?Oqsil denaturatsiyasi qanday jarayon? +Oqsil tabiiy xolatini yo‘qotishi




Download 78 Kb.
Sana06.04.2024
Hajmi78 Kb.
#190188
Bog'liq
Biotex asis
29-Мехр уйи паспорти ЯНГИ ТАХРИРДА, file, Abdulloh 1, Документ Microsoft Word, Payziyeva Nigora Maxmudjanovna

?Oqsil denaturatsiyasi qanday jarayon?


+Oqsil tabiiy xolatini yo‘qotishi.
-Oqsil molekulasida qo‘shimcha guruxlar paydo bo‘lishi
-Oqsil tabiiy xolatini qayta tiklashi
-Oqsil denaturatsiyaga uchramaydi

?Suvda eruvchan oqsillar ......................deb ataladi


+Albuminlar
-Globulinlar
-Sitozinlar
-Miozinlar

?Replikatsiya nima?


+Mavjud DNK dan nusxa olish
-Mavjud genni o‘zgartirish
-RNK sintezi
-Oqsil sintezi

?Transkripsiya bu …………


+RNK sintezi
-Oqsillar sintezi
-DNK sintezi
-Uglevodlar sintezi

?Oqsil ..............da sintezlanadi


+Ribosoma
-Xromosoma
-Mitoxondriya
-Hujayra devori

?Translyasiya bu……......


+Oqsil biosintezi
-DNK sintezi
-RNK sintezi
-Uglevodlar sintezi

?Restriktazalar qanday organizmlardan olinadi?


+Mikroorganizmlardan
-Sutemizuvchilardan
-O‘simliklardan
-Baliqlardan

?Bir gendan nusxa olingan genlar nusxasi to‘plami ............................... .


+Klon deb ataladi
-Rekombinant hujayra deb ataladi
-Transgen hujayra deb ataladi
-Antibiotikka chidamli bakteriyalar shtammi deb ataladi
?Oqsillar biosintezi quyidagi bosqichlardan iborat:
+NK-RNK-oqsil
-Aminokislota-nukleinkislotalar -oqsil
-Uglevod-aminokislota-oqsil
-RNK- lipid-oqsil

?Qanday o‘simliklar transgen o‘simliklar deb ataladi?


+Geniga qo‘shimcha gen kiritilgan
-Hujayrasida plazmidasi mavjud bo‘lgan
-O‘zining nasliy belgilarini saqlab qoluvchi
-Genetik jarayonlari sekinlashtirilgan

?Restriksion endonukleazalarning vazifasi nima?


+Bakteriya hujayrasini unga kirgan virus infeksiyalaridan qo‘riqlashga qaratilgan.
-RNKni parchalash
-Filtrlash
-Biologik katalizatorlik qilish

?Restriktaza nima?


+DNKni kesuvchi ferment
-Oqsillarni parchalovchi ferment
-DNKni biriktiruvchi ferment
-Ovqat xazm qiluvchi ferment

?Oqsillarning monomer bu-


+Aminokislotalar
-Nukleosomalar
-Nukleotidlar
-Uglevodlar

?Nukleotidlar –................ ning monomeridir


+Nuklein kislotalar
-Oqsillar
-Yоg‘lar
-Uglevodlar

?Oddiy oqsillar ................. dan tashkil topgan:


+Faqat aminokislotalar
-Lipidlar va aminokislotalar
-Uglevodlar va aminokislotalar
-Metallar va aminokislotalar

?DNKning tarkibi ..........lardan iborat:


+Fosfat kislota, dezoksiriboza adenin, guanine, sitozin, timin
-Fosfat kislota, riboza, adenin, guanin sitozin, uratsil
-Fosfat kislota, riboza, adenin, guanine, sitozin, timin
-Fosfat kislota, adenin, guanine, sitozin, uratsil
?Tripletlarning hosil bo‘lish imkoniyati:
+64ta;
-28ta;
-72ta,
-98ta;

?DNK zanjirida bir-biriga komplementar joylashgan asoslar :


+A – T; G – S
-A – S; G – T
-A – G; S– T
-T-G; T-U

?Oqsil tuzilishi xaqidagi axborot sitoplazmaga.................orqali uzatiladi:


+Axborot RNK si
-Transport RNK si
-Ribosoma RNK si
-Transpozonlar

?Replikatsiya – bu:


+DNKning ikkita bolamolekula hosil qilib nusxa olinishi
-Oqsil sintezi jarayoni
-RNKsintez bo‘lish jarayoni
-Rekombinant DNK olish jarayoni

?Transkripsiya – bu:


+DNKdagi axborotning RNKga yozilish jarayoni
-Uglevodlarning hosil bo‘lishi
-Aminokislotalardan oqsil hosil bo‘lishi
-DNKning ikkita nusxa hosil qilib ko‘payishi

?Transkripsiya natijasida ..............hosil bo‘ladi


+RNKning barcha turlari
-DNK
-Uglevodlar
-Oqsillar

?Oqsillar sintezi ..................deb ataladi


+Translyasiya
-Transkripsiya
-Replikatsiya
-Terminatsiya

?Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ............ tomonidan kashf etilgan


+Mak-Klintok
-Mendel
-Paster
-Nyuton
?RNK tarkibiga ..............kirmaydi:
+Timin
-Adenin
-Sitozin
-Uratsil.
?DNK tarkibiga .................kirmaydi:
+Uratsil
-Timin
-Sitozin
-Adenin

?Adenin va timin orasida nechta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi?


