• Nazorat savollari
  • 8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja




    Download 316,67 Kb.
    bet38/38
    Sana24.09.2024
    Hajmi316,67 Kb.
    #272313
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    8-12 темалар

    12.3. Pul krediti siyosati.


    Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari hisoblanadi.
    Pul-kredit siyosati - davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpaytiriladi, inflyasiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
    Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar - moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili- nadi. Bilvosita vositalar - Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
    Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati, pul-kredit siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
    Jahon valyuta tizimi asosida milliy valyutalar tizimi va xalqaro valyuta institutlarini o‘zaro ta’siridagi harakati turadi. Jahon xo‘jaligini rivojlanishini turli bosqichlarida, turlicha o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi jahon valyuta tizimlari amal qilgan:

    • oltins tandarti;

    • oltin devizi;

    • boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi.

    Har bir tizim o‘ziga xos bo‘lgan davr talablariga mos xalqaro iqtisodiy munosabatlar manfaatlariga xizmat qiladi. Ikkinchi jahon valyuta tizimi—«oltin deviz standarti».
    Birinchi jahon urushidan so‘ng g‘olib va mag‘lub davlatlar ishtirokida 1922 yili Italiyaning Genuya shaxrida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy kanferensiyada davlatlararo kelishuv asosida rasmiylashtirildi. Bu oltin deviz standarti tizimida dunyoni etakchi 30 davlatlari ishtirok etdilar. Bu tizimda qog‘oz pullarda qa’tiy, oltin pariteti (tengligi) bo‘lgan va istalgan vaqtda oltinga almashuvi mumkin bo‘lgan. Masalan, agar 1929 yilda bir funt sterling 7,32 g sof oltinni, AQSH dollari 1,5 g sof oltinni tashkil etgan bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbat yoki oltin pariteti (tengligi) 1 funt sterling 4,86 AQSH dollari hisoblangan. 1 funt sterling 4,86 1,50416 7,32000  dolllar.
    Uchinchi jahon valyuta tizimi - oltin ba’zasidagi deviz standarti xalqaro munosabatlarda saqlanib qoldi. Ikkinchi jahon urush va urushdan keyingi davrdagi Jahondagi etakchi mamlakatlar o‘zaro munosabatlarini tubdan o‘zgartirib yubordi va bu o‘zgarishlar xalqaro iqtisodiy munolsabatlar, shu jumladan valyuta munosabatlari harakteriga ta’sir etdi. Bu munosabatlarda AQSHning o‘rni urushdan oldin bo‘lganidek keskin oshishi davom etdi va shunga muvofiq uning milliy valyutasi dollarni roli ham o‘sib bordi. Urushdan keyingi vokieligini va xususiyatni hisobga oluvchi yangi jahon valyuta tizimini shakllantirish zaruriyati tug‘ildi. 1944 yilda Bretton-Vuds (AQSH)da bo‘lib o‘tgan xalqaro valyuta- moliyaviy konferensiyasida ishttirokchi mamlakatlar boshqariladigan valyuta kurslari tizimini (Bretton-Vuds tizimi) tashkil etish shartnomasini imzoladilar. U yana “oltin-deviz tizimi” nomini ham oldi. Bu tizimda “oltin qimmati belgilangan-deviz” (kredit qog‘oz pullar ba’zasida) jahon puli vazifasini bajarishi kerak edi. «Genuya valyuta tizimidan farqi dollar va funt sterling zahira valyuta maqomini oldi. Amalda «dollar standarti» tizimi bo‘ldi. Bu yangi tizimini ishlashini ta’minlash uchun XVF tashkil etildi. Unga a’zo mamlakatlar o‘z milliy daromadlari darajasida a’zolik to‘lovlarini to‘ladilar. Bu tizim to‘lakonli 1971 yilga qadar amalda bo‘ldi (dollarni oltinga almashuvi to‘xtatilgunga qadar). Xalqaro valyuta fondi hozirga qadar xalqaro moliyaviy sohada muhim ahamiyatga ega rolni o‘ynamoqda. Bretton-Vuds tizimi quyidagi tartiblarni o‘rnatdi:

    • oltin, tizimning asosi funksiyasi bo‘lib yana saqlab qolindi. Uning bahosi o‘zgarmas: 35 dollar barobar 31,1 oltinga;

    • AQSH dollari tizimining asosi oltin zahira funksiyasi bo‘lib, u talab qilinganda oltinga almashishi mumkin bo‘lgan (AQSH beqiyos oltin zahiralariga sobiq Ittifoqni qo‘shmaganda 2,3 dunyo oltin zahiralariga ega bo‘lgan, shuningdek, uning rivojlangan iqtisodiyoti ham buning uchun asos bo‘lgan);

    • har bir mamlakat o‘z pul birligida oltin miqdorini belgilashi shart bo‘ldi.(Oltin valyuta paritetiga va boshqa XVF ishtirokchi mamlakatlari valyutalariga tenglik belgilanadigan bo‘ldi);

    • har bir mamlakatga o‘z valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutasiga nisbatan o‘zgartirmaslik majburiyati belgilandi.

