YUQUMLI BEMORLARNI PARVARISH QILISH




Download 1,52 Mb.
bet4/66
Sana10.04.2017
Hajmi1,52 Mb.
#3730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66

YUQUMLI BEMORLARNI PARVARISH QILISH

VA OVQATLANTIRISH

Yuqumln kasalliklar bo'limida bemordarning ruhiy xolati, kayfiyatini yaxshilaydigan muxit yaratish lozim. Barcha xizmatchilar bemor bilan o'z yaqinlaridek muomalada bo'lishlari, unga xamdard, gamxo'r bo'lib, kasallikdan tezroq forig' bo'lishiga ko'maklashishlari zarur. Bemorda tibbiyot xodimlariga ihlos paydo bo'lish kerak. Bunday munosabat ta'sirida bemorning xayfiyati tez yaxshilanadi. Tuzalishiga ishonch paydo bo'ladi, ko'piicha kasallik og'irlashishining oldi olinadi. Yuqumli kasalliklarda ro'y beradigan intoksikatsiya bemorning nerv sistemasiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatada. Shu sababdan ko'pincha bemorlar injiq bo'lib qoladilar, Tibbiyot xodimlari ayniqsa, hamshiralar bemorning bu holatini etiborga olishlari, injiqligin ko'tarishlari, sabr-toqatli bo'lishlari lozim.

Umumiy ahvoli og'irroq bo'lgan bemorlardan tez-tez xabardor bo'lishi, har safar bemorga dalda beradigan so'zlarni topishga intilish kerak. Hamisha bemorga mehribonlik kursatish bilan birga izzat-hurmatini ham bemor oldida saqlashi darkor.

Ko'pincha yuqumli kasalliklar avjiga chiqqan davrda bemornnng umumiy ahvoli og'irlashada. Unga vaqtincha yurishga ruhsat berilmayda. Bunday bemorlarga hamshira tomonidan alohida e'tibor zarur. Har kuni etalab bemornnng yuz- qo'llarini yuvish yoki qo'l sochiq bilan artish, sochini tarab qo'yish, uning kayfiyatini ancha yahshilaydi. Og'izni kuniga 2-3 marta cho'pka paxtadan shilliq qilib, 2 % borat kislota eritmasi shimdirilgan holda artib turish lozim (suv bidan glitserin aralashtirib artsa ham bo'ladi). Og'ir holatdaga bemorlarni ovqatlantirish ham hamshiraning zimmasida bo'ladi.

Ayrim kasalliklar (meningit, qoqshol, o'pka shamolashi) ni istisno qilganda bemorga ko'p suyuklik itariladi. Unga limonli, smorodinali, murabboli choy, gazi chiqarib yuborilgan mineral suv, kompot berish mumkin. Bunda asosiy talab - suyuqlikni birdaniga ichirilmaydi uni oz-ozdan tez-tez ichirib turishi maqbul. Suyuqlikni ko'proq ichirishning ko'p xosiyati bor. Avvalo og'iz tez-tez ho'llanib turgani uchun so'lak ajralishi yahshilanib, og'iz bo'shlig'ida yallig'lanishining oldi olinadi. Ikkinchidan, ichilgan suyuqlik ta'sirida siydik ajralishi yaxshilanib, zaharli moddalar ko'proq chiqib ketadi. Uchinchidan, buyraklar faoliyati yaxshilanadi.

Ko'p yillar davomida sinovdan o'tgan, chalop ichish kabi odatlar ham ko'pgina yuqumli kasalliklarni davolashda qo'l keladi. Ayniqsa, yosh bolalarga ularni ichirib turish foydalidir. Tif-paratif kasalliklari, difteriya, meningit kabi xastaliklar og'ir kechganida bemor o'zoq vaqt o'rnida yotib qolishi mumkin. Bir xil holatda qimirlamay yotish oqibatida tananing suyak teriga taqalgan joylarida mahalliy qon aylanishi buziladi va yotoq yaralar paydo bo'ladi. Boshning ensa qismi, tirsaklar, kurak ustlari, bel va dumg'aza, tovon suyagi sohalarida ana shunday yaralar paydo bo'lishi bemor yaxshi parvarish qilinmaganini bildiradi. Ulariing oldini olish uchun bemorni kuniga 2-3 marta yonboshlatib yotqizish lozim. Yetoq yaralar paydo bo'ladigan soxalarni silab, o'simlik moyi surtib turiladi. Har kuni kamida bir marta atir yoki suyultirilgan spirt bilan ho'llangan latta yordamida artib turiladi. Bel sohasiga latta o'ralgan rezina chambarak kuyiladi.

