Tibbiyot institutlari qoshidagi




Download 1.52 Mb.
bet29/66
Sana10.04.2017
Hajmi1.52 Mb.
#3730
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66

VIRUSLI GEPATITLAR

Virusli gepatitlar - turli viruslar tomonidan ko'zg'otilib, organizmning umumiy intoksikatsiyasi, asosan jigar jaroxatlanishi va ko'pincha og'riqlik paydo bo'lishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar. Qadimdan mahalliy xalq uni "sariq kasalligi" deb ataydi. Ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida uni "tiqilmalardan bo'lgan sariq kasalligi" deb atagan va belgalarini bayon qilgan. Yuqumli sariq kasalligni o'rganishda rus olimi S.P.Botkinning xizmatlari katta, shuni inobatga olib, yaqin yillargacha bu kasallik "Botkin kasalliga" deb xam nomlanib kelgan. Keyingi yillarda virusologiya fani taraqqiyoti tufayli "yuqumli gepatitlar" ning sababchisi viruslar ekani tasdiqlandi.

Etiologiyasi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlarning 7 ta qo'zg'atuvchisi aniqlangan. Ular lotincha xarflar bilan A, V, S, O, YE. R, S deb nomlanadi. Shulardan 5 tasi, A, V, S, O, YE gepatilarining viruslari yaxshi o'rganilgan. Gepatit viruslari bir-biridan antigen tuzilishi va biologak hususiyatlariga qarab farq qiladi. Ularni faqat elektron mikroskopda ko'rish mumkin.

A gepatitning virusi. Bu virus dastlab immunelektron mikroskopiya vositasida A gepatiti bilan og'rigan bemorning najasida kasallikning o'tkir davrida topilgan. Virusning diametri 27 NM (nanna metr mikronning millisidan bir ulushi). Virus kasallikning asosiy alomati - sarg'ayish paydo bo'lishidan oldin, bemor qonida va najasida bo'ladi. Sarg'ayish paydo bo'lganidan 8 kun o'tgach virusniig najas bilan ajralishi to'xtaydi, deb xisoblanadi. Lekin, O'zbekistonlik olimlarning olgan natijalariga ko'ra sariqlikning 15-kunigacha xam virus ajralib turishi mumkin. Ba'zi olimlarning fikricha, A gepatiti virusining bir-biridan kimyoviy va biofizik xususiyatlari bo'yicha farq qiladigan 3 xil shtammi bor.

Bemor organizmida kasallikning o'tkir davridayoq A virusiga qarshi IgM antitelolari paydo bo'ladi. Ular 3 oydan so'ng yo'qolib ketadi va o'rniga IgG antitelolari paydo bo'ladi. Ular uzoq yillar saqlanadi va bemor A gepatitini boshidan kechirgani darakchisi hisoblanadi.

A gepatiti virusi to'qima kulturasida o'smaydi. Virusni sun'iy ravishda faqat shimpanze va marmozet maymunlariga yuqtirish mumkin. Virusga kislotali muhit deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Muzlatganda yaxshi saqlanadi. 56°S da isitilganda 30 daqiqagacha o'lmaydi. 1000S da qaynatilganida bir minutda nobud bo'ladi. Avtoklavda 121°S 60 minutda faoliyati yo'qoladi.

V gepatitning (VG) virusi. Bu virusning 3 ta antigeni borligi ma'lum. Dastlab yuzaki — NVSAg. Amerikada avstraliyalik muxojir qonida topalgan. Shu sababli uni ma'lum vaqtgacha Avstraliya antigeni deb atalgan. Hatto ''Avstraliya antigeni" qonda topilishi, zardob (V) gepatitining tashxisini tasdiqlovchi omil deb xisoblangan. Keyinchalik V gepatiti virusining o'zak (soR-yadro, o'zak) antigeni NVsAg va yana ye — antigeni — NVeAg borligi kashf etildi. Shu davrdan boshlab "avstraliya antigeni" iborasi "V" gepatiti virusining yuzaki anigeni — "NVsAg" nomi bilan almashtirildi.

