O’quv amaliyoti bo’yicha hisobot mavzu: mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va jihatlari guruh: 121-20 Bajardi: Raxmonqulova So'g'diyona Tekshirdi: Xakimdjanova Dildora reja




Download 161,52 Kb.
bet16/17
Sana20.05.2024
Hajmi161,52 Kb.
#246472
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
So\'g\'diyona Praktika

Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:

СУБЪЕКТ



Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o’zlashtiruvchi yuqorida ko’rsatilgan sub’ektlar ham turli darajada bo’ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari res’ublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo’lishi mumkin.


Jamoa mulk sub’ektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, ko’erativlar, xo’jalik jamiyati va shirkatlari, akstionerlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat va diniy tashkilotlar bo’lishi mumkin.
Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud bo’lishi sababli, bu mulk sub’ektlari sifatida qo’shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko’’ darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk bilan bog’liq huquqlarning bir-biridan to’g’ri va aniq ajratilishi hamda ularning xo’jalik sub’ektlari o’rtasida oqilona taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoidalar neoinstitustionalizm yo’nalishining muhim nazariyalaridan biri bo’lgan mulkchilik huquqlari iqtisodiy nazariyasi tomonidan keng yoritib berilgan.
Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barstel, G.Demeest, D.Nort, R.’ozner va boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o’ziga xos yondoshuvlari bilan ajralib turadi.
Ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi
XULOSA
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tеkis kеchmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion, madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, tеxnika va tеxnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondashuvlar mavjud.

Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mеxanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.

Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.



Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy nе’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’еktni o’zlashtirish va foydalanish borasida sub’еktlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’еktning ob’еktga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning invеstitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy invеstorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kеngaytirishga qaratilgan komplеks dasturdan iborat jarayondir.



Download 161,52 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 161,52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv amaliyoti bo’yicha hisobot mavzu: mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va jihatlari guruh: 121-20 Bajardi: Raxmonqulova So'g'diyona Tekshirdi: Xakimdjanova Dildora reja

Download 161,52 Kb.