Bemorning yotish 35 holatini har doim o'zgartirib turish, shuningdek, gapostatik pnevmoniyaning oldini olish tadbirlaridan hisoblanadi. Chunki bemor o'zoq vaqt chalqancha yotsa, o'pkaning pastki qismida xam, qon aylanishi buzilib, faoliyati to'xtab koladi. Uning oqibatida kelib chiqadigan o'pka shamollashi gipostatik pnevmoniya deb atadadi. Yotish rejimidagi bemorlarga hojat uchun tuvak tutiladi. Intoksikatsiya kuchli bo'lgan xollarda, ko'pincha ichak faoliyati xam buziladi va qabziyat kuzatiladi. Bunday xolda xar kuni kechqurun bemorga huqna (klizma) qilinadi. Tozalash xuqnasi uchun katta odamga bir litr suv yetarli. Ichak tozalanishi uchun suv iliq bo'lgani ma'qul, lekin muzdek bo'lishi kerak emas. Eysmarx krujkasining uch tomoniga o'langan plastmassa yoki shisha naycha foydalanilgandan so'ng artiladi va qaynatish yo'li bilan zararlantiriladi.

Bemor ovqatni yuta olmay qolgan xollarda (poliomiyelit, ensefalit, botulizm, difteriya va 5-k.) da uni burun yoki og'iz orqali yuboriladigan rezina zond vositasida ovqatlantiriladi. Zond yutqazayotganda u nafas yo'llariga ketib qolishidan extiyot bo'lish kerak. Ayrim hollarda ovqat aralashmasi, tozalash xuqnasidan so'ng, ozuqali huqna tarzida to'g'ri ichak orqali yuboriladi. Katta odamga bir yuborishda 200-250 ml xajmda ovqat aralashmasi yuboriladi. Uning tarkibida sut, tuxum, shakar, sariyog' va S vitamini bo'ladi.

Yuboralayotgan ovqat aralashmasi tana xarorati 36-37°S gacha ilitilgan bo'lishi kerak. Sun'iy ovqatlantirish kun davomida 2-3 marta qaytariladi. Keyingi yillarda sun'iy ovqatlantirish va bemorga darmon berish maqsadida vena tomiri orqali oqsil preparatlari: albumin aminopeptid, alvezin, gidrolizin 100-400 ml miqdorda tomchilab yuborilmoqda. Ba'zi chet el korxonalari parenteral yo'l bilan ovqatlantirishga moslangan, insonning oqsil karbonsuv, yog'larga bo'lgan kunlik extiyojini e'tiborga olib, vitamiilar qo'shib tayyorlangan aralashmalar ishlab chiqarmoqda.

Uyqusizlik, boshning qattiq va davomli og'rishi xam yuqumli kasalliklarda uchrab turadi. Uyqusizlikda kechqurun barbamil, tazepam, elenium, dimedrol kabi preparatlardan birini ichirib turish tavsiya etiladi. Bosh og'rig'ini qoldirishda anal'gin, amidopirin, askofen preparatlari naf berishi mumkin. Tana harorati yuqori bo'lib, bosh og'rishi uzoq davom etganida bemor peshonasiga muz solingan rezina xaltacha qo'yish yordam beradi. Uni 20 minutdan ortiq qo'yilmaydi. Har yarim soatda qaytadan qo'yish mumkin.

Og'iz kechgan yuqumli kasalliklarda intoksikatsiyaning nerv sistemasiga ta'siri oqibatida o'tkir psihoz holatlari rivojlanadi. Ko'pincha bemorlarda asab qo'zg'olish xolati kuzatiladi. Bunday bemor tinchimaydi, yurib ketishga, shifoxonadan qochishga urinadi. Bemorlar vaximada o'zini derazadan tashlab yuborishi xam mumkin. Bunday ko'ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, psixoz boshlangan bemor yonida faqat unga doimo qarab turish uchun aloxida post tashkil etiladi. Lozim bo'lgan hollarda bemorni krovatga bog'lab qo'yiladi. Bemorni tinchlantirish uchun xloralgidratdan xuqna qilinadi, magniy sulfat, aminazin eritmalaridan inyeksiya qilinadi.

