TIBBIYOT INSTITUTLARI QOSHIDAGI
OLII MALAKALI HAMSHIRALAR KURSI UCHUN
O'QUV ADABIYOTI
M.D.AHMEDOVA, X.A.ABDUQODIROV,
SH.SH.SHOVAHOBOV, M.T.KARIMOVA, S.T.INOMOVA
YUQUMLI KASALLIKLAR VA BEMORLAR PARVARISHI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TIBBIYOT INSTITUTLARI QOSHIDAGI OLIY MALAKALI HAMSHIRALAR KURSI UCHUN DARSLIK SIFATIDA TASDIQLANGAN
Toshkent
Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti
2002
M.D.Axmedova, X.A.Abduqodirov, SH.SH.Shovahobov, M.T.Karimova, S.T.Inomova
YUQUMLI KASALLIKLAR VA BEMORLAR PARVARISHI
Taqrizchilar:
A.X.Zokirhujayev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, professor.
E.I.Musaboyev, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti, yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, professor.
Ushbu darslikda yuqumli kasallikdarning tarqalish yo'llari, klinik manzarasi, tashhisi hamda bemorlarni davolash va parvarishlashda oliy malakali xamshiralarning vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.
ISV №5-638-02240-6 S Abu Ali ibn Sino
nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002.
SHARTLI QISQARTMALAR
AG - A gepatiti
ALT- alaninaminotransferaza
VG - V gepatiti
DG - delta gepatit
DSEND - Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati deshrtamenti
YEG - YE gepatit
JSST - Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti
IFA - immun ferment analiz
KBR - komplementni bog'lash reaksiyasi
MSB - markazlashgan sterilizatsiya bo'limi
OITS - orttirilgan immunitit tanqisligi sindromi
OISV - odamda immunodefitsitga sababchi virus
ORP - otadan suyuqlik ichirib davolash (oral regidratatsiya) punkti
PGAR - passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi
PTI - protrombin indeksi
RIA - radioimmun analiz
ROPGA - teskari passiv gemagglkuginatsiya reaksiyasi
SG - S gepatiti
SNP - sanitariya nazorat punkti
SSV - sog'lirsh saqlash vazirligi
SENM - sanitariya-epidemiologiya nazorati markash
TV - tahsir birligi
FAP - feldsher-akusherlik punkti
XB - xalqaro birlik
UJE - o'tkir jigar ensefalopatiyasi
KSHA - qishloq shifokorlari ambulatoriyasi
ECHT - eritrotsitlarning cho'kish tezlign
EKFK - Epidemiyaga qarshi favqulodda komissiya
g - gramm
nm - nanometr (metrning million bir ulashi)
t/o - tomir orqali
MUQADDIMA
Inson tug'ilganidan to umrining oxirigacha tashqi muxitning turli omillarigi duch keladi. Ana shunday omillardan biri mikrodunyo deb atalmish ko'pdan-ko'p turlari, ko'z ilg'amas mikroblar olamidir. Mikroblarning ayrim turlari inson tanasiga tushganida, bu xolatga befarq qarab turmaydi. Boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq, mikroblar ta'siri natijasida kelib chikqan xastalik bemordak atrofdaga sog'lom odamlarga ham tarqalishi mumkin. Shu bois bu xastaliklar yuqumli kasalliklar deb ataladi. Yer kurrasida uchraydigan yuqumli kasalliklar g'oyat ko'p bo'lib, ularni turli mikroblar qo'zg'atadi.
Yuqumli kasalliklarnshg insoniyat orasida kelib chiqishi, tarqalishi va tugatilishining o'ziga xos qonuniyatlari mavjud. Kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha, yuqumli kasaliklar butunlay yo'l bo'lib ketishi yaqin yillar ichida kuzatilmaydi. Zeroki, ba'zi kasalliklar tugatilayotgan bo'lsa, o'rniga yangilari kelib chiqadi. Shu sababli yuqumli xastaliklar uzoq yillardan beri tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi 3 ta yo'nalishi ona va bola salomatligini muxofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ekologiya masalalarini o'zining ustivor vazifalaridan deb belgiladi.