NVsAg virus yuzasida diametri 42 NM parda yoki alohida, diametri 18-22 NM qavariq bo'lakcha holida uchraydi. Odamda uzoq vaqt NVsAg tashuvchilik holati bo'lishi mumkin.

NVsAg - o'zak antigen va yuzaki antigen oraligada joylashgan. Uning bemor qonida topilishi, kasallikni boshqalarga yuqtirish extimoli yuqoriligi va oqibati yaxshi bo'lmasligidan darak berada.

V gepatitining virusi 100°S da 10 minut qizdirilganidagina nobud bo'ladi. 1% xlorli vositalar bir soatdan so'nggina shunday ta'sir ko'rsatadi.

DG - delta gepatiti virusi mustaqil ravishda kasallsh qo'zg'atmaydi. U faqat NVsAg bor qon zardobida rivojlana oladi. DG virusi bemor organizmiga VG virusi bilan bir vaqtda yoki VG kasalligi boshlanganidan so'ng tushishi mumkin. Shuningdek, DG virusi NVsAg tashuvchilarga ham yuqishi mumkin.

SG — S gepatitmiya ilgari "parenteral" yo'l bilan yuqadigan, "A ham, V ham bo'lmagan gepatit" deb atalar edi. Keyingi yillardagi tekshirishlar asosada u mustaqil S gepatiti deb ataladigan bo'ldi. Uning virusi odamga faqat parenteral yo'l bilan — asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish vositasida yuqadi.

YEG — YE gepatiti virusi AG qo'zg'atuvchisiga o'xshab fekalorad mexanizm vositasida tarqalsa ham o'z tuzilishiga ko'ra, tez va keng tarqalishga moyilligi bilan AG virusidan farqlanadi.

Epidemiologiyasi. Virusli gepatitlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida uchraydi. Rivojlangan davlatlarda asosan parentral yo'l bilan tarqaladigan V, S, O gepatitlari qayd qilinadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qityalarida joylashgan mamlakatdarda A va YE gepatitlari ko'p uchraydi. Umuman olganda, virusli gepatitlar soni butun jahonda yildan-yilga ko'payib bormoqda.

O'zbekistonda A gepatiti keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Uning o'ziga xos xususiyatlari ko'yidagilardan iborat. Kasallik barcha viloyatlarda deyarli bir xil ko'rsatkichlarda qayd atiladi. Har 6-8 yilda kasallikning sezilarli darajada ko'tarilib avj olishi kuzatiladi. A gepatigga uchun mavsumiylik xos. Bemorlar soni avgust oylaridan boshlab ko'tarila boradi va dekabr oylarida avjiga chiqadi. Keyin kasallanish kamaya boshlaydi va may oyiga kelib, eng kam ko'rsatkich kuzatiladi. Demak, yurtimizda A gepatiti Uchun kuzgi-qishki va qishki-bahorgi mavsumiylik xos. Kasallik ko'pincha 2-3 yosh bolalar orasida ko'payadi. Yoshi jihatidan eng ko'p kasallanadiganlar 2-7 yoshdagilar hisoblanadi. Maktab yoshidagilar ularga nisbatan kamroq kasallanadi. Katta yoshdagi odamlar orasida A gepatiti juda kam uchraydi.

YE gepatiti ham kuz-qish oylarida qayd qilinadi. U ko'pincha suv vositasida tarqlada. Shu suv manbaidan foydalanadigan kattayu-kichik ma'lum bir vaqt oralig'ida baravar kasallanadi.

V gepatiti uchun mavsumiylik xos emas. U yilning barcha fasllarida deyarli bir hil ko'rsatkichlarda qayd etiladi. Bu kasallik asosan bir yoshgacha bo'lgan bolalar orasida va katta yoshdagilarda uchraydi.

S gepagati asosan turli kasalliklar sababli ko'p qon kuyilgan bemorlarda qayd qilinadi. Katta jarrohlik operatsiyalari vaqtida ko'p qon qo'yilgan, surunkali buyrak yetishmovchiliga, gemofiliya kabi kasalliklari vajidan ko'p qon va plazma olgan bemorlarda S gapatiti aksariyat uchrab turadi.

