|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 5/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темаларUchinchi bosqich - bu qo’shma korxonalarni tuzish bosqichidir. Ular har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarni faoliyat ko’rsatayotgan sanoat yoki tijorat firmalariga ega bo’lgan hamkorning mamlakatida zarur bo’lgan binolarni qurmasdan va ularda uskunalarni o’rnatmasdan tezda birgalikdagi faoliyatni boshlash mumkinligi bilan jalb etadi. Lekin, qo’shma xalqaro tabbirkorlikning ko’pchilik ustunliklari va ochilayotgan imkoniyatlariga qaramasdan hamkorlar o’z mustaqilligining bir qismini yo’qotadi va barcha xatti-harakatlarini bir-birlari bilan kelishib amalga oshirishlariga to’g’ri keladi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi va cho’zib yuboradi. Bundan tashqari qo’shma korxona xalqaro hamkorlikning vaqtinchalik shakli hisoblahadi. Qo’shma tadbirkorlik sohasida ish yurituvchi maslahatchi firmalarning izlanishlari qo’shma korxona faoliyatining o’rtacha muddati to’rt yil ekanligini ko’rsatadi.
Qo’shma korxonalar faoliyati jarayonida odatda bir hamkor nisbatan kuchliroq bo’lib boradi va kuchsizini o’ziga qo’shib oladi. Rasmiy xujjatlarda bu “firmalar qo’shilishi” deb ta’riflanadi. Bir qator maslahatchi firmalarning fikriga ko’ra, kompaniyalarning birlashuvini sanoatdan emas, balki injiniring, marketing va tijorat munosabatlaridan boshlash maqsadga muvofiq hisoblahadi. Chunki bu sohalar qo’shilishining samaradorligi sanoat quvvatlari qo’shilishi samaradorligiga nisbatan ikki barobar oshishi mumkin. Firmalar qo’shilishi haqidagi qaror oylab davom etadigan puxta hisob-kitoblar va muzokaralardan so’ng qabul qilinadi.
Birlashishni o’zaro kelishib olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Harakatlarning strategik rejasini aniqlash.
Rahbariyatdