Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish




Download 2,67 Mb.
bet46/67
Sana09.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#133346
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
AXBOROT

Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish.
Ma’lumki kompyuterda hisoblash ishlari ikkilik sanoq sistemasida bajariladi va zarur bo‘lsa, natija o‘nlik sanoq sistemasida olinishi mumkin.
Hozirgi zamon kompyuterlarida o‘n oltilik sanoq sistemasi keng qo‘llaniladi. Endi bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tish bilan tanishaylik, ya’ni ixtiyoriy asosli, masalan r asosli sanoq sistemasidan ixtiyoriy k asosli sanoq sistemasiga o‘tishni qanday amalga oshirish kerak, degan savolga javob beramiz.
Odatda, r asosli sanoq sistemasidan k asosli sanoq sistemasiga o‘tish uchun oraliqda o‘nlik sanoq sistemasidan foydalaniladi. Bunga sabab biz doim o‘nlik sanoq sistemasida ishlab keldik va unga ko‘nikib ketganmiz. Shuning uchun dastlabki r asosli sanoq sistemasidan o‘n asosli sanoq sistemasiga, so‘ngra esa o‘n asosli sanoq sistemasidan k asosli sanoq sitemasiga o‘tiladi.
Avval berilgan r asosli sanoq sistemasidan o‘n asosli sanoq sistemasiga o‘tishga doir misollar keltiramiz.
1-misol. 101 sonini o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing;
101 = 2*2 + 0*2 + 1*2 = 1*4 + 0*2 + 1*1 = 4+1 = 5 .
Demak, 101 = 5 .
2-misol. A9 sonini unlik sanoq sistemasiga o‘tkazing;
A9 = A*16 + 9*16 = 10*16 + 9*1 = 160 + 9 = 169.
Demak, A9 = 169 .
Endi berilgan o‘nlik sanoq sistemasidagi butun sonni boshqa biror asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun ketma-ket bo‘lish usulidan foydalaniladi.
O’nlik sanoq sistemasidagi aralash sonlarning kasr qismini ham boshqa asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish mumkin. Buning uchun sonning kasr qismi sanoq sistemasining asosiga ketma-ket ko‘paytiriladi.
Yangi sanoq sistemasidagi kasr ko‘paytirish natijasida hosil bo‘lgan butun qismdagi raqamlar ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Ketma-ket ko‘paytirish jarayoni kasr qismi nolga teng bo‘lguncha davom ettiriladi.
Ko‘rib o‘tilgan misollarda kasr qism nollarga aylangan. Lekin har qanday sonlarda ham osongina nollar chiqavermaydi. Hosil bo‘layotgan kasr son cheksiz davriy kasrlardan iborat bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday hollarda ko‘paytirish birinchi holda bir davr hosil bulguncha, ikkinchi holda zarur bo‘lgan aniqlikka erishguncha davom ettiriladi.
Shunday qilib, o‘nlik sanoq sistemasida berilgan aralash sonlarni biror asosli sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun dastlab ketma-ket bo‘lish bilan butun qismini, so‘ngra ketma-ket ko‘paytirish bilan kasr qismini o‘tkazib, javobni har ikkalasidan foydalanib yozilar ekan.
Umuman r sonli sanoq sistemasidan k asosli sanoq sistemasiga o‘tish uchun avval r asosli sanoq sistemasidan o‘n asosli sanoq sistemasiga, so‘ngra undan k asosli sanoq sistemasiga o‘tish qoidasidan foydalanilar ekan, ya’ni, bunda birinchi bosqichda asos darajalari bo‘yicha yoyib chiqish, keyingisida ketma-ket bo‘lish (butun sonda) yoki ketma-ket ko‘paytirish (kasr sonda) usullaridan foydalaniladi.
O’n oltilik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga va aksincha oson o‘tish mumkin. Buning uchun tetrada (to‘rtta ikkilik sanoq sistemasidagi raqam) lardan foydalanilsa bo‘ladi. To‘rtta nol yoki bir raqam yordamida 0 dan 15 gacha sonni yozish mumkin. Shuning uchun ham ikkilik va o‘n oltilik sanoq sistemasi orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish mumkin. Haqiqatan, to‘rtta raqamdan iborat ikkilik sanoq sistemasidagi eng katta son
1111 = 1*2 + 1*2 + 1*2 + 1*2 = 8 + 4 + 2 + 1 = 15 kabi bo‘ladi.
Misol. Tetrada yordamida 101010, 1101 sonini o‘n oltilik sanoq sistemasiga o‘tkazing.
Echish: Buning uchun verguldan boshlab butun qismini chapga karab, kasr qismini o‘nga qarab to‘rttadan xonalarga ajratib chiqamiz, yetmagan qismini nollar bilan to‘ldiramiz va so‘ngra to‘rtliklarga mos o‘n oltilik raqamlarni qo‘yib chiqamiz, ya’ni
0010 1010 1101
---- ----, ----- = 3A,D
3 A D
Xulosa

XX asr oxirlarida ilgor mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bulmokda. Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmokda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jixozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni kayta ishlashga karatiladi, moddiy ishlab chikarish esa mashinalarga yuklanadi.


Axborot jamiyatiga utishda kompyuter va telekommunikasiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni kayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni// Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.– T.: «Sharq» nashriyot–matbaa konserni, 1997.

    2. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.– T.: «Sharq» nashriyot–matbaa konserni, 1997.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi PF–3431–sonli «2004–2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi farmoni//Ta’lim menej-menti. 2005, №1–2.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limni davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori //Xalq ta’limi. №5, 1999. – B. 4–36.

    5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 noyabrdagi 548–sonli «2005–2009 yillarda umumta’lim maktabi uchun darsliklar va o‘quv–metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida»gi qarori// Ta’lim menejmenti. 2005. №1–2.

    6. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. –T.: O‘zbekiston, 1999.

    7. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi //Nashr uchun mas’ul: T.Risqiyev. Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov, R.Ahliddinov.– T.: «Sharq» nashriyot–matbaa konserni, 1999.

    8. Aripov M. Internet va elektron aloqa asoslari. –T.:«Universitet». 2000.

    9. Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. AL va KHK uchun darslik. –T.: O`zbekiston, 2002. 2– nashri. (2004. 3–nashri).

    10. G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /Akademik S.S. G‘ulomovning umumiy tahriri ostida. – T.: «Sharq», 2000.

    11. www.tuit.uz

    12. www.ziyonet.uz



Download 2,67 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Download 2,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish

Download 2,67 Mb.