami dekodlash, psixoakustikani hisobga olmagan holda, teskarisiga, ya’ni tiklangan subpolosa tarkibiy qismlarining yig‘indisiniolibamalgaoshiriladi.
4. Televideniye eshittirish standarti- MPEG-2.
MPEG-2 standarti televideniye eshittirish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, 10 ta qismdan iborat. Birinchi qism 1994 yilda, oxirgisi esa 1999 yilda taqdim etilgan. MPEG-2 standarti MPEG-1 ning ancha yaxshilangan va takomillashtirilishi yanada murakkablashgan, tuzilmasida raqamli oqimning I, P va B kadrlaridan foydalaniladigan ko‘rinishidir. MPEG-2 standarti raqamli yo‘ldosh, kabel va yer usti televideniyesida faol qo‘llaniladi. MPEG-2ning tarkibiy 10 qismidan 3 ta asosiylarini ajratib olish mumkin: 13818-1 - tizimli, 13818-2 - Video, 13818-3 - ovozli.
Tizimli qism - standartning ovoz, video va boshqa axborotlarni multipleksirli (umumlashtirilgan) kodlash formatini ifodalaydi,shuningdek, bir yoki bir necha ma’ lumotlar oqimini saqlash yoki uzatishga yaroqli bitta yoki bir necha oqimlarga biriktirish masalalarini xal etadi.Tizimli qism- beshta asosiy vazifalarni bajaradi:
• Tiklanish vaqtida bir necha siqilgan oqimlar
sinxronizatsiyasini ta’minlash;
• Bir necha siqilgan oqimlarni umumiy oqimga birlashtirish;
• Tiklanish boshlanishi uchun initsializatsiyalash (boshlang'ich
ko‘ rsatgichlarni o‘rnatish);
•
Buferga xizmat kolrsatish;
• Vaqt shkalasini(tizim vaqtini) aniqlash.
Video qism -standartning yuqori sifatli raqamli video uchun kodlangan bitli oqimini xarakterlaydi. MPEG-2 formati MPEG-l ning barcha ish rejimlarini qollab- quvvatlaydi, yana qo'shimcha satrlararo videoformatni va yuqori aniqlikdagi televideniye (YUAT) hamda stereo televideniyeni qollash imkoniyatlariga ega. Tovush qism- MPEG-2 standartining ko‘p kanalli ovozni kodlanishini belgilaydi. MPEG-2 beshtagacha toMiq keng kanalli polosalarni, unga qo'shimcha past chastotali kanalni va 7 tagacha ko’p tilli kommentator (yoki tarjimon) kanallarini qollab quvvatlaydi. Undan tashqari 64 Kbit/s uzatish tezligida monofon va stereofon ovoz signallarining yangrash sifatini yaxshilash uchun diskretlash chastotasining yarim qiymati (16; 22,05 va 24 kGs) qollanilishi mumkin.
MPEG-2 standartida tasvirlarga ishlov berish. MPEG-2 standard televizion signalni o‘zaro bir biriga mos, turli murakkablikdagi algoritmlar bilan raqamli siqishning standart guruhchalari oilasini ifodalaydi. Ularni mosligini tatbiq etish uchun profil (ko‘rinish) va sathlar (qiymatlar) qonunlari qollaniladi. Standart 5 ta profildan iborat:
• oddiy (simple) - video oqimlarni V-kadrlarsiz siqish;
143
• bosh (main) - ishning barcha bosqichlarini ta’minlash uchun.
lekin masshtablanishsiz;
• signal/shovqin (SNR scalable) munosabati bo‘yicha
masshtablanish;
• xududiy (fazoviy) masshtablanish (spatiallyscalable);
• professional (professional 4:2:2)- fazoviy masshtablanuvchi va
signal/shovqin (SNR scalable) munosabati bo‘yicha ifodalanish.
