|
Ishlab chiqarishni boshqarish. Umurkulov Dostonbek
|
bet | 1/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #122370 |
Bog'liq Slayd ishlab chiqarishni boshqarish ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH. Reja:
Ishlab chiqarishni boshqarish
Korxonaning hisobot nazorati.
Menejerlar (boshqaruvchilar) oldiga qo`yiladigan asosiy vazifalar
Ishlab chiqarishni boshqarish - Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan tushunchalardan biri, bu – menejmentdir. Keng ma`noda menejment ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog`liq bo`lgan faoliyat turidir. Samarali menejmentni tashkil etish korxona yoki firmada ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishning muhim omili hisoblanadi.
- Mehnat jamoasi yiriklashgan sari boshqaruvning vazifalari ham murakkablasha boradi va boshqaruv apparatidan texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishning eng maqbul echimlarini topish talab etiladi.
Xo`jalik boshqaruvining vazifalarini, boshqarilayotgan ob`ektning ko`lamidan qat`iy nazar, quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
-tadqiqotchilik va loyihalash;
-me`yorlashtirish va rejalash;
-tashkilotchilik va muvofiqlashtirish;
-ta`minotchilik;
-hisobot nazorati.
Boshqaruv tizimining samaradorligi ko`p jihatdan boshqaruv uslublariga bog`liq bo`lib, ular asosan quyidagilardan iborat:
a) siyosiy uslublar;
b) iqtisodiy uslublar;
v) ma`muriy-huquq uslublari; g)tashkiliy uslublar;
d)boshqaruv qarorlari va jarayonlarini maqbullashtirish (kibernetik) uslubi;
e) ijtimoiy-ruhiy, pedagogik uslublar;
j) grafik uslublar.
Boshqaruvning ilmiy asoslangan va tajribada sinab ko`rilgan qoidalariga tayanib, korxonalarni samarali rivojlantirish bozor munosabatlarini o`zlashtirayotgan mamlakatimiz uchun juda muhim vazifadir. Hozirgi sharoitda rahbar faqat o`z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi bo`lmog`i, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlaridan ham xabardor bo`lmog`i lozim. Bu hayotimizdagi jiddiy o`zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarda o`zini-o`zi boshqarish tamoyillarining joriy etilishini taqozo qiladi. Rahbar o`z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoat tashkilotlari bilan birgalikda yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o`zida hal qilishga qodir bo`lishi lozim.
|
| |