|
O‘qituvchi: Kengesbayev. S. K toshkent – 2024 Mavzu: Tasvir va ovoz signallarini siqish standartlari Reja: jpeg standarti
|
bet | 2/4 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 183,66 Kb. | | #129630 |
Bog'liq 050-19 Tursunxo\'jayev Ixtiyorxo\'ja Baxtiyorxo\'ja o\'g\'li Mustaqil ish — копия2. JPEG 2000 standarti.
JPEG 2000 standarti JPEG kabi. rasmlar sohasi ekspertlari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. JPEGning Xalqaro standart sifatida shakllanishi 1992 yilda tugallangan. 1997 yilda nisbatan yangi, kuchli, moslashuvchan standart yaratish kerakligi tushunildi va amaliy ishlardan so’ng u 2000 yilning qishiga tayyor bo’ldi. JPEG 2000 algoritmining JPEG dan asosiy farqlari quyidagilardir: l.Siqishning nisbatan yuqori qiymati ta’minlanadi va tasvir sifati yaxshilanadi. 2. Alohida maydonlar uchun yuqori sifatli kodlashni qollanilishi, ya’ni insonga ko’rish qobiliyati orqali tasvirning qaysi joyini kamroq sifat bilan siqish mumkin, qaysi joyini o’z holicha qoldirish kerakligi imkonini berish. Natijada bir hil sub'ektiv tasvir siqishida yuqori sifatlarga erishish mumkin. 3. Algoritm veyvlet o‘zgartirishga asoslangan. Aloqa tarmoqlarini yuklashda, tasvirning asta-sekin namoyon bo’lishi bilan bog‘ liq. 4. Xaffman koderi o’rniga nisbatan samaraliroq, bitga yo’naltirilgan arifmetik kodlashni qo’llash. Bu amal JPEG standartida qo’llanilishi mumkin bolgan, lekin u vaqtda patent bilan himoyalangan edi. Keyinchalik asosiy patent muddati tugagan va shu sabab uni JPEG2000 standartida qo’llash mumkin bo'lgan. 5. Bir bitli (2ta rangli) tasvirlarni siqish imkoniyati mavjudligi. 6. Katta o‘lchamdagi tasvirlarni siqish. 7. Siqilgan tasvirni dekompressiyasiz qayta ishlash imkoniyatining mavjudligi. Yuqorida aytilganidek, JPEG koderdan farqli JPEG-2000 tasvirni mayda kvadrat bloklarga bo’linishi talab qilinmaydi, chunki diskret veyvlet o'zgartirishda qo'llaniladigan algoritm har qayday olchamdagi fragment uchun ham ishlaydi. Biroq ayrim hollarda, masalan, butun tasvirni kodlashga xotira yetmasa, uni bir-biridan mustaqil ravishda kodlanadigan kvadrat fayllarga bo’lish amalga oshiriladi.
Tasvirlarga dastlabki ishlov berishda, zarur bo‘lsa tasvir bir necha qismlarga (fayllarga) bolinishi mumkin, ular esa o'z navbatida alohida siqiladi va ishlov beriladi hamda kodlanadi. Bunda tiklash jarayonida biriktirilgan bloklarning biriktirish joylardagi sezilarli chiziqlarni paydo bo‘ lishini oldini olish uchun maxsus choralar ko’riladi. Undan so‘ng tasvir piksellari yoruglik qiymatidan kadrning o‘rta qiymati olib tashlanadi. Bu birinchidan yoruglikning dinamik diapazonini tekislaydi va ikkinchidan ularning maksimal qiymatini kamaytiradi. Bunday yondoshish chiqish oqimida bitlarni kamayishiga olib keladi va videoma'lumotlarni siqish koeffitsientini oshiradi. Undan so‘ng tasvirni RGB maydonidan YUV maydoniga o’tkazish amalga oshiriladi. Ma'lumotlarni yo'qotish bilan siqishda bu o’zgartirish JPEG algoritmiga aynan o‘xshaydi.
