|
Matnning belgilangan qismidagi shrift o'lchamini o'zgartirish
|
bet | 12/67 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #133346 |
Bog'liq AXBOROTMatnning belgilangan qismidagi shrift o'lchamini o'zgartirish. Shrift o'lchamini o'zgartirish uchun matnning kerakli qismi blokka olinadi. Format menyusidan "shrift" bo'limiga o'tiladi. Ekranda hosil bo'lgan "shrift" oynasidagi "o'lcham" (размер) darchasiga kerakli o'lcham yoziladi yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi. Shrift o'lchamini o'zgartirishning yana bir usuli bo'lib, buning uchun format uskunalar panelidan "o'lcham" (размер) tugmasi bosiladi va taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi yoki ixtiyoriy o'lcham qiymati klaviaturadan kiritiladi.
Matnning belgilangan qismidagi shrift rangini o'zgartirish. Shrift rangini o'zgartirish uchun matnning qismi blokka olinadi. Format uskunalar panelidan "shrift rangi" (Цвет шрифта) tugmasi bosiladi va chiqqan ranglardan biri tanlanadi.
ARXIVLASH DASTURLARI
Reja:
KIRISH
Arxivlash dasturlari haqida ma’lumot
Fayllarni arxivlash
Arxiv fayllarini ochish
XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
Arxivlash dasturlari — diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko'rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning o'rniga boshqa biror ma'lumotni yozish hamda ular-ning ketma-ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bundan ko'rinadi-ki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo'ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tas-virlovchi fayllar to'rt, hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifo-dalangan fayllar esa juda kam—1% ga yaqin siqiladi. O'rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5—2 harobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo'llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxivfayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan holdagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli hollarda fayllarni dastlabki ko'rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo'ladi:
— fayl nomi;
— fayl joylashgan katalog haqida ma'lumot;
— fayl o'zgartirilganligini ko'rsatuvchi sana va vaqt;
— faylning diskdagi, arxivdagi o'lchami va parametrlari. PKZIP / PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarining nomlari,
odatda quyidagi kengaytmalarga ega bo'ladi:
ZIP - PKZIP / PKUNZIP dasturlari arxiv fayllari uchun; ARJ — ARJ dasturi arxiv fayllari uchun.
|
| |