Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «konchilik ishi» kafedrasi




Download 1,03 Mb.
Sana25.11.2023
Hajmi1,03 Mb.
#105418
Bog'liq
Xavfsizligi


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
«KONCHILIK ISHI» KAFEDRASI
«FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISH JARAYONLARI»
Maruzachi: Choriqulov A.O
OCHIQ KON ISHLARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH.
Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligi ishlar bajarilgan joylardagi bortlar, pog’onalar, uyumlar va karyerga chegaradosh hududlardagi o’z-o’zidan paydo bo’ladigan ko’chki va qulashlar, hamda boshqarib bo’lmaydigan suv oqimlarining oldini olish, shuningdek sanab o’tilgan omillarning karyer, kon-transporti ish tartibotы va xodimlar xavfsizligiga ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan amalga oshiriladi. O’z-o’zidan paydo bo’ladigan deformastiyalarni oldini olish yoki ularni karyer ishiga zararli ta’sirini kamaytirishga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish:
  • a) karyer va uyumlardagi qiyaliklar holatini ko’z bilan ko’rikdan o’tkazish;
  • b) jinslar qatlamining yotishi sharoitlarini, uyumlar tagidagi kon massasi va jinslar tuzilmalarini geologik va gidrogeologik o’rganish;
  • v) bortlar, pog’onalar va uyumlardagi deformastiyalarni asbob bilan kuzatish;
  • g) bortlar, pog’onalar va uyumlarni qulatishi mumkin bo’lgan deformastiyalar namoyon bo’ladigan hudud va uchastkalarni aniqlash, ularning miqyosini va karyer ishiga mumkin bo’lgan ta’sirini baholash, hamda ulardan xavfi kattasining asbob bilan kuzatilishini tashkil etish;
  • d) bo’lib o’tgan deformastiyalar o’rganish, ularning tavsifi, xavfi darajasini, paydo bo’lish sabablari aniqlash va ularni hujjatlashtirish;
  • e) sun’iy mustahkamlash yoki bo’shashgan hudud va uchastkalarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish;
  • j) deformastiyalar rivojining oldini oluvchi tadbirlarni bajarish;
  • z) deformastiyalarga qarshi inshootlar holati yuzasidan tizimiy nazorat;
  • i) karyer bortlari, pog’onalari va uyumlarining loyihaviy ko’rsatkichlariga roiya etish yuzasidan nazorat;
  • k) bortlar, pog’onalar va uyumlarning loyihaviy ko’rsatkichlarini to’g’irlash;
  • l) asoslanish va texnik-iqtisodiy hisob kitoblar asosida amalga oshirilishi kerak.

Har bir karyerda bajariladigan ushbu ishlarning hajmi qaziladigan konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, xizmat muddati, qazish chuqurligi va ishlatiladigan jihozlarga hisobga olgan holda karyer bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi mahalliy organlari bilan kelishilgandan keyin korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi, ularni bajarish esa zarur hollarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish bilan karyerning geologiya-marksheyderlik xizmatiga yuklatiladi.
Murakkab muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarga ega karyerlarda xavfli vaziyatlar prognoz qilish va deformastiyalarni kuzatish bo’yicha mutaxassislar guruhi tashkil etilishi mumkin.
Bunday guruhning maqsadga muvofiqligi karyer loyihasida belgilanishi kerak. Ushbu ishlarni bajarish ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilishi mumkin.
Karyerlardagi qiyaliklar holatini ko’z bilan ko’rikdan o’tkazish kami bilan har oyda bir marta xavfli vaziyatlarni prognoz qilish bo’yicha ixtisoslashtirilgan guruh xodimlari yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan bajarilishi kerak.
Qiyaliklar holatini ko’z bilan ko’rikdan o’tkazish natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.
Bortlar va uyumlardagi deformastiyalarni asbob bilan marksheyderlik kuzatuvlar «Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi tomonidan tasdiqlangan «Karyerdagi bortlar, pog’onalar va uyumlarning deformastiyalarni kuzatish va ularni mustahkamligini ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha yo’riqnoma»ga muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
Marksheyderlik kuzatuvlar karyer (korxona) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus loyiha bo’yicha bajarilishi kerak. Loyiha tarkibida tushintirish xati, kuzatuv stanstiyasining plani, shuningdek tegishli geologik xarita va kesimlar bo’lishi kerak.
Marksheyderlik kuzatuv loyiha tushintirish xati tarkibida quyidagilar bo’lishi kerak:
  • a) texnik vazifa;
  • b) kuzatiladigan uchastkalar haqidagi umumiy ma’lumotlar (kon- geologik, tuzilish va ob-havo sharoitlari, mumkin bo’lgan deformastiyalar turi, konchilik ishlarini amaliy va rejaviy rivojlantirish);
  • v) kuzatuvlarning prinstipial sxemasi;
  • g) tayanch va ishchi punktlar (reperlar) konstrukstiyasi va stanstiyani joylashtirish uchun zarur bo’lgan materiallar sarfining hisob kitobi;
  • d) kuzatuvlarni zaruriy aniqligi va davriyligini hisoblash yoki asoslash;
  • e) o’lchash uslublari va vositalari;
  • j) kuzatuv natijalarini ishlash va izohlash usulllari yuzasidan tavsiyalar;
  • z) kuzatuvlarning taqvimiy rejasi;
  • i) ijrochilarning tarkibi;
  • k) zaruriy materiallar, jihoz va asboblarning ro’yxati.
  • Kuzatuv stanstiyasining planida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
  • a) loyiha tuzilayotgan paytidagi konchilik ishlarining holati;
  • b) konchilik ishlarini yanada rivojlantirish loyihasi;
  • v) uyum yaqini va karyer bortida turgan inshootlar;
  • g) joyning tuzilish (relefi);
  • d) tayanch va ishchi reperlarning joylashuvi.