E'tiboringazga havola etilayotgan ushbu darslik yuqumli kasalliklarning respublikamiz sharoitida tutgan mavqyei, namoyon bo'lishi, tarqalish yo'llari, ularni davolash, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish borasada o'rta maxsus ta'lim bosqichidagi talabalarga bilim beradi.
I. UMUMIY QISM
Yuqumli kasallik xaqida tushuncha va uning kelib chiqish tarixi yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamonlardan beri ma'lum. Ko'pgina yuqumli xastaliklar qadimda g'oyat keng tarqalgan, og'ir kechgan va minglab odamlarning yostig'ini quritgan. O'sha davrdayoq olimlar vabo, chinchechak, o'lat kabi ko'p uchraydigan kasalliklar yuqumli ekanini ta'kidlab, ularning tirik qo'zg'atuvchilari bo'lishi mumkinligani gumon qilganlar. Buqrot ularni "miazma" lar deb atagan. Xatto kasallikdan saqlanishning oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.
Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining "Tib qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi" deb ko'rsatadi. "Bular, deb yozadi u moxov, zo'gar, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir".
Undan besh asr keyingina italiyalik shifokor D Frakostoro (1483-1553) "Kontagiyalar va kontagaoe kasalliklar" deb nomlangan kitobida yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilarini tirik mavjudotlar "kontagiyalar" deb atagan.
O'sha davrdagi fan va texnika taraqqiyoti aloxida yuqumli kasallikning qo'zg'atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu boisdan yana bir necha asrgacha bu kasalliklar mavsum bo'lib qolavergan.
XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy van Levengukning mikroskopni kashf etishi mikroblar dunyosini o'rgamishda olamshumul axamiyatga ega bo'ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin xam ayrim mikroblar ma'lum yuqumli kasallik qo'zg'atuvchini (patogen) ekani isbotlangucha 2 asr muddat o'tdi. Shu davrda xam qo'pgina yuqumli kasalliklar aloxida nomga ega bo'lmay, umumlashtirgan xolda "isitma kasalliklari" yoki bezgak deb atalardi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikroblarining u yoki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi ekanligi isbotlana boshlandi. 1875 yilda amebiaz kasalligi qo'zg'atuvchilari, 1880 yilda esa bezgak va ich terlama, 1898 yilda leyshmanioz kasalligi qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Keyinroq sil, qaytalami tif, quturish kasalligi qo'zg'atuvchilari xam ma'lum bo'ldi. Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster (1822-1895). nemiye olimi Robert Kox (1843-1910), rus olimlari I.I.Mechnikov (1845-1916), D.I.Ivanovskiy (1864-1920), N.F.Gamaleya (1859-1949), P.F.Borovskiy (1863-1932) va boshqalar salmoqli xissa qo'shdilar.
XX asrda ko'pgana rikketsioz va virusli kasalliklarning qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Bu borada L.AZilber, M.P. Chumakov, A.K.Shubladze va V.D.Solovyev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi.
Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining aniqlanishi, xar bir kasallikning kelib chiqishi, tarqalish xususiyatlari, patogenezi, klinikasi va profilaktikasini osonlashgirdi. Shuningdek, bu kasalliklarda immunitet jarayonini o'rganish uchun xam imkoniyat yaratimi. Bu soxada erishilgan yutuqlar natijasida birinchidan, etiologik diagaostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo bo'ladigan maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika usullari ishlab chiqildi. Ikkinchidai, immunitet qонуниятлари asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardob va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm kasalliklarini davolashda xanuzgacha ularga qarshi антитоксик zardob ko'llanib kelmoqda. Bolalarni ko'pgina yuqumli kasalliklardan saqlash maqsadida maxsus taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomiyelit (shol), difteriya, ko'k yo'tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. V gepatitiga qarshi vaksina xam qo'llanmoqda.
