• Darsning maqsadi
  • Darsning rejasi Reja
  • Dars bosqichlari dars taqsimoti va
  • O`quv jarayonining mazmuni Metod
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari.
  • Yechish: Bu masalada qism massivlar soni SONni avval hisoblab olish kerak. Chunki undan dasturda foydalaniladi. Dasturi quyidagicha: Programm




    Download 1,49 Mb.
    bet174/225
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,49 Mb.
    #105226
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   225
    Bog'liq
    3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)

    Yechish:
    Bu masalada qism massivlar soni SONni avval hisoblab olish kerak. Chunki undan dasturda foydalaniladi. Dasturi quyidagicha:
    Programm Kvadrat_massiv;
    Uses Crt; Const nn=100; nm=10000; var a:Array[1..nn,1..nn] of Integer; b:Array[1..nm] of Integer; n,i,j,t,min:Integer; k,n1,m1:Integer; son:Integer; Myfile:Text;
    Procedure Kvadrat2; begin b[t]:=a[n1+1,m1+1]; For i:=n1+1 To n1+k Do
    begin
    For j:=m1+1 To m1+k Do If a[i,j]Then b[t]:=a[i,j]; end;
    Inc(t);
    If m1+kThen Begin Inc(m1); Kvadrat2; end; If n1+kThen Begin Inc(n1); m1:=0; Kvadrat2; end; end;
    BEGIN

    TextColor(14); TextBackground(1); ClrScr;
    Write('Massiv o‘lchamini kiriting: '); ReadLn(n);
    WriteLn('Massiv elementlarini kiriting‘);
    For i:=1 To n Do
    Begin
    For j:=1 To n Do
    Begin
    Write('A(',i,',',j,')='); ReadLn(a[i,j]); end; end; son:=0;
    For i:=1 To n Do son:=son+i*i;
    Assign(Myfile,'aa.txt');
    ReWrite(Myfile);
    WriteLn(Myfile,son); Close(Myfile); t:=0;
    For i:=1 To n Do
    Begin
    For j:=1 To n Do
    Begin
    Inc(t); b[t]:=a[i,j];
    end; end;
    Inc(t); b[t]:=a[1,1];
    For i:=1 To n Do
    Begin
    For j:=1 To n Do If a[i,j]Then b[t]:=a[i,j]; end;
    Inc(t);
    For k:=2 To n-1 Do Begin n1:=0; m1:=0; Kvadrat2; end;
    For i:=1 To son-1 Do
    Begin
    For j:=i+1 To son Do
    Begin
    If b[i]>b[j] Then Begin min:=b[j]; b[j]:=b[i]; b[i]:=min; end; end; end;
    Assign(Myfile,'Jad.txt');
    ReWrite(Myfile);
    For i:=1 To son Do WriteLn(Myfile,b[i]); Close(Myfile); End.
    20-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari (4 soat amaliy).

    Darsning maqsadi




    Tinglovchilarga Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari. Zamonaviy informatika xonasida boshqa fanlar bo’yicha darslarini o’tkazish haqida haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash, amaliy topshiriqlar berish va ularni baholash.

    Darsning rejasi




    Reja

    • Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari.

    • Multimediya ko`rgazma vositalaridan foydalanish metodi va samaralari.

    • Informatikaga oid yangi axborot texnologiyasi vositalari va ulardan foydalanish usullari, darslarga tatbiqi.


    Dars turi




    Seminar, aralash, bahs-munozara.

    Dars bosqichlari
    dars taqsimoti

    va

    1. Tashkiliy qism

    2. Yang mavzu bayoni

    III.Mavzuni mustahkamlash
    IV. Darsga yakun yasash





    O`quv jarayonining mazmuni

    Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
    Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
    Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
    Baholash: reyting tizimda.

    Uyga vazifa

    Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.

    Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari.
    Informatika o’qitish metodikasi fanini «Informatika» o’quv predmetini o’qitish uchun o’quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotini tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir qismi sifatida qarash mumkin.
    Informatika o’qitish metodikasi o’quv-metodik ta’minot uchun o’z oldiga quyidagilarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi: o’quvchilar uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalar yaratish; o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratish.
    O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar shu jumladan ularning elektron ko’rinishdagi variantlarini o’z ichiga oladi. O’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi me’yoriy hujjatlarni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan joriy qilingan uslubiy materiallar hamda me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
    O’quv-metodik ta’minotning zamonaviy tashkil etuvchilaridan biri elektron o’quv– metodik materiallardir. Elektron o’quv-metodik materiallarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

    • elektron ma’lumotnomalar;

    • elektron o’quv qo’llanmalar;

    • elektron darsliklar;

    • elektron entsiklopediyalar va boshqalar.

