|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 1/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар 8-BOB. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR. ULARNI BOSHQARISH TIZIMI.
REJA: 8.1. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning dunyoda tutgan o’rni. 8.2.Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi. 8.3. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli .
8.4. TMK millatini aniqlash.
8.5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati .
Tayanch iboralar: Xalqaro kompaniya, ko’pmillatli kompaniya, konsorsium, transmilliy korporatsiya, transmilliylashtirish indeksi, integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish, gorizontal integratsiya, vertikal integratsiya, litsenziyalash, xalqaro ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, transmilliy moliyaviy-sanoat guruhlari (TMSG).
8.1. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning dunyoda tutgan o’rni
Xalqaro kompaniyalar - bu milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning ko’pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bo’yicha esa konsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va ishtirokchilari o’z kapitallarining mulkdori bo’lib qolgan kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XXI asrning tipik konserni - bu odatda turli tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikastiyalangan kapitalning yagona mulkdoridir.
Zamonaviy xalqaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni o’z millatiga ega bo’lgan yoki ko’pmillatli bo’lishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini o’z ichiga oluvchi sub’yektlar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi o’zining xorijiy filiallari aktivini nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida o’z ulushiga ega bo’ladi. 1118 yilda Orden Tamplier tomonidan asos solingan va birinchilardan bo'lib 1135 - yilda transmilliy moliya muassasasi sifatida bank sohasidagi ishlar bilan shug'ullana boshlagan. Birinchi transmilliy kompaniyaga 1600-ylda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi asosida Britaniyaning Ost- Indiya kompaniyasiga asos solingan.
20-asrning 90-yillaridan boshlab Oʻzbekiston sanoatining koʻp tarmoklarida jahondagi koʻpgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. "OʻzDEU avto" (Asaka avtomobil zavodi), Zarafshon Nyumont, "Kabul tekstaplz", "KokaKola", "Nestle", "Keys Korporeyshn" va boshqa shular jumlasidandir.
Asaka avtomobil zavodi.
"O’zDEUavto” kompaniyasi - O`zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to`ng’ich korxonasi.
Zavodning ishga tushirilishi tufayli O`zbekiston jahonda o`z avtomobil sanoatiga ega bo`lgan 28 mamlakat qatoridan o`rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda qurilgan
Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg’or avtomatika va texnologiyalardan iborat
O`zbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatdir.
Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho'ba korxonalari ochilgan.
Dastlabki yili avtomobil qismlarining 20 foizi O'zbekistonda tayyorlangan bo'lsa, 5 yil o'tgach bu ko'rsatkich 60 foizga yaqinlashdi. Endilikda bu ko'rsatkich
85 foizni tashkil etib, avtomobilsozlik korxonalarining mamlakat doirasidagi kooperatsiyasi yuksak darajaga ko'tarildi.
Bugungi kunda respublikaning o'ttizdan ortiq korxonalari o'z mahsulotlarini Asaka shahridagi avtozavod konveyeriga yetkazib bermoqda.
Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho'ba korxonalari ochilgan.
Dastlabki yili avtomobil qismlarining 20 foizi O'zbekistonda tayyorlangan bo'lsa, 5 yil o'tgach bu ko'rsatkich 60 foizga yaqinlashdi. Endilikda bu ko'rsatkich
85 foizni tashkil etib, avtomobilsozlik korxonalarining mamlakat doirasidagi kooperatsiyasi yuksak darajaga ko'tarildi. Bugungi kunda respublikaning o'ttizdan ortiq korxonalari o'z mahsulotlarini Asaka shahridagi avtozavod konveyeriga yetkazib bermoqda.
2020 yil import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 7, 95 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2019- yilning shu davriga nisbatan 16,9 foizga kamaygan. O‘z navbatida, avtomobil eksport qilish hajmi 30,4 foizga oshgan. Ta’kidlanishicha, import tarkibida mashinalar va transport asbob- uskunalari hajmi 7,95 milliard AQSH dollarini tashkil etgan va importning umumiy hajmidagi ulushi 37,6 foizga etgan.Mashinalar va asbob-uskunalar import qilingan asosiy hamkor davlat sifatida Xitoy (2,5 milliard AQSH dollari miqdordagi umumiy import tovarlarining 31,6 foizi) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (umumiy importning 16,6 foizi) va Rossiya (umumiy importning 9 foizi) egallagan.Mashina va transport uskunalari importi hajmining kamayishiga sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallari (17,6 foizga), shuningdek, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalar (14,9 foizga) importidagi pasayish bevosita ta’sir qilgan.O‘z navbatida, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari uchun avtomobil ehtiyot qismlari importi uchun sarflangan mablag‘ 944,6 million AQSH dollarini tashkil qilib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga va avtomobil import qilish uchun 475,1 million AQSH dollari mablag‘ sarflanib, o‘tgan yilgiga nisbatan 7,9 foizga oshgan.Bundan tashqari, avtomobil eksport qilish hajmi 30,4 foizga ko‘payib, 208,7 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Ko’p millatli kompaniyalarda har xil millatlar kapitallarining birlashuvi vujudga keladi. Birinchi ko’p millatli kompaniya “Yunilever” 1929 yili “Margarin Yuni” (Daniya) va “Lever Brazers” (Buyuk Britaniya) firmalarining birlashishi natijasida vujudga keldi. Shu davrdan boshlab u deyarli 60 ta davlatda 500 dan ortiq xorijiy filiallari bo’lgan eng yirik xalqaro kompaniyalardan biri darajasigacha o’sib yetdi. “Yunilever” kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega bo’lib, ularning biri Londonda, ikkinchisi Rotterdamda joylashgan.
|
| |