|
Multimediya ko`rgazma vositalaridan foydalanish metodi va samaralari
|
bet | 176/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Multimediya ko`rgazma vositalaridan foydalanish metodi va samaralari.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlaridagi asosiy vazifasi xar-tomonlama sifatli ta’lim-tarbiya berish, umumiy pedagogik, turli shakl, usul, vosita, uslubga tayangan holda o’quvchini fanga qiziqishini kuchaytirish, mustaqil fikrlash faolligini oshirish, kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida axborot oqimidan oqilona foydalana olish ko’nikmasini hosil qilishdan iboratdir.
SHuningdek, informatika fanini o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish, dasturiv vositalarni ishlash jarayonlarini tasavvur qilishda o’quvchining ijodiy qobiliyati va fanga bo’lgan qiziqishini oshirishda, mavzularni o’zlashtirishida muhim ahamiyatga egadir. SHunday usullardan biri pedagogika fanida o’ziga xos yo’nalishda shakllanib borayotgan – medaiata’limdir.
Mediata’lim-o’quvchilarga berilmoqchi bo’lgan dars, bilim, ma’lumotning tez, tushunarli va yodda qolarli bo’lishini ta’minlovchi ta’lim usuli bo’lib, bunda o’quvchi o’qituvchining mavzuni gapirib berganidan ko’ra, ko’rgazmali qilib ko’rsatib berganidan ko’proq ta’sirlanadi va mavzuga oid ma’lumotlarni xotirasida ko’proq olib qolish bilan birga, fanga bo’lgan qiziqishi yanada ortadi.
Mediata’limdan foydalanishning bir necha turlari mavjud bo’lib, dars jarayonida quyidagi usuldan foydalanish mumkin:
Darsni mul’timedia asosida loyihalash. Bu quyidagi usullarda amalga oshiriladi;
dars jarayonida mavzuni to’liq qamrab oluvchi multimedia dars ishlanmalari.
mavzuni o’tish jarayonida qisman foydalanishga mo’ljallangan mul’timedia dars
ishlanmlari.
Mavzuni to’liq qamrab oluvchi multimedia dars ishlanmasini tayyorlashda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
-darsni tashkillashtirish, maqsadni tushuntirish; bunda yangi atama va tushunchalar, fizik kattaliklar, hodisalar bilan yaqindan tanishtirish, hodisani yuzaga kelish sabablarini o’rgatish xaqidagi fikrlarga mos ravishda monitorda ovozli tasvir yoki film tarzida namoyish qilib boriladi.
-Mul’timedia namoyishi darsning asosiy qismi bo’lib, o’qituvchining an’anaviy maruzasi o’rnini egallaydi, bunda o’qituvchi o’quvchining joriy psixologik holatini, ma’lumotlarni multimedia vositasidan qabul qilish darajasini nazorat qilib boradi.
|
| |