Barcha virusli gepatitlarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Kasallikni yuqtirishda ayniqsa xastalik yengil, sariq paydo bo'lmay, subklinik va atipik shaklda kechayotgan bemorlarning roli katta. Bemor atrofida virus tashuvchilar ham bo'lishi mumkin. Ayrim olimlarning fikricha, kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo'lgan har bir bemor atrofida 3-5 ta kasallik yashirii kechayotgan odamlar yoki Virus tashuvchilar bo'lishi mumkin. Ular ayniqsa bolalar yaslisi, botchasi va ko'p bolali xonadonlarda gepatit viruslarini atrofidagilarga tez tarqatadilar. Kasallikning yashrin davri oxiri va boshlanishi kunlarida virus bemor organizmidan judaa ko'plab ajraladi. Virusli gepatitlarning surunkali turi bilan og'rigan bemorlarning ham ayniqsa kasallik zo'raygan vaqtda, epidemiodogik ahamiyati katta.

A za YE gepatitlari fekal -oral mexanizmi vositasida yuqadi. Virus sog'lom kishi ortanizmiga og'iz orqali to'lib najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Oziq-ovqat maxsulotlari va suv muhim tarqatuvchi omil hisoblanadi. Aholi oqar suvdan foydalanadigan joylarida ba'zan virus bilan zararlangan suvni iste'mol qilish oqibatida avj olishlar kelib chiqadi. Kasallik, shuningdek, oila, yasli, bog'chalarda maishiy muloqot yo'li bilan turli o'yinchoq va anjomlar vositasida ham yuqib qolishi mumkin. Bu hol ayniqsa bolalar zich bo'lgan muassasalarda va sanitariya madaniyati past bo'lgan hollarda ko'p uchraydi.

V, S, O gepatitlari asosan parenteral yo'l bilan tarqaladi. Bu kasalliklarda virus qonda bo'lgani tufayli u sog'lom odamga turli tibbiy muolajalar vaqtida shpris, tish shifokori, jarrohlik yoki ginekologik anjomlar vositasida yuqib qoladi.

Keyingi yillarda V gapatiti viruslari so'lak, ko'z yoshlari, sperma, ayollar jinsiy a'zolari suyuqligida ham barligi isbotlandi. Shuni nazarda tutsak, V gepatiti oilada bevosita muloqot vositasida va jinsiy yo'l bilan ham tarqalishi mumkinliga tasdiqlanadi.

S gepatiti odamga asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish oqibatida kelib chiqadi. Donorlar, ayniqsa, plazmodonorlar orasida, gemodializ markazlarida davolanuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar orasida S gepatiti virusini tashuvchilar borligi aniqlangan.

Kasallikdan so'ng huddi shu virusga nisbatan turg'un immunitet hosil bo'ladi. Aynan shu virusli gepatit bilan qaytadan og'rish hollari deyarli kuzatilmaydi. Lekin, A gepatiti bilan ilgari og'rigan odam keyinchalik V, S, O va YE gepatitlari bilan ham kasallanishi mumkin.

Klinikasi. Virusli gepatilarning umumiy klinik belgilari asosan virusning jigar to'qimasiga tanlab tasir etishi va bu muhim organning jarohatlanishi bilan bog'liq. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan bog'liq alomatlar: darmonsizlik ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil aynishi va teri sarg'ayishi deyarli barcha virusli gepatitlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda kasallikning har bir turiga hos bo'lgan klinik alomatlarga asoslanib virusli gepatitlarni bir-biridan farqlash imkonini beradi.

A virusli geptitda kasallikning yashirin davri 2 haftadan 6 xaftagacha. Kasallik asosan maktab yoshngacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Uning ketishi shartli ravishda bir necha davrga bo'linada: dastlabki prodroma yoki sarg'ayishdan oldingi davr, sarg'ayish davri va tuzalish davri.