So‘ngra diskret veyvlet o‘zgartirish (DVO‘) amalga oshiriladi, u qabul qilingan koeffitsientlarga qarab ma’lumotni yo‘qotishlar bilan yoki yo‘qotishlarsiz o‘zgartiradi. Oxirgi holda DVO‘ning koeffitsientlarining chiqish qiymatlari butun son qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda standartning birinchi qismida ikkita veyvlet filtr belgilangan yo‘qotishlar bilan siqish uchun Dobeshi filtri, yo‘qotishlarsiz siqish uchun butun sonli qiymatga ega biortogonal filtr. Standartning ikkinchi qismida har qanday filtrdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Chastota filtrlaridan foydalanish tasvir ma’lumotlar massivini ikkita PCH va YUCH tashkil etuvchi massivlarga bolish imkonini beradi. Tasvirlar ikki o‘lchamli massivdan iborat bo‘lgani uchun tasvirlarga avval gorizontal so‘ng vertikal yoki aksincha, ishlov beriladi. DVO1 bitta bosqichidan so‘ng(veyvlet dekompozitsiyasi) ishlov berilayotgan tasvir yoki uning tayli to‘rtta segmentga bolinadi
• LL - qator va ustunlar bo‘yicha past chastotalar;
• HL - qator bo‘yicha yuqori va ustun bo'yicha past chastotalar;
• LH - qator bo‘yicha past va ustun bo‘yicha yuqori chastotalar;
• HH - qator va ustunlar bo'yicha yuqori chastotalar.
Standart bo‘yicha dekompozitsiyalar soni 0 dan 32 gacha bolishi mumkin, biroq amaliyotda ko‘pincha 4 dan 8 gacha ishlatiladi. Har bir keyingi dekompozitsiyada faqat past chastotali maydon (LL)ga ishlov beriladi, chunki odatda yuqori chastotali maydonda muhim ma’lumotlar bolmaydi. Siqish koeffitsientini boshqarish uchun DKO‘ koeffitsientlarini olik zonali o‘zgarmas kvantlagichga bolinadi.
JPEG-2000 standartida ko‘pgina holatlarda kodlash doimiy bitreyt yoki siqish koeffitsienti rejimida amalga oshiriladi. Shu maqsadda siqishni boshqaruvchi blokdan foydalaniladi, u tasvirni siqishda koder siqish koeffitsientini foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymatga olib kelish uchun kvantlagich parametrlarini adaptiv (mos ravishda) o‘zgartiradi. DVO‘ koeffitsientlarini kvantlash amalga oshirilgandan so‘ng ularni kodlash amalga oshiriladi, bu jarayon JPEG standartiga o'xshaydi, faqat Xaffman algoritmi bo‘yicha entropik kodlash o‘miga nisbatan samarali arifmetik kodlash amalga oshiriladi. Bunda olingan yaxlitlangan koeffitsientlar kodlashi har bir blokda alohida bajariladi. Buning uchun kodlash oldidan fragmentlar yetarlicha kichik bloklarga shunday bo‘linadiki, (masalan, 32x32 yoki 64x64 olchamli), har bir fragmentning barcha bloklari alohida kodlanadigan, bir xil kattalikda bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Bloklarga bo‘lish, halaqitbardoshlikni oshirish maqsadida, axborotni siqishni yanada mukammalroq qilish uchun amalga oshiriladi. Kodlash algoritmi har bir blok yaxlitlash koeffitsientlari matritsasini, aylanib (yuzani qoplab) chiqadi. Bloklar nominal balandligi 4 bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Key in polosalar tepadan pastga skanerlanadi (siljiydi), har bir polosaning ustunchalari esa chapdan o‘nga yo‘naltirib o‘tiladi.
3. MPEG -1 standarti.
MPEGning birinchi standarti bo‘ lgan - MPEG-1 CD kompakt disklarga “normal” yozish tezligi 1,4 Mbit/s bo‘lgan videofilmlarni yozish uchun ishlab chiqilgan. MPEG-1 standarti video CD formatni ta’minlashga, ya’n i VHS (uydagi video) kassetalaridagi video bilan raqobatlashadigan, havaskor video formatini qo‘llab-quvvatlaydigan, shuningdek, televizion tasvirlarni 1-3 Mbit/s tezlik bilan uzatadigan, nisbatan past tezlikdagi aloqa kanallari bo‘ylab ma’lumotlami uzatish uchun o'ylab topilgan. Standart 3 qismdan: video,ovoz, tizimlardan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘qituvchi: Kengesbayev. S. K toshkent – 2024 Mavzu: Tasvir va ovoz signallarini siqish standartlari Reja: jpeg standarti
|