Bunda MPEG-2 makroblok uchun DKO‘ning ikkita tipi: kadrli va maydonli bo‘ linishni aniqlaydi. Kadrli DKO‘ MPEG-1 bilan bir xil ishlaydi, bu yerda 16x16 piksel o‘ lchamli yorugMik sanog‘i bloki joylashuviga mos holda 8x8 pikselli 4 ta blokka bo‘linadi. Maydonli DKO‘ tepa tomondagi ikkita blok uchun yuqori maydonning 8 ta qatorini, quyi bloklar uchun pastdagi maydonning 8 ta qatoridan foydalaniladi, shu taxlit makroblokning yuqori va pastki maydonlari hosil qilinadi. Ushbu vaziyatda rangfarq bloklar faqat tepa tomondagi may donga tegishli hisoblanadi. Maydonli DKO4 maydonlar orasidagi mavjud farq qancha katta bo‘lsa, samara shuncha yuqori bo‘ladi
va misol uchun, vertikal bo‘ylab harakatlanishda. Kadrli DKO‘ tasvirning mayda detallarini yaxshiroq uzatish imkonini beradi. Bunda ikkala o‘ zgartirish turi ham bitta video ketma-ketlikda qollanilishi mumkin. Ikkita kadr sifatida kodlanuvchi kadrlar har doim maydonli DKO‘dan foydalanadilar, kadrli kodlash esa. makroblok bir bosqichidan boshqasiga o‘tishni qollagan holda, DKO‘ ning ikkala ko‘rinishidan ham foydalanish imkonini beradi. Satrlararo tasvirlarga ishlov berish bashorat jarayoniga ham sezilarli o’zgartirishlar kiritadi. Kadrli bashorat xuddi MPEG-l dagi kabi joriy va tayanch kadrlarda 16x16 pikselli makrobloklarning eng mukammal moslikligini baholaydi. Maydonli bashorat avvalgi ikkita maydon va joriy maydonlardan olinganlar ichidan 16x16 pikselli bloklar uchun eng mosini (yaxshisini) tanlaydi. DKO‘ dagi kabi maydonli kodlashda faqat maydonli bashoratdan foydalanishi mumkin, kadrli kodlashda esa imkoniyatlar keng, chunki u ham kadrli ham maydonli bashoratdan foydalanishi mumkin. Oxirgi holatda makroblokning alohida yuqori va quyi maydonlari mosligi tayanch kadrning ikkita maydonidan yaxshi natijani tanlagan holda qidiriladi.
Harakat kompensatsiyasining yuqori aniqligini makroblokning ikkita maydonga bolinishi ta’ minlaydi. Bunda 16x8 piksel o‘lchamli makroblok yuqori va quyi maydonlari uchun alohida ikkita ko‘chish vektori shakllanadi, ular dekoderga yanada aniqroq tasvirni tiklash uchun uzatiladi. Shuni aytib o‘tish joizki, MPEG-2 Standart videosignalni siqish usuliga reglament belgilamaydi, balki kodlangan Videosignal bitli oqimi qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligini aniqlaydi, shuning uchun aniq algoritmlar apparat-dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchilarining tijorat siri hisoblanadi.
Dastlabki RGB videosignallar ARO‘da analog-raqamli o‘zgartirilgandan keyin oldindan ishlov berish blokiga kelib tushadi, keyin bu yerda quyidagi amallar bajariladi:
• RGB signallar yorug’lik Y va rangfarq U va V signallariga o‘zgartiriladi, shuningdek 4:4:4 rangli formatni 4:2:2 (rangfarqkomponentlarni gorizontal qayta diskretlash)ga yoki 4:2:0 (rangfarq komponentlarni gorizontal va vertikal qayta diskretlash)ga qayta kodlash amali bajariladi;
• Ortiqcha axborotni oldindan o'chirib tashlash, masalan: agar tasvir foni bir xil piksellar guruhidan iborat bo'lsa. unda piksel qiymatini va tasvirda uni qancha takrorlash
kerakligini yollash kifoya;
• Tasvirning har birini 8x8 pikselli oltita blokdan iborat makrobloklar ketma-ketligiga bolish: 4tasi 16x16 matritsani tashkil etuvchi yoruglik signali Y va bittadan rangfarq komponentlar U va Vdan iborat;
Agar dastlabki tasvir qatorlararo maydon ko'rinishida uzatilayotgan bo’lsa, unda ular progressiv yoyish bilan kadrga o‘zgartirilishi mumkin. Agar o’lcham 16 pikselga karra bo‘lmasa, tasvirning makrobloklar butun soniga yaxlit butun sonli qilib bolinishini ta’minlash uchun tasvirning qatorlar va ustunlariga nol yoruglikda yetishmayotgan piksellar qiymati (soni) qo'shiladi.