Prodroma davri 7-10 kun davom atishi mumkin. U asosan asta-sekin paydo bo'ladigan alomatlar bilan kechadi. Bola injiq bo'lib qoladi, ishtahasi yo'qoladi. O'yinqaroqlik yo'qoladi, yotgisi kelaveradi. Ayrim hollarda tumov alomatlari burun bitib qolishi, yo'tal, tomoq og'rishi, ko'z yoshlanishi kabi alomatlar kuzatiladi. Ba'zan tana harorati 2-3 kun 38-38,5°S gacha ko'tariladi. Ba'zi bemorlarda ko'ngil aynishi, to'sh ostida og'irlik yoki kuchli bo'lmagan og'riq seziladi. Qorinni paypaslab ko'rilganida jigar biroz kattadashgan bo'lib, paypaslaganda og'rishi mumkin. Bu davrning oxirlariga kelib siydik ranga to'q sarida aylanadi najas, aksincha, oqishroq rangda bo'ladi.

Xuddi shu davrda bemor najasi va siydik bilan virus Tashqariga ko'plab ajarala boshlaydi. Shuning uchun xastalikning aynan shu davrida aniqlab bemorni alohida yotqizish zarur.

Teri sarg'aya boshlashi kasallik avj olish davri boshlanganidan darak beradi. Sariqlik dastlab ko'z oqi va tanglayda paydo bo'ladi. So'ngra teri sarg'aya boshlaydi. Sarg'ayish kun sayin orta boradi. U avjiga chiqqan davrda teri limon rangada, bug'doyrang odamlarda teri hatto zarg'aldoq rangini eslatishi mumkin. Ba'zan teri qichiydi. Avj olish davrida umumiy intoksikatsiya alomatlari avjiga chiqadi. Darmonsizlik kuchayadi. Ayrim bemorlarda qusish kuzatiladi. Qorinning yuqori qismida og'riq bezovta qiladi. Jigar kattalashgan bo'ladi. Ba'zan taloq ham kattalashadi. Najas oq raki bo'lib qoladi. Siydik rangi achchiq, damlangan choyni eslatada. Bu davr ko'pincha 1-2 haftadan ortiq davom etmaydi.

Sarg'ayish kamaya boshlab, bemor o'zini durustroq his qila boshlaganidan tuzalish davri boshlanadi. Ko'p hollarda bir hafta ichida teridagi sariq rang kamaya borib, butunlay yo'qoladi. Unga mutanosib ravishda bemorda asta-sekin quvvat paydo bo'ladi, ishtahasi yaxishlanadi. Shu davrda ko'pchilik bemorlarda kattalashgan jigar va taloq ham o'z holiga qaytadi. Umuman olganda, A gepatnti ko'p hollarda yengil o'tib, asoratlar qoldirmaydi. Surunkali turi uchramaydi.

Ba'zi bemorlarda kasallik g'oyat yengil o'tadi. A gepatitning sariqsiz, subklinik turda kechadigan hollari shunday kechada. Bunday bemorlarda odatda shikoyat bo'lmaydi. Teri va shilliq qavatlarda sariq paydo bo'lmaydi yoki sinchkovlik bilan tekshirilganda seroz sarg'aygani aniqlanishi mumkin. Odatda, bunday bemorlar shifokorga murojaat qilmaydilar. Lekin infeksiya manbai sifatida ular kasallik tez tarqalishiga sababchi bo'ladilar. Shu toifa bemorlar, ko'pincha, kasallik yaqqol namoyon bo'lgan bemor atrofidagilarni tekshirib ko'rish vositasida aniqlanadi. Avvalo, ular qornini paypaslab ko'rganda ko'p hollarda jigari kattalashgani aniqlanadi. Bemordan qon olib, gepatit uchun xos fermentlarga tekshirib ko'rilganida, ularning miqdori ortib ketgani ma'lum bo'ladi, Bunday bemorlarni ham albatta alohidalash lozim.



Download 1.52 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Download 1.52 Mb.