2.1-jadval
Respublika YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi
Ko’rsatkichlar
|
2003 yil
|
2004 yil
|
2005 yil
|
2006 yil
|
Mlrd.
so’m
|
%
|
Mlrd.
so’m
|
%
|
Mlrd.
so’m
|
%
|
Mlrd.
so’m
|
%
|
Yalpi ichki mahsulot
|
9837.8
|
100.0
|
12189.5
|
100.0
|
15923.4
|
100.0
|
20759.3
|
100.0
|
Shu jumladan:
Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati
|
4810.7
|
48.9
|
5899.7
|
48.4
|
8327.9
|
52.3
|
10836.4
|
52.2
|
Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati
|
3679.4
|
37.4
|
4583.2
|
37.6
|
5907.6
|
37.1
|
7618.7
|
36.7
|
Sof soliqlar
|
1347.7
|
13.7
|
1706.6
|
14.0
|
1687.9
|
10.6
|
2304.3
|
11.1
|
*Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (foydani) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.2-chizma).
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o’rganish uning mazmunini to’g’ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo’yadi. Bu yerda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli bo’lib, shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’paymagan xolda o’zi qancha qiymatga ega bo’lsa shu miqdorda aniq mexnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi.
Ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari
(natural shakllari)
Mexnat jarayoni yoki naflilikning Yaratilishi va
ko`payishi jarayoni
Iste'mol qiymati , Yani nafliligi
Ishlab chiqarish omillari
Ishlab chiqarish jarayoni
Natija: tovar va xizmatlar
Kapital: ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi qiymati
Qiymatning o`sish jarayoni
Sarflangan va qo`shilgan qiimat
2.2-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni
|