Kuzatuv stanstiyasi joylashtiriladigan joy loyihada ko’zda tutilishi yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan belgilanishi kerak.
Kuzatuv stanstiyasi joylashtiriladigan joy, kuzatuvlar borishining davriyligi va davomiyligi loyihada aytilgan vazifalarga bog’liq ravishda belgilanadi va konning kon-geologik sharoitlarini aniqlash, karyer va uyumlar ko’rsatkichlarini o’zgartirish, bortlar va uyumlarga oid kuzatuvlar natijalarini yig’ish, xamda deformastiya jarayonlarini rivojiga qarab to’g’irlanishi kerak.
Geologik xarita va kesimlar karyer maydoni uchastkasining geologik, kon-geologik va gidrogeologik xususiyatlari to’g’risdagi har bir ma’lumotni, shuningdek tog’ jinslarining fizikaviy-mexanik xossalarini (jinslar farqining litologik chegaralari, jinsning yoriqlik darajasi va tabiati, diz’yunktiv buzilishlar, hamda yo’nalishi va qulash burchagi ko’rsatilgan tektonik yoriqlar, jinslarni, tiziladigan bortlarni ko’chishga qarshiligining tavsiflari, shu jumladan bo’shashish yuzalari bo’yicha ham) o’zida jamlash kerak .
Ko’ndalang kesimlar karyer borti yoki uyumni tegishli uchastkasining cho’zilishi yo’nalishiga tik bo’lgan yo’nalishga qaratilishi kerak.
Konni bir vaqtda erosti va ochiq usullar bilan qazishda, shuningdek karyerlarning erosti inshootlarini o’tkazish va ishlatishda ochiq va erosti konchilik ishida ishlayotganlar xavfsizligini ta’minlaydigan, Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi bilan kelishilgan tadbirlar (konchilik va portlatish ishlarini olib borish rejalari va jadvallarini kelishish; portlatish ishlari paytida odamlarni erosti inshootlaridan er yuziga chiqarish; konlarni havo haydash sxemasi bilan shamollatish; karyerda yoppasiga portlatish ishlari bajarilganidan keyin erostida kovlangan joylardagi atmosfera holatini HKQQ xodimlari tomonidan tekshirish; kovlangan joylarga karyerdan suv yorib o’tish xavfining oldini olish; ustalar, brigadirlarni (zveno boshliqlari) portlashni atmosferadagi zaharli mahsulotlari va shu kabilarni miqdorini nazorat qilish vositasi bilan ta’minlanishi) amalga oshirilishi kerak.
Belgilangan tadbirlarni bajarish yuzasidan nazoratni korxona, karyer va erosti koni texnik rahbarlari va texnik nazorat xizmatlari amalga oshirishlari kerak.
Konning ishlangan joyi, shuningdek karyerdagi o’pirilishlarni toshqin va yuza suvlari, loyqa oqimlari oqib tushishidan to’sish kerak.
Bunday holatlarda konchilik ishlari xavfsizligini ta’minlaydigan tadbirlar har yili korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Ko’chki va sel xavfi bo’lgan joylarda ishlarni olib borishda karyerlarni qor ko’chkilari va sel oqimlaridan himoya qilishga oid choralarni amalga oshirish majburiydir.
Download 1,03 Mb.




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «konchilik ishi» kafedrasi

Download 1,03 Mb.