+Ikkita
-Uchta
-Bog‘ hosil qilmaydi
-Bitta

?DNK zanjirida guanin va sitozin orasida nechta vodorod bog‘I hosil qiladi


+Uchta
-Ikkita
-Bitta
-Bog‘ hosil qilmaydi;

?Ribosoma qayerda sintezlanadi?


+Yаdrochada
-Vakuolada
-Mitoxondriyada
-Sitoplazmada

?Hujayraning asosiy DNKsining 99% qayerda joylashgan?


+Yаdroda
-Membranada
-Vakuolada
-Sitoplazmada

?Ribosoma nechta subbirlikdan tashkil topgan ?


+Ikkita
-Beshta
-Uchta
-Oltita

?Guanin va sitozin orasida nechta vodorod bog‘I hosil bo‘ladi?


+Uchta
-Ikkita
-Bog‘ hosil qilmaydi
-Bitta
?Kasalliklarga chidamli yangi navlar .............usuli asosida yaratiladi
+Gen muhandisligi
-Mikrobiologik
-Sitologik
-Fiziologik

?Genetik modifikatsiyalangan organizm ............natijasida olinadi


+Genomga yangi genni transformatsiyalash
-Ikki organizmni chatishtirish yordamida
-Seleksiya
-Mutatsiya

?DNK strukturasi kim tomonidan va qachon aniqlangan?


+1953y.Djeyms Uotson va Frensis Krik
-1961y. Andre Lvov, Fransua Jakob.
-1967y. Artur Kornberg
-1970y. Gobind Korana

?Transformatsiya nima?


+Bir organizmning boshqa organizm genetik axborotning bir o‘ziga biriktirib olishi
-Bitta triplet yordamida bir nechta aminokislotalarning kodlanishi
-Genning kodlanmaydigan qismi
-Reparatsiyadan so‘ng dnk ning tiklanishi

?Gen bu..........


+Bitta polipeptid zanjir kodlovchi DNK uchastkasi
-Hujayradagi barcha dnklarining yig‘indisi
-Hujayradagi barcha dnklarining yig‘indisi
-Genning kodlanmaydigan qismi

?Genom bu.................


-Hujayradagi barcha dnklarining yig‘indisi
-Bu genning kodlanmaydigan qismi
-Bir organizmning boshqa organizmning ba’zi belgilarini o‘ziga yozib oladigan joy
-Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar

?Triplet nima?


+Bitta aminokislotani kodlaydigan, uchta nukleotiddan iborat izchillik
-Bu genning kodlanmaydigan qismi
-Hujayradigi dnklar yig‘indisi
-Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar

?Transpozonlar ……..


+Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar
-Bitta aminokislotani kodlovchi ketma-ketlik
-DNK bo‘linishini amalga oshiradigan joy
-DNK molekulalarning yig‘indisi
?Vektor -bu ...........
+Xo‘jayin hujayrada avtonom xolda tarkibida begona genlarning replikatsiyasini amalga oshiruvchiDNK molekulasi
-Hujayrada yog‘lar sintezini boshqaruvchi ketma-ketlik
-Bitta aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotidlar izchilligi
-Genlarning kodlanmaydigan qismi

?Plazmidalar...............


+Xromosomadan tashqari genetik elementlar
-Bitta aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotidlar izchilligi
-Genlarning kodlanmaydigan qismi
-Nuklein kislotalarni kesuvchi fermentlar

?DNK va vektorlar .............. fermenti yordamida kesiladi


+Restriktaza
-RNK polmeraza
-DNK ligaza
-Topoizomeraza

?Terminator bu ……...............


+Transkripsiya jarayoning oxiriga etganini bildiruvchi DNK nukleotidlarning o‘ziga xos ketma ketligi
-Rekombinatsiya jarayoning oxiriga etganini bildiruvchi DNK nukleotidlarning o‘ziga xos ketma ketligi
-Polimerizatsiya jarayoning oxiriga etganini bildiruvchi DNK nukleotidlarning o‘ziga xos ketma ketligi
-Oqsil sintezi boshlaniganligini bildiruvchi ketma ketlik

?RNKning necha turi mavjud?


+3
-4
-6
-5

?Replikatsiya deb ……………ga aytiladi


+DNK sintezi
-RNK sintezi
-Yоg‘larning sintezi
-Oqsil sintezi

?Genetik kodda nechta triplet bor?


+64 ta
-80 ta
-70 ta
-55 ta

?Oqsil biosintezida tRNK ni roli?


+Ribosomani aminokislotalar bilan taminlaydi
-Ribosomaning tashkiliy elementi xisoblanadi
-Nuklein kislotalarni aktivlaydi
-Nukleotidlarni ribosomaga tashib keladi

?Sentrifugalash jarayonida xarakatlanuvchi kuch bu–


+Markazdan qochma kuch
-Qo‘zg‘almas kuch
-Ishchi kuch
-Bosim kuchi

?Escherichia coli dan ajratilgan restriktaza?


+Eco
-Hind
-Bam
-Bsu

?Mikrobiologik sintez mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarish sanoatini qanday tasavvur qilasiz?


+Biotexnologik tizim
-Kimyoviy tizim
-Fizikaviy tizim
-Iqtisodiy tizim

?Sut kislota qaysi produtsentdan olinadi?


+Lactobacillus delbrueckii
-Propioni bacterium shermani
-Aceto bacteraceti
-Aspergillus terreus

?Oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan antibiotik bu .........


+Nizin
-Subtilin
-Sekretin
-Penitsillin

?Almashmaydigan aminokislotalar olishning necha xil usullari mavjud?


+Uch xil usuli: o‘simlik va mikroorganizmlar oqsillarini gidrolizlash, mikrobiologik sintez va kimyoviy sintez
-Ikki xil usul: kimyoviy sintez va baliqlardan gidroliz qilish
-Bitta usul: o‘simliklardan sintez qilish
-Hech qanday usul mavjud emas

?Gen muxandisligi yo`li bilan olingan insulinning ustunligi nimada?


+Allergik reaktsilarning kamligi
-Toksiklik jihatining kamligi
-Aktivligining yuqoriligi
-Yuqori stabillikka ega ekanligi

?Dori mahsulotlari produtsentlarining butun hujayralarini immobilizatsiyasi quyidagi hollarda mantiqsiz:


+butun mahsulotning hujayra ichi lokalizatsiyasida
-yuqori labillikka ega dorivor mahsulotda
-butun mahsulotni faqat inyektsiya ko`rinishda ishlatishda
-butun mahsulotning yuqori gidrofilligida
?Fermentni immobilizatsiyalashda erimaydigan tashuvchini faollashtirish nima uchun zarur bo`ladi:
+kovalent bog hosil qilish uchun
-fermentning gelga qo'shilishini kuchaytirish
-fermentning sorbsiyasini kuchaytirish uchun
-ferment faolligini oshirish uchun

?Spirt ishlab chiqarishda foydalaniladigan mikroorganizm:


+Saccharomyces
-Streptococcus lactis
-Lactobacillus bulgaricus
-Leuconostos dextranicum

?Oqsillarning sifati uning tarkibidagi ..............................bilan belgilanadi


+Aminokislotalar nisbati
-Nuklein kislotalar nisbati
-Nukleotidlar nisbati
-Yog‘lar nisbati

?Sut kislotali bakteriyalarga ………………….turkumi vakillari kiradi


+Lactobacillus, Leuconostoc va Streptococcus
-Streptococcus, Candida
-Bacillus subtilis, Lipomyces, Cryptococcus, Candida
-Rhodotorula, Lipomyces, Cryptococcus, Candida

?α-amilaza fermenti vazifasiga ko‘ra qanaqa ferment?


+Dekstrinlovchi ferment
-Qandlovchi ferment
-Maltozalovchi ferment
-Parchalovchi ferment

?Qanday fermentlar ikki komponentli deyiladi?


+Oqsil va oqsil bo‘lmagan qismdan tashkil topgan
-Organik moddani ikkiga gidrolizlovchi
-Ikki substratda reaksiya olib boruvchi
-Ikkita funksional gruppadan tashkil topgan

?Qanday jarayon biokataliz deyiladi?


+Tirik organizmdagi fermentlar (katalizatorlar) ta’sirida reaksiyalar tezligining o‘zgarishi
-Kimyoviy katalitik reaksiyalar
-Ferment aktivligini oshishi
-Ferment aktivligining susayishi

?Kofermentlar deb nimaga aytiladi?


+Fermentlarga qo‘shimcha vitaminlar yoki mikro va makro elementlarni qo‘shilib kelishi natijasida hosil bo‘lgan ikki komponentli fermentlarga aytiladi
-Oqsillar bilan uglevodlarni hosil bo‘lishiga aytiladi
-Oqsillar bilan vitominlanrni birikishiga aytiladi
-Oqsil, uglevod, vitamin birikishiga aytiladi

?Fermentlar nechta sinfga bo‘liniadi?


+6 ta Oksidoreduktazalar, Transferazalar, Gidrolazalar, Ligazalar, Liazalar, Izomerazalar
-5 ta Oksidoreduktazalar, Transferazalar, Gidrolazalar, Ligazalar, Liazalar
-3 ta Ligazalar, Liazalar, Izomerazalar
-2 ta Transferazalar, Gidrolazalar

?Aktivatorlar nima?


+Fermentlar aktivligini oshiruvchi fizik va kimyoviy holatlar
-Fermentlar ta’siri mexanizmi
-Ferment aktivligini pasaytiruvchi holat
-Fermentga xos reaksiya

?Fermentga to‘liq ta’rif bering?


+Oqsil tabiatiga ega bo‘lgan biokatalizator
-Kimyoviy katalizator
-Biopolimer modda
-Suvda eriydigan katalizator

?Qanday fermentlar ikki komponentli deyiladi?


+Oqsil va oqsil bo‘lmagan qismdan tashkil topgan biokatalizatorlar
-Ikki substratda reaksiya olib boruvchi.
-Organik moddani ikkiga gidrolizlovchi
-Ikkita funksional gruppadan tashkil topgan

?Oksidoreduktazalar qanday fermentlar?


+Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar
-Izomerlanish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar
-Parchalanish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar
-Kraxmalni gidrolizlovchi fermentlar

?Qanday fermentlar bir komponentli fermentlar deyiladi?


+Katalitik aktivlikka ega bo‘lgan, faqat oqsil molekulalaridan tashkil topgan fermentlar.
-Faqat bitta reaksiyani katalizlovchi fermentlar
-Oqsil bo‘lmagan qismga eg abo‘lgan fermentlar
-Bir katal aktivlikka ega bo‘lgan fermentlar

?Fermentlar va kimyoviy moddalar faolligini oshiruvchi moddalar nima deb nomlanadi?


+Aktivatorlar
-Kimyoviy reaksion aktiv moddalar
-Aktiv fermentlar
-Ferment aktivligini susaytiruvchi omillar

?Fermentlar faolligining o‘lcham birligi?


+Katal
-Kilogramm
-Kilometr
-Djoul
? - amilaza ishtirokidagi kraxmal gidrolizining mahsuloti?
+Maltoza
-Glyukoza
-Dekstrin
-Amiloza

?Ajratilgan protoplast nima?


+Fermentlar yoki mexanik ta’sir yordamida Hujayra devoridan ajratilgan o`simlik Hujayrasi
-O`simlik organlari hujayralaridan tashqarida proliferatsiya yo`li orkali hosil bulgan to`qima
-O`simlik organlari hujayralaridan tashkil otsizproliferatsiya yuli orkali hosil qilingan hujayra
-Yangi tayyorlangan muhitga o`tkazish uchun kallus kulturasining bir qismi

?Inokulyum haqida ma’lumot bering?


+Yangi tayyorlangan muhitga o`tkazish uchun kallus kulturasining bir qismi
-O`simlik organlari hujayralaridan tashkilotsiz proliferatsiya yo`li orqali hosil bo`lgan to`qima
-O`simlik organlari yig`indisidir
-Yangi tayyorlangan muhitga o`tkazish uchun protoplastning bir qismi

?Kallus to`qimaga berilgan to`g`ri ta’rifni belgilang?


+O‘simlik organlari hujayralaridan tashkilotsiz proliferatsiya yuli orkali hosil bulgan to`qima
-Selektiv (tanlov) sharoit yordamida olingan mutant hujayra va somaklonal variantlar yigindisidir
-Selektiv (tanlov) sharoit yordamida olingan mutant hujayra protoplastlar yigindisidir
-Oddiy sharoit yordamida olingan mutant hujayra

?Klon nima?


+Bir dona hujayradan hosil bo`lgan kultura
-Hujayralar yigindisidan hosil bulgan kultura
-O`simlik organlari hujayralaridan proliferatsiya yo`li orqali hosil bo`lgan to`qima
-Selektiv sharoit yordamida olingan mutant hujayralar yigindisi

?Proliferatsiya nima?


+Hujayra va to`qimalarni kupayib, yangilanishi
-To`qimalarning yangilanishi
-Protoplastlarning faollashuvi
-To`qima va hujayralarning yemirilishi

?Hujayra generatsiyasi xaqidagi to`g`ri axborotni belgilang?


+Birin-ketin amalga oshiriladigan hujayraning ikki bulinish orasidagi davri
-Birin-ketin amalga oshiriladigan hujayraning mutatsion kupayish davri.
-Somatik hujayralarning bulinishi
-Protoplastdan klonlash oqibatida hosil bulgan markerli alomatlarga ega bulgan kultura

?Redefferensiatsiya nima?


+Ixtisoslashgan Hujayralarni bir xolatdan (differensiyalashdan) ikkinchisi, bulinishdan oldingi xolatga utishi
-Ixtisoslashgan Hujayralarni bir xolatdan (differensiyalashdan) ikkinchisi, bulinishdan keyingi xolatga utishi
-Ixtisoslashgan Hujayralarni bir xolatdan ikkinchi xolatga utishi
-Birin-ketin amalga oshiriladigan Hujayraning ikki bulinish orasidagi davr
?Suspenzion kultura mo’tadil sharoitda necha kunda qayta ekiladi?
+Suspenzion kultura mo’tadil sharoitda 10-28 kunda qayta ekiladi
-Suspenzion kultura mo’tadil sharoitda 2-4 oyda qayta ekiladi
-Suspenzion kultura mo’tadil sharoitda uzluksiz ravishda qayta ekib turiladi
-Suspenzion kultura mo’tadil sharoitda 1-2 kunda qayta ekiladi

?Hujayra generatsiyasi o`rtacha qancha vaqt davom etadi?


+30-70 soat
-3-7 soat
-3-10 soat
-6-7 hafta

?O`simlik hujayrasi suspenzion kulturasini olish uchun kallus to`qimasi qancha vaqt o`stiriladi?


+Suspenzion kulturani olish uchun ko`p bo`lmagan miqdordagi kallus to`qimasi suyuq oziqa muhitida 2-3 xafta mobaynida chayqatgichda (kachalka) o`stiriladi
-Suspenzion kulturani olish uchun kup bulmagan mikdordagi kallus to`qimasi suyuk oziqa muhitida 2-3 kun mobaynida chayqatgichda (kachalka) o`stiriladi
-Suspenzion kulturani olish uchun ko`p bo`lmagan miqdordagi kallus to`qimasi suyuq oziqa muhitida 2 oy mobaynida chayqatgichda (kachalka) o`stiriladi
-Suspenzion kulturani olish uchun ko`p bo`lmagan miqdordagi kallus to`qimasi suyuq oziqa muhitida 2-3 soat mobaynida chayqatgichda (kachalka) o`stiriladi

?Biologik manbalarni sterillashning necha xil usuli bor?


+5 ta
-1 ta
-8 ta
-2 ta

?Bakteriyalarning hujayra devorini parchalashda qaysi fermentdan foydalaniladi?


+Lizotsim
-Sellyuloza
-Gemitselyuloza
-Pektinaza

?Quruq moddalar mikrob hujayrasining o‘rtacha necha foizini tashkil etadi?


+15-25 %
-10-15 %
-5-10 %
-20-30 %

?Penitsillin antibiotigi ochilishi qaysi olimning nomi bilan bog‘liq?


+Fleming
-R.Kox
-Vasxman
-Bekker

?Amilaza fermenti ko‘p miqdorda uchraydigan manba’larni ko‘rsating.


+Qonda, jigarda, muskullarda, unib chiqayotgan donlarda
-Oshqozon osti bezi shirasida, yurakda, qonda
-Oshqozon osti bezi shirasi, so‘lakda, jigarda, muskullarda
-Oshqozonda, o‘nikki barmoq ichak shirasida

?Biotexnologiya sanoatida produtsent sifatida foydalaniladigan ob’ektlarni to‘g‘risini ko‘rsating


+Prokariotlar, bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar, achitqi va mitselial zamburug‘lar, sodda hayvonlar va suv o‘tlari hamda ularni mutantlari.
-Bir hujayrali, yadrosi mukammal bo‘lmagan organizmlar: bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiylar
-Tuban eukariotlar (bir va ko‘p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan o‘ralgan)
-Achitqi va mitselial zamburug‘lar, sodda hayvonlar va suv o‘tlari

?Antibiotikni sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi, ularning to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorini belgilang?


+Yuqori mahsuldor shtamm-produtsent yaratish; antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko‘p miqdorda mahsulot chiqarishi uchun mo‘tadil sharoit yaratish; antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga qo‘llash; tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish
-Antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko‘p miqdorda mahsulot chiqarishi uchun mo‘tadil sharoit yaratish; tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.
-Tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish
-Yuqori mahsuldor shtamm-produtsent yaratish; antibiotic hosil qiluvchi shtammni eng ko‘p miqdorda mahsulot chiqarishi uchun mo‘tadil sharoit yaratish

?Biogaz olish jarayoni qaysi holatda olib boriladi?


+Kislorodsiz
-Kislorodli
-Jarayonning dastlabki bosqichi kislorodsiz so‘ngra kislorod beriladi
-Jarayonning dastlabki bosqichida kislorod beriladi, so‘ngra kislorodsiz boradi

?Dastlabki kultura, GPA (go‘sht peptonagar) qattiq oziqasida bir sutka davomida probirkalarda necha haroratda o‘stirib olinadi?


+
-
-
-

?Transduksiya usulining to‘g‘ri berilgan ta’rifini belgilang?


+Transduksiya – bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan boshqa bakteriyaga genlar o‘tkazish
-Transduksiya- ikki xil o‘simlik protoplastlarini biriktirish usulidir
-Transduksiya – kerakli genlarni nusxa sonini ko‘paytirish
-Transduksiya – ikki xil o‘simlik protoplastlarini biriktirish orqali kerakli genlarni nusxa sonini ko‘paytirishdir

?Birinchi gen qachon klonlangan?


+1973 yil
-1969 yil
-1970 yil
-1971 yil

?Rekombinant DNK texnologiyasidan qachondan boshlab ishlab chiqarishda foydalanila boshlangan?


+1975 yil
-1969 yil
-1970 yil
-1971 yil

?Birinchi gibridoma qachon yaratilgan?


+1975 yil
-1972 yil
-1978 yil
-1981 yil

?Laktoza fermenti nima uchun ishlatiladi?


+Laktozasiz sut olish uchun ishlatiladi
-Sut va sut mahsulotlari tayyorlashda xom-ashyo sifati;
-Tuxum kukuniga, mayonezga, pivoga ularni uzoq muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo‘shiladi.
-Bu ferment yordamida askarbin kislotasining (S-vitamin) oksidlanishi sekinlashadi

?Bioreaktorlarda energiya berish bo‘yicha biokimyoviy reaktorlar necha guruhga bo‘linadi?


+3 guruhga
-2 guruhga
-4 guruhga
-5 guruhga

?Bioreaktorlardagi sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni sanab bering.


+Gidromexanik, issiqlikva massa almashinuv jarayonlari.
-Gidromexanik
-Issiqlikva massa almashinuv jarayonlari
-Massa almashinuv va gidromexanik

?Bioreaktorlarni sterilizatsiyalash usullariga quyidagilar kiradi .........


+Ionlashgan nurlanish, kimyoviy reagentlarning ta’siri, ultratovush ta’siri, ultrabinafsha nurlanish
-Ionlashgan nurlanish, kimyoviy reagentlarningt a’siri
-Ultratovush ta’siri
-Ultrabinafsha nurlanish

?Uzluksiz fermentatsiya jarayonining davriy fermentatsiyaga nisbatan kamchiliklari:


+jarayonning davomiyligi 500 soatdan ortiq
-hujayralarni yig'ish uchun asbob-uskunalarga ehtiyoj yo'q
-biosintez jarayonlarining izchilligi
-hujayralarni yo'q qilish ehtiyoj yo'q

?Oqsilli mahsulotlarni olishda biotexnologik jarayon statsionar fazaga o'tishdan oldin to'xtatilishi kerak, chunki ................ sodir bo`ladi


+bu bosqichda proteazlar sintezi
-substratning asta-sekin pasayishi
-kerakli mahsulotdan oldingi mahsulotning miqdori ko'payishi
-substratning asta-sekin o'sishi
?Mikroorganizmlar kulturasining maksimal zichligiga erishish mumkin:
+davriy fermentatsiyada substrat qo'shilishi bilan
-davriy fermentatsiya bilan
-uzluksiz fermentatsiya bilan
-uzluksiz fermentatsiyada substrat qo'shilishi bilan

?Fermentyorlarda aralashtirishdan maqsad nima?


+Muhit hajmidagi moddalar konsentratsiyasining tenglashtirilishi
-Gaz-suyuqlik va suyuqlik Hujayra massa uzatish intensifikatsiyasi
-Termostatlanayotgan muhitga issiqlik uzatish intensifikatsiyasi
-Gaz pufaklari va suyuqlik tomchilarining disperslanishi

?Qanday preparatlarni sterillash uchun sovuq sterilizatsiya qo‘llaniladi?


+Oqsilli
-Suvli
-Uglevodli
-Yog`li

?Avtoklavda sterilizatsiya necha 0C haroratda olib boriladi?


+1200C
-800C
-700C
-500C

?Bakteriyalar va sporalarning o‘rtacha miqdori 1 m3 havoda nechaga teng bo‘ladi?


+1000 – 1500
-1500 – 2000
-500 – 1000
-5000 – 3000

?Hujayralarni katta miqdordagi kultural muhitdan ajratish uchun quyidagilardan qaysi biri qo`llanadi?


+membrana orqali filtrlash
-past tezlikda sentrafugalash
-termostatda inkubatsiya qilish
-yuqori tezlikda sentrafugalash

?Quyi molekulyar og`irlikdagi ikkilamchi metobolit


+penitsillin
-glyukozoizomeraza
-insulin
-askorbin kislotasi

?Alohida yuqori molekulyar og'irlikdagi mahsulot:


+glyukozoizomeraza
-penitsillin
-askorbin kislotasi
-insulin
?Gen muxandisligi preparatlarini ishlab chiqarish jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
+rekombinant DNK bilan mikrob hujayralarini yetishtirish va ajratish
-mikrob hujayrasi plazmidasiga inson genini kiritish
-zarur mahsulotlar biosintezini oshirish uchun bemorning genetik apparatini o'zgartirish
-kerakli mahsulotni sintez qilish uchun javobgar bo'lgan inson genini nusxalash

?Mutatsiyalar bu: ...


+DNKning ma'lum bir qismida birlamchi tuzilishidagi o'zgarish, bu oxir-oqibat biotexnologik jarayonlarda ishlatiladigan biologik ob'ekt fenotipining o'zgarishiga olib keladi
-yuqori ko'p hujayrali organizmlarning to'qimalari va hujayralarini ajratish va yetishtirishga asoslangan usul
-gibrid DNKni yaratish usuli
-rekombinant DNK hosil qilish usuli

?Biotexnologiyaning keng imkoniyatlarini namoyon qiluvchi moddalar: .............


+Biopreparatlar
-Bioapparatlar
-Biomassalar
-Biosintez

?Achitqilar tarkibida uglevodlar miqdori taxminan necha %?


+26%
-10%
-35%
-50%

?Qaysi mikroorganizmlar kislorodsiz yashay olmaydi?


+Oblikat aeroblar
-Oblikat anaerob
-Fakultativ mikroorganizmlar
-Anaerob mikroorganizmlar

?Asosiy biotexnologik mahsulotning eng yuqori rentabelligi ......................... kuzatiladi:


+davriy fermentatsiyada substrat qo'shilishi bilan
-davriy fermentatsiyada
-davriy fermentatsiyada minerallar qo'shilishi bilan
-uzluksiz fermentatsiya bilan

?Birlamchi metabolitlar (ko'p miqdorda) ........sintezlanadi:


+eksponentsial fazada
-lag- fazada
-tezlashtirilgan o'sish fazasida
-sekin o'sish fazasida

?Mikroorganizmlarning o'sishining asosiy bosqichlarining ketma-ketligi:


+Lag-faza, tezlanish faza, eksponentsial faza, sekinlashish faza, statsionar faza, o'lish fazasi
-statsionar faza, lag-fazasi, tezlanish fazasi, eksponentsial faza, o'lish fazasi
-lag-fazasi, statsionar faza, tezlanish fazasi, eksponentsial faza, o'lish fazasi
-tezlanish fazasi, statsionar faza, lag-fazasi, o'lish fazasi
?Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi ………… teng
+2 m
-2 sm
-1 mm
-2 mm

?Moddalar sitoplazmaga qanday kiradi?


+Endotsitoz
-Diffuziya
-Minotsitoz
-Ekzotsitoz

?Molekulyar biologiyaning asoschilari kim?


+Uotson va Krik
-M.Shleydan
-Svet
-F.Misher

?Yadro qobigi necha membranadan iborat?


+2 ta
-3 ta
-6 ta
-5 ta

?Nukleoplazma nima?


+Yadroning ichki bo‘shlig‘i
-DNK va RNK
-Yadro tarkibidagi modda
-Yadroning lotincha nomi

?Xromotografiya usuli qachon va kim tomonidan kashf etilgan?


+1906 y Svet
-1838 y M.Shleydan
-1849 y F.Misher
-1953 y Uotson va Krik

?Ajratib - to`ldirish fermentatsiya jarayoni:


+biosintez jarayonida oziqlantiruvchi muhitning katta qismlari doimiy ravishda fermentyordan olinadi va shu bilan birga unga bir xil miqdordagi ozuqaviy muhit qo'shiladi
-fermentatsiya tsiklining oxirida, kultivatsiya suyuqligini to'kib tashlaganida, u apparatda 10% atrofida qoldiriladi, so'ngra yangi oziqlantiruvchi muhitning 90% i kiritiladi
-biosintez jarayonida ozuqa muhitining kichik qismlari doimiy ravishda fermentatordan olinadi va shu bilan birga unga bir xil miqdordagi oziqa muhiti qo'shiladi
-oziqlantiruvchi muhitning barcha tarkibiy qismlari va payvandlash fermentatorga bir vaqtning o'zida yuklanadi, fermentatsiyaning to'liq aylanishi amalga oshiriladi va jarayon tugagandan so'ng sarflangan madaniy suyuqlikning butun hajmi yig'iladi

?Chuqur fermentatsiya:


+mikser yoki turbinani aralashtirish va bosim ostida havo o'tishi tufayli ozuqa muhitining butun hajmida produtsent-hujayralar bo`ladi
-embrionning ezilgan to'qimasini tripsin bilan ishlov berish orqali hujayra suspenziyasi olinadi
-bunday suspenziyadagi hujayralar tekis bo'lib, bo'linib, idish yuzasiga joylashadi
-mikser bilan aralashtirish va suvni ozuqa muhitining butun hajmi davomida bosim ostida o'tkazish tufayli produtsent-hujayralar

?Material oqimlarini tashkil etish printsipiga binoan biosintez jarayoni quyidagilarga bo'linadi.


+davriy, yarim davriy, uzluksiz, ajratib- to'ldirish, ko'p tsiklik
-yuza va chuqur
-davriy, yarim davriy va yuza
-uzluksiz, ajratib- to'ldirish va chuqur

?Mikroorganizm - biologik ob'ektlarning ko'payish tezligiga .................................... ko'proq ta'sir qiladi:


+substrat kontsentratsiyasini cheklash
-kultural muhit harorati
-atrof-muhitni shamollatish darajasi
-muhitning pH qiymati

?Oqsil mahsulotlarini olishda biotexnologik jarayonni ......................... o'tishdan oldin to'xtatish kerak:


+statsionar fazaga
-lag-faza bosqichiga
-eksponent fazaga
-sekinlashish bosqichiga

?Kallus to`qimaga berilgan to`g`ri ta’rifni belgilang?


+O`simlik organlari hujayralaridan tashkilotsiz proliferatsiya yo‘li orkali hosil bo‘lgan to‘qima
-Selektiv (tanlov) sharoit yordamida olingan mutant Hujayra va somaklonal variantlar yigindisidir
-Selektiv (tanlov) sharoit yordamida olingan mutant Hujayra va protoplastlar yigindisidir.
-Kallus to‘qima hujayralar yig‘indisi

?O‘simta (shish) to`qimalarini kulturasini o`stirishni to`g`ri belgilang.


+Har xil tabiatli va shish hosil bulishini chakiradigan patogenlardan xoli bulgan o`simlik usimtalarini uzoq segmentlarda ustirish
-Bir xil tabiatli va shish hosil bulishini chegaralaydigan o`simlik usimtalarini uzok segmentlarda ustirish
-Shtammdan seleksiya yoki klonlash oqibatida hosil bulgan markerli alomatlarga ega bulgan kulturalarni ustirish
-Shish hosil bo‘lmaydi va chegaralanmaydi

?DNK biosintezida ishtirok etuvchi fermentlar:


+DNK –polimeraza, DNK-ligaza, DNKga bog‘liq RNK polimeraza, replikaza
-DNK–polimeraza, DNK-ligaza, replikaza
-Restriktaza DNK polimeraza, replikaza
-DNK-polimeraza, dnkga bog‘liq RNK polimeraza
?Immobilizatsiya qilingan fermentlar qonuni qachon qabul qiligan va kim tomonidan tavsiya etilgan?
+Fermentlar muxandisligi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi umumjahon konferensiyasida (1971 yil) Xeniker tomonidan ilgari surilgan «Immobilizatsiya qilingan fermentlar» qonunga kiritildi
-Fermentlar muxandisligi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi umum jahon konferensiyasida (1972 yil) G.Shleyx tomonidan ilgari surilgan «Immobilizatsiya qilingan fermentlar» qonunga kiritildi
-Fermentlar muxandisligi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi umumjahon konferensiyasida (1975 yil) D.J.Pfanmyuller tomonidan ilgari surilgan «Immobilizatsiya qilingan fermentlar» qonunga kiritildi
-Fermentlar muxandisligi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi umumjahon konferensiyasida (1974 yil) D.J.Nilson tomonidan ilgari surilgan «Immobilizatsiya qilingan fermentlar» qonunga kiritildi

?Transpozonlar kim tomonidan kashf etilgan?


+Barbara Mak-klintok
-Polberg
-Frederik Senger
-Lui Paster

?Substratning vaqti-vaqti bilan qo'shilishi quyidagilarga olib keladi:


+eksponent fazani uzaytirish uchun
-lag-fazani uzaytirish uchun
-so'nish bosqichini uzaytirish uchun
-so'nish bosqichini qisqartirish

?Intron va ekzonlar .................da bo‘lmaydi


+bakteriyalar
-o‘simliklar
-hayvonlar
-achitqilar

?1 litr kultural suyuqlikda o’rtacha necha gramm quruq biomassa saqlanadi?


+5-10 gramm
-16-18 gramm
-10-15 gramm
-15-20 gramm

?pH ko‘rsatkichi fermentatsiya jarayonigacha necha bo‘lishi kerak?


+6,8-7,0
-6,9-7,0
-7,0-7,8
-7,0-7,9

?Mikroorganizmlarni o‘stirish va ilmiy-tadqiqot ishlari maqsadidan kelib chiqib, ozuqa muhitlarini necha guruhga bo‘linadi


+4ta
-2ta
-6ta
-8ta

?Oziqa muhitlarini tarkibiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?


+2 guruhga
-3 guruhga
-4 guruhga
-5 guruhga

?Oziqa muhitlarini tayyorlashda asosan nimalarni e’tiborga olish zarur?


+O‘stiriladigan mikroorganizmlar turini
-Sterillangan xolati
-Tayyorlanayotgan xonani
-Iste’mol talabini

?Hujayra DNKsining 99% i qayerda joylashgan?


+Yadroda
-Membranada
-Vakuolada
-Sitoplazmada

?Ribosomaning kichik bo‘lagi necha sub birlikda ifodalanadi?


+30 s
-50 s
-20 s
-16 s

?Genetik kod universalligi bu –


+Yerdagi barcha tirik mavjudotlar uchun yagona kodning mavjudligi
-Ikkita aminokislotaning aminoguruxlarning birikishi
-Ikkita aminokislotaning karboksil guruxlari birlashishi
-Bir organism aminokislotasining boshqa organism aminokislotasi bilan birikishi

?Buzoqlar oshqozonidan .............. ferment ajratiladi


-sichuj
-lyusiferaza
-atsetilxolinesteraza
-gialuronidaza

?Havoni tozalash uchun ishlatiladigan filtrlarni sterilizatsiya qilish usullari:


+issiq bug' bilan ishlov berish
-qizdirish
-past dozalarda radiatsiya bilan nurlatish
-ultra binavsha nur bilan sterilizatsiya qilish

?"Kultivatsiya qilish uchun oziqa muhiti" tushunchasiga quyidagilar kiradi:


+ozuqa muhiti tarkibiy qismlarining sifat va miqdoriy tarkibi va uning fizik-kimyoviy va fiziologik xususiyatlarini aks ettiruvchi parametrlar to'plami
-ozuqa muhiti tarkibiy qismlarining ma'lum bir sifat va miqdoriy tarkibi
-ozuqa muhitining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari
-ozuqa muhitining fiziologik ko'rsatkichlari

?Biofiltr nima?


+Oqava suvlarni biologik tozalovchi inshoat
-Biologik filtr
-Qattiq jismlarni tozalovchi inshoat
-Kimyoviy moddalarni tozalovchi inshoati

?Gen muhandisligida qo'llaniladigan restriktaza fermentlarining substratlari


+Nuklein kislotalar
-lipidlar
-Uglevodlar
-Oqsillar
Download 78 Kb.




Download 78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



?Oqsil denaturatsiyasi qanday jarayon? +Oqsil tabiiy xolatini yo‘qotishi

Download 78 Kb.