|
Ishlab chiqarishni boshqarishda rahbarning qaysi toifada ekani juda muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbarlarning quyidagi toifalarini ko`rsatib o`tish mumkin
|
bet | 2/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #122370 |
Bog'liq Slayd ishlab chiqarishni boshqarishIshlab chiqarishni boshqarishda rahbarning qaysi toifada ekani juda muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbarlarning quyidagi toifalarini ko`rsatib o`tish mumkin. Avtokrat yoki avtoritar toifadagi rahbar. Bunday rahbar qo`l ostidagilarning faoliyati uchun javobgarlikni o`z zimmasiga to`liq oladi, barcha mavjud axborotlarni o`zi orqali o`tkazishga harakat qiladi, jamoa a`zolari bilan bevosita muloqotlarni chegaralab qo`yadi, o`zining noo`rin harakatlarini tanqid qilinishiga yo`l qo`ymaydi. O`ziga bo`ysinuvchilar bilan muomalada bo`lganda, uning rahbarlik g`ururi balandligi, o`zini katta tutishi sezilib turadi. Odatda, avtokrat rahbarlar o`ziga bo`ysinuvchilar oldida qovog`i solingan kayfiyatda bo`ladi. Biroq avtokrat rahbarlik turini har jihatdan yomon, deb bo`lmaydi. Ba`zi bir hollarda bo`ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli mazkur boshqaruv uslubini tanlab olish ish berib qolishi mumkin. Ammo jamoada har tomonlama demokratik munosabatlar pishib etilgan paytda rahbar o`z uslubini o`zgartirishga majbur bo`ladi. Anarxik toifadagi rahbar. Bunday rahbar shaxsan o`zi faollik ko`rsatmaydi. Ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog`liq masalalarni qo`l ostidagi xodimlarga rasman taqsimlab beradi. Shuning uchun ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish ham rasmiy xarakterga ega bo`ladi. U ko`proq tashqi ta`sirga moyilligi bilan ajralib turadi. Jamoaning taqdiri, ishlab chiqarishning istiqboli kabi masalalar uni kam qiziqtiradi. U yoki bu masalalarning bajarilishi ayrim bo`ysinuvchilarning hohish-irodasiga bog`liq bo`ladi. Anarxik toifadagi rahbar. Bunday rahbar shaxsan o`zi faollik ko`rsatmaydi. Ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog`liq masalalarni qo`l ostidagi xodimlarga rasman taqsimlab beradi. Shuning uchun ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish ham rasmiy xarakterga ega bo`ladi. U ko`proq tashqi ta`sirga moyilligi bilan ajralib turadi. Jamoaning taqdiri, ishlab chiqarishning istiqboli kabi masalalar uni kam qiziqtiradi. U yoki bu masalalarning bajarilishi ayrim bo`ysinuvchilarning hohish-irodasiga bog`liq bo`ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlab chiqarishni boshqarishda rahbarning qaysi toifada ekani juda muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbarlarning quyidagi toifalarini ko`rsatib o`tish mumkin
|