Hamshira bemorlar axvolidan xabardor bo'lish uchun palatalarga tez-tez kirib turishi kerak. Ayniqsa, kasallik og'irroq kechadigan xollarda bemorning umumiy axvoli birdan og'irlashib qolishi mumkin. Jumladan, kuchli intoksikatsiya ta'sirida yurak-tomirlar faoliyati keskin sustlashib, kallaps ro'y beradi. To'satdan teri rangi oqarib ketishi, qon bosimi tushib ketishi, tomir urishi, g'oyat tez va juda sust bo'lib qolishi kollaps xolatining belgilari xisoblanadi. Bunday alomatlar paydo bo'lganida darrov shifokorni chaqirish, u kelguncha kofein, efedrin yoki kordiamin kabi preparatlardan darhol inyeksiya qilish lozim.

Bo'limda yotgan bemorlarning tana xarorati xar kuni ertalab va kechqurun o'lchab turiladi. Odatda bu tadbir ertalab soat 7 da va kechkurun soat 18 da bajariladi. Termometr kultik ostiga 10 daqiqa ushlab turiladi. O'lchash natijalari kasallik bayonidagi xarorat varag'iga chizib boriladi. Ishlatilgan termometrlar 0,2% li xloramin eritmasiga botirilgan xolda saqlanadi. Qaytadan foydalanish oldidan uni artib quritiladi.

Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni davolashda to'g'ri ovqatlantirishning axamiyati katta. Ovqatlanishni to'g'ri tashkil etish bemorning tez sog'ayishga yordam beradi. Kasallikning turiga qarab turli parxez taomlar buyuriladi. Undan kat'iy nazar, ovqatlantirishning umumiy taomillari bor, u quyidagilardan iborat.

1. Taom oson xazm bo'ladigan xolda tayyorlanishi kerak.

2. Taom tarkibidagi oqsil moddalar miqdori ma'yordagidan ortiqroq bo'lishi lozim. Yuqumli kasallikda moddalar almashinuvi kuchayishini e'tiborga olib shunday qilinadi.

3. Taom vitaminlarga boy bo'lishi kerak. Ayniqsa S vitamini ko'p bo'lishi talab etiladi.

4. Kundalik taom tarkibida achitilgan sut maxsulotlari, qatiq, suzma, kefir, prostokvasha, tvorog va x.k. bo'lishi lozim.

5. Taom bo'lib-bo'lib beriladi. Bemor kuniga 4-5 maxal ovqatlantiriladi.

6. Parhyezli taomlarda qalampir, sarimsoq, piyoz, xom piyoz ishlatilmaydi.

Hozirda ilgari qabul qilingan Pevzner bo'yicha parhyez taom tayin qilish usuli saqlanib qolgan. Shunga biioan, tif-paratif kasalliklarida 1a, 1b parxez taomlari, ichak kasalliklarida 4, jigar xastaliklarida -5a, 5-stol, brutsellezda - umumiy (15) stol va x.k. tayinlanadi. Bir yoshdan oshgan bolalarga 13-stol tavsiya etiladi. Bir yoshga to'lmagan bolaga - o'zi odatlangan ovqatlanish tartibini va kasalligi xususiyatini e'tiborga olib, aloxida taomnoma tuziladi va "ovqatlantirish varag'i" ga yozib qo'yiladi.

Yuqumli shifoxona oshxonasida taomlar markazlashgan holda tayyorlanadi, bo'limlarga ovqat olib kelish va tarqatish bo'limda ishlaydigan xodimlar zimmasida bo'ladi. Ovqat solish uchun mo'ljallangan idish sirlangan va qoplangan bo'lishi kerak. Uning sirtqi tomoniga qanday taom (quyuq, yoki suyuq) uchun mo'ljallangan idish ekanligi yozib quyiladi. Ovqat solingan idishlar foydalanilganidan so'ng tozalab yuviladi va qaynoq suv bilan chayib yuboriladi.



Download 1,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 1,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YUQUMLI BEMORLARNI PARVARISH QILISH

Download 1,52 Mb.