    Informatika o’qitish metodikasida dasturiy ta’minot sohasida quyidagilarni amalga oshiradi: yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, muayyan dasturiy muhsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab berish kabilar.
    Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy dasturlari va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o’rganishga yordam beradigan pedagogik dasturlar majmuasidan tashkil topadi.
    Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

    • klaviatura trenajyori;

    • dasturlash tillari;

    • Ofis dasturlari;

    • Matn muharrirlari;

    • Elektron jadvallar;

    • Grafik muharrirlar;

    • Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari;

    • Tarmoqlar bilan ishlashga mo’ljallangan dasturlar va boshqalar.

    Pedagogik dasturiy vositalarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

    • o’quv-o’yin dasturlari;

    • o’rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar;

    • test dasturlari;

    • elektron o’quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar;

    • ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar.

    Informatika o’qitish metodikasi tashkiliy ta’minot sohasida pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida samarali qo’llash masalalarini hal etadi. Informatika o’qitish metodikasi texnik ta’minot sohasida quyidagi masalalarni hal etadi:

    • o’quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash;

    • kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash.

    Informatika fani tez rivojlanib borayotgan fan hisoblanadi. Keyingi o’n yil ichida informatikaga juda ko’p yangi tushunchalar kiritildi, yangi nazariyalar paydo bo’ldi, yangi kompyuterlar va ularning qurilmalari yaratildi. SHuning uchun o’quv kursining mazmuni va tuzilishi doimo yangilab turilishi lozim.
    Informatikaning rivojlanish tarixi va asosiy g’oyasining shakllanish jarayonlarini o’rganish uchun tarixiy materiallardan foydalanish lozim. SHunda informatika fani o’quvchilar ko’z oldida qotib qolgan va shakllanib bo’lgan fan sifatida emas, balki rivojlanishda, ijodiy yaratuvchanlik jarayonida namoyon bo’ladi.
    Informatika fanidan ta’lim berishda uning boshqa fanlardan farqli tomonlaridan biri dars jarayoni ko’proq ko’rgazmali va amaliy ko’rinishlarda olib borilishidir. Dars jarayonida quyidagi asosiy qoidalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

    • Informatika kursidagi turli mavzularning o’zaro aloqalarini ko’rsatuvchi sxemalar, plakatlar, klasterlardan foydalanish;

    • O’zlashtirilgan mavzularni takrorlash va takomillashtirish;

    • Oldingi o’tilgan materiallarni batafsil takrorlash;

    • Yangi materiallarni tushuntirishda u bilan oddiy, sodda va tabiiy aloqada bo’ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarni qo’shmaslik;

    • O’quvchilarning o’z fikrini bayon qilish usuli va shakllarini doimo kuzatib borish;  Har bir bo’lim so’ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi darslarni o’tkazish. Dars jarayonida ko’gazmali vositalarni namoyish qilishda hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan videoproektor qurilmasidan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Videoproektor yordamida kompyuter ekranidagi tasvirlarni katta ekranga proektsiyalash iishlarini amalga oshirish mumkin.

    Informatika fanidan dars jarayoni o’quv muassasalarining kompyuter sinflarida olib boriladi.
    Kompyuter sinfining ish faoliyatini kabinet mudiri olib boradi. Kompyuter sinfida oliy ma’lumotli, amaliy matematika, muxandis-dasturchi, matematika va informatika mutaxassisligiga ega bo’lgan xodimlar yoki oliy ma’lumotli har qanday mutaxassislar, o’rta maxsus va tugallanmagan oliy ma’lumotli mutaxassislar faqat «Kompyuter operatori» sertifikatiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar kabinet mudiri bo’lib ishlashlari mumkin. Kompyuter sinfida quyidagi ko’rgazmali vositalar bo’lishi lozim:

    • Texnika xavfsizligi qoidalari;

    • Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi;  Kompyuterda ishni yakunlash tartibi;

    • Kompyuter qurilmalari haqida ma’lumotlar;

    • Ko’p muloqot qilinadigan dasturlarning ishchi oynasi ko’rinishlari.


    Download 1,49 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   225




    Download 1,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yechish: Bu masalada qism massivlar soni SONni avval hisoblab olish kerak. Chunki undan dasturda foydalaniladi. Dasturi quyidagicha: Programm

    Download 1,49 Mb.