So'ngra bolingan tasvirning makrobloklari kadrlararo ortiqchalikni bartaraf etish uchun olib tashlagich blokining birinchi kirishiga kelib tushadi. Ikkinchi kirishga shu tasvir syujetining avvalgi yoki keyingi kadrdan ko‘chirilgan (siljigan) makrobloklari kelib tushadi. Bunda makroblokning yangi koordinatalari ularning kadrdan kadrga kutilayotgan harakati bashorati asosida hisoblanadi, undan keyin ularning ko‘chishi mumkin bo‘lgan xudud kadrlararo farqining minimal qiymati bo‘yicha aniq joylashuvini belgilaydi. Shu taxlit, makrobloklarning qo'shni piksellari qiymatining ayirmasini hisoblangandan so‘ng ularning axborotlashganligi sezilarli pasayadi yoki umuman 0 ga teng bo‘lib qoladi.
Keyin yuqori aytilgan MPEG-1 standartidagi kabi, olingan makrobloklar farqlari kadrlararo statik ortiqchaligini bartaraf etish uchun DKO‘ mexanizmidan foydalaniladi. DKO‘ning to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan, signal energiyasini uning garmonik tarkibiy qismlari bo‘ylab taqsimlanishini xarakterlovchi koeffitsientlari, Xaffman jadvali asosidagi entropik koder va uzun seriyalar statik kompressori yordamida adaptik kvantlanadi va kodlanadi.
Tiklangan tasvirning sifatini baholash yoki chiqish oqimining o’zgarimas bitreytidagi holatda, kvantlashni adaptiv boshqarish uchun koderda siqilgan video ma'lumotlarni dekoderlash jarayoni amalga oshiriladi. Buning uchun dekvantlash va teskari DKO‘ bloklari ishlatiladi va umumlashtiriladi (yig'indisi olinadi). Umumlashtirish blokida videomalumotlar harakatini kompensatsiyalash bashorat xatoliklari bilan qo'shiladilar va shu orqali kadrning piksel qiymatlari tiklanadilar. Signal haqida olingan ma’lumotlar axborotlarni kodlash uzeliga yuboriladi,bu esa shakllanayotgan siqilgan tasvir sifatini baholash imkonini beradi. Bundan tashqari MPEG-l dan farqli ravishda MPEG-2 standarti quyidagilarga imkon yaratadi:
• MPEG-1 dagi kabi faqat 8 bitli emas, balki 9 yoki 10 bitli kvantlashdan foydalanish;
• Ichki kadrli bashorat bilan kodlangan makrobloklar yo'qolishini bartaraf etish uchun ularning maskirovkalash amalga oshiriladi, ya ’ ni yo‘qolgan makroblok o‘rniga parametrlari bo‘yicha unga o‘xshashi yaqin makroblok qo'yiladi. Buning uchun oqimda "qoldirilgan makroblok”
ni boshqaruvchi kod uzatiladi;
• Axborotini uzatish panoramalash rejimi (pan&scan) ko‘zda tutilgan.ya’ni u dekoderga tasvirning qaysi 16:9 formatli bo‘lagini 4:3 formatli ekranda tasvirlash kerakligini ko4satadi. Axborot har kadrda uzatiladi va tasvirni pikselgacha aniqlikda siljitishimkoniniberadi.
5.Xulosa.
Umumlashtirilgan holda shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda raqamli televideniyening rivojlantirishi aktiv amalga oshirilmoqda va unga bir necha yo‘nalishlarda dasturlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tomonidan qabul qilingan raqamli televideniyega bosqichma bosqich o‘tish progammasi faol tatbiq etilmoqda va tegishli amaliy ishlar bajarilmoqda. DVB-T2 formatdagi uzatish qurilmalari o'matish va ishga tushirish tufayli 2015 yil oxiriga O’zbekiston xududini 50 % dan ortig‘ini raqamli televideniye bilan qamrab olish masalasi xal etildi. Bosqichma bosqich DVB-/T2 formatga o‘tish texnik muammolarni xal etishning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishga va foydalanuvchilar uchun yanada sifatli telekanallar tashkillashtirish va ularning sonini ko‘payishini ta’minlaydi.