• O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash
  • Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi




    Download 316,67 Kb.
    bet2/38
    Sana24.09.2024
    Hajmi316,67 Kb.
    #272313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    8-12 темалар

    8.2. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi


    06.02.2019 yilda O‘RQ-518-sonli «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida» gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Ushbu Qonunning 4-moddsida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    xalqaro tashkilot - o‘zining ta’sis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;
    xalqaro shartnoma ishtirokchisi - xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va o‘zi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt;
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi - bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta hujjatdan iborat bo‘lishidan, shuningdek o‘zining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash - xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga bo‘lgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan bo‘lsa, bildirish shakli;

    Download 316,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 316,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish evolyutsiyasi

    Download 316,67 Kb.