• Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi
  • Ishchi kuchi, deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobi




    Download 161,52 Kb.
    bet8/17
    Sana20.05.2024
    Hajmi161,52 Kb.
    #246472
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    So\'g\'diyona Praktika

    Ishchi kuchi, deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas, yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.

    Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer, suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari ham ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining ham bosqichlari uchun xosdir.

    Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining ham bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlari (yer, suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

    Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to’g’rirog’i, ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko’pgina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko’pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omil bo’lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.

    S
    Ishlab chiqarish omillari





    huning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili, deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-chizma).

    Ishchi


    kuchi

    Er


    Kapital






    Tadbirkorlik qobiliYati

    Download 161,52 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 161,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchi kuchi, deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobi

    Download 161,52 Kb.