    To‘rtinchi jahon valyuta tizimi- “erkin suzib yuruvchi” valyuta kursi. XVFga a’zo mamlakatlar 1976 yilda Yamayka poytaxti Kingistonda yangi xalqaro valyuta tizimiga asos solgan bitimni imzoladilar. Xalqaro valyuta tizimi o‘z rivojlanishining hozirgi bosqichida qator xususiyatlarga ega:
    Birinchidan, “Suzish” erkinligi mamlakatlarda davlat tomonidan cheklangan bo‘lsa ham, “suzib yuruvchi valyuta” kurslari qoidasi rasman tan olingan va kiritilgan. (“Erkin suzib yuruvchi” valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ostida o‘zgarib to‘rishi mumkin).
    Ikkinchidan, AQSH dollari o‘zining asosiy valyuta sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmoqda hamda Buyuk Britaniya funt sterlingi, YAponiya yenasi, Evro va boshqalar tobora xalqaro rezervlar va to‘lov valyutalari sifatida qo‘llanilmoqda.
    Uchinchidan, davlatlarning XVF tevaragida yagona valyuta tizimiga birlashishi alohida hududiy valyuta tizimlari faoliyat ko‘rsatishni inkor qilmaydi chunki ular jahon tizimi tarkibida rivojlanib boradi. Xususan, 1979 yilda Evropa ittifoqi mamlakatlari Evropa valyuta tizimini barpo etdilar. Unda yagona valyuta «Ekyu» keyinroq Evro valyuta kurslarini o‘rnatish va valyuta operatsiyalarining amalga oshirishning yagona mexanizmini ishlab chiqdilar va takomillashtirib bormoqdalar. Evropa Ittifoqi yangi valyuta-moliyaviy integratsiya bosqichiga o‘tmoqda. Bunda yagona pul-kredit siyosati yagona markaziy bank va yagona valyuta “Evro”ga o‘tish amal qiladi. Bu esa bu mamlakatlarni asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yanada yaqinlashtirmoqda. Evropa valyuta instituti Evropa Markaziy banki tizimiga almashtirildi u o‘z tarkibiga (1998 yili) 15 ta a’zo mamlakatlar markaziy banklarini birlashtirgan. Bundan tashqari Evro tizimi tashkil etilgan, unda hozirga 12 ta a’zo mamlakatlar hamkorlikda yagona pul kredit siyosatini olib boradilar. Evrotizim yangi valyuta “Evro”ni muomalaga kiritish va uni aylanishi bo‘yicha operatsiyalarga mas’uldir. Unga Evro valyutani chiqarish va uni Evro hududida muomalada bo‘lishini ta’minlashni cheklanmagan huquqi berilgan- Evrotizimga hozircha uchta davlatlar (Buyuk Britaniya, Daniya va SHvetsiya) markaziy banklari kirmagandir. U nisbatan yopiq iqtisodiy maydon hisoblanadi sababi bu erda o‘zaro iqtisodiy munosabatlar keng yo‘lga qo‘yilgan, shuning uchun ularni hududdan tashqaridagi tashqi iqtisodiy aloqalari ko‘lami ancha pastdir. SHu bilan birgalikda yagona pul-kredit siyosatini olib borishi ularning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini ko‘lamini kengayishiga shart sharoit yaratdi va u uning tarkibiy qismi ham hisoblanadi. Keyingi davrlarda AQSH iqtisodiyotidagi iqtisodiy inqirozlar uning valyutasi bo‘lgan dollarni imkoniyatlarini biroz bo‘lsada cheklab qo‘ymoqda.
    Nazorat savollari
    1. Valyuta munosabatlari va uning mohiyatini ayting.
    2. Xalqaro valyuta - moliya tizimi va uning elementi xaqida tushuncha bering.
    3. Milliy va chet el valyutalari.
    4. Valyutani konvertatsiyasiga izoh bering.
    5. Pul kredit siyosatining mohiyati.
    Download 316,67 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 316,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja

    Download 316,67 Kb.