Yuqumli kasalliklarni davolash soxasida erishilgan yutuqlar antibiotiklar qo'llanishi bilan bevosita bog'liq, 1941 nima dastlabki antibiotik - penitsillin kashf etilgan bo'lsa, hozirgi kunda davolash jarayonida o'nlab antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish natijasida yuqumli kasalliklar soni ham, ulim hodisalari xam muttasil kamayib bormoqda. Ikkinchidan, ayatibiotiklar qo'llanganida organizm mikroblardan tez forig' bulib, bakteriya tashuvchilik holati rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi sog'lom odamlarga kasallik yuqish extimoli sezilarli darajada pasayadi.
O'zbekisistonlik olimlar xam yuqumli kasalliklarni ilmiy o'rganish borasida katta tajribaga ega. Asrimiz boshlarida Turkistonda yuqumli kasalliklarni o'rganish shu o'lkada yashagan rus olimlari P.F.Borovskiy (teri leyshmaniozi qo'zg'atuvchisini topgan), A.D.Grekov, N.I.Xodukin, L.M.Isayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, 1940 yillarga kelib, maxalliy xalq orasidan yetishib chiqqan olimlar amaliy tibbiyot soxasida katta ilmiy izlanishlar olib bordilar. Dastlabki vaqtlarda M-S.Sofiyev, S.N.Bobojonov, AB.Inogomovlarning ilmiy ishlari asosan o'sha davrda keng tarqalgan parazitar kasalliklarga bag'ishlangan edi.
Yuqumli касалликлар bo'yicha bevosiga ish иш olib borgan va ko'plab ilmiy xodimlar tayyorlagan olimlardan I.K.Musaboyev, T.X.Najmitdinov, V.M.Majidovlarni qo'rsatib o'tish lozim. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muhbir a'zosi, professor I.K.Musaboyev boshchiligida tif.paratif kasalliklari, ichburug', vabo, virusli gepatitlar, difteriyaning patogeiyezini o'rganish va davolash usullarini takomillashtirishda katta ilmiy ishlar baja bajarilmoqda. Taniqli bu olim rahbarligida 120 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan.
Bolalarda ko'p uchraydigan yuqumli kasalliklarni o'rganishida professorlardan X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, T.O.Daminov, SH.N.Nazarovlar boshliq ilmiy jamoalar keng ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Brutsellez xastaligini o'rganishda professorlar SH.X.Xo'jayev, V.M.Majidov, K.J.Jalilovlarning xizmati katta.
O'zbekiston Fanlar akademiyasining xamda Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi A.O.Obidovning mikrobiologiya va immunologiya soxasidagi, professor-virusolog S.S.Maxsumovning virusologiyaga oid ilmiy ishlari katga axamiyatga ega bo'ldi.
Yuqumli kasalliklarni kamaytirishda o'rta tibbiyot xodimlarining o'rni. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish barcha tibbiyot xodimlarining vazifasi saqlanadi. Chunki kasallik tarqalmasligi uchun uni o'z vaqtida aniqlab, bemorni aloxidalash lozim. Shunga ko'ra barcha tibbiyot xodimlari bu kasallikning asosiy belgilari, ayniqa dastlabki alomatlarini yaxshi bilishlari shart. O'rta tibbiyot xodimlari feldsher-akusherlik punktlari (FAP) da, poliklinika va qishloq shifokorlari qabulga kelgan har bir bemorda "yuqumli kasalligi yo'qmikan", degan taxminni yodda tutib ishlashlari kerak. Bunday kasallikka biroz gumon bo'lganda xam, darhol bemorni aloxidalash zarur. Nima sababdan bemorga nisbatan shunday chora kurilayoganini uning o'ziga yoki (bola kasal bo'lgan xrlda) onasiga tushuntirish lozim. Ba'zi yuqumli kasalliklarda bemorni albatta maxsus shifoxonaga yotqizib davolash talab etiladi.
Bunday xolda o'rta tibbiyot xodimi, yuqumli kasalliklarni tashishga ixtisoslashgan transport (epidperevozka) ga telefon orqali talabnoma beradi. Shuningdek, bemor bilan yaqin muloqotda bo'lganlar ro'yxati olinadi. Ular ustidan ma'lum muddatda kuzatuv olib boriladi, ba'zan laboratoriyada tekshiruvlar o'tkaziladi.
O'rta tibbiyot xodimi o'ziki ham kasallik yuqib qolishidan muxofaza qilishi lozim. Yuqumli kasalliklar bilan muttasil ishlaydigan tibbiyot xodimlari rejali ravishda ayrim kasalliklar (masalan, ich terlama, difteriya) ga qarshi emlanib turishi xam profilaktika maqsadida o'tkaziladi. Bemorni yoki u bilan muloqotda bo'lganlarni (laboratoriya tekshiruvlarida) teshirganda extiyog bo'lish, o'z terisini tasodifan jaroxatlashdan saqlanish kerak.
Barcha shifokorlar qatori, o'rta tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan biri, axoli o'rtasida targ'ibot ishlari olib borishdir. O'zini xizmat ko'rsatadigan xududda axoli bilan yuqumli kasalliklarning yuqish yo'llari, undan extiyot bo'lish tadbirlari xaqida suxbatlar o'tkazib turish zarur. Bu maqsadda odamlarni atayin to'plash biroz mushkulroq. Lekin maxalla qo'mitalari, qishloq kengashlari, jamoat tashkilotlari turli mavzularda o'tkazadigan yig'ilishlarda faol ishtirok etib, axoli orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'yicha tushunchani shakllantirib borish kerak. Avvalo, xalqimizning qadimiy an'anasi bo'lgan pokizalikka e'tiborni qaratish lozim. Oilada, bog'cha va maktablarda bolalarni yoshligidanoq ozoda bo'lishga, qo'lni tez-tez yuvib turishga odatlantirish zarur. Atrof-muxitni toza tutish, oqar suvlar ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik yuqumli kasalliklarning oldini olishda muxim axamiyatga egadir. Tashkilot ishlari samarali bo'lishi uchun, avvalo tibbiyot xodimining o'zi turmushda gigiyena talablariga kat'iy rioya qilishi, pokizalikda boshqalarga namuna bo'lishi lozim.
Respublikada sanitariya-profilaktika tashkilotlarining tizimi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirliga tizimida yuqumli kasalliklar bilan kurashish soxasida faoliyat ko'rsatadigan maxsus tashkilot va muassasalar mavjud. Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosarlaridan biri, bu soxaning barcha ishlariga raxbarlik qiladi. U O'zbekistonning Bosh sanitariya shifokori xisoblanadi va vazirlik qoshidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti (DSEND) si orqali ish olib boradi. Infeksiyaga qarshi kurashish ishi sanitariya-epidemilogiya nazorati markazi (SENM) lari orqali amalga oshiriladi. Ular 3 bo'limdan iborat:
1. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirliganing Respublika sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent taxar sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari, Ular jami 14 ta.
3. Shaxar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari. Ular jami 220 ta.
Bulardan tashqari, Respublika, viloyat va tuman profilakgak dezinfeksiya stansiyalari, orttirilgan immunitet tanqisliga (OITS-SPID) ga qarshi kurashish Respublika va viloyat markazlari bor. Respublika, viloyat, tuman "Salomatlik markalari" xam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish shoxobchalari xisoblanadi.
O'ta xavfli kasalliklar soxasida va respublika xududini karantin kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi oldini olish masalalari bilan maxsus O'zbekiston karangan va o'ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi Markazi faoliyat ko'rsatadi.
Respublika Sog'liqni Saqlash vazirligiga qarashli epidemiologiya, mikrobiologaya va yuqumli kasalliklar ilmgoxi, sanitariya-gigayena va kasb kasalliklari ilmgoxi, virusologiya ilmgoxi, tibbiyot parazitologiya ilmgoxi, mikologiya markazlari yuqumli aa parazitar kasalliklar bo'yicha izlanishlar bilan tugullanadigan ilmiy dargoxlar xisoblanadi. Respublika Fanlar akademiyasi ilmgoxi xam yuqumli kasalliklarning turli jabxalarida faoliyat ko'rsatuvchi ilmiy maskanlar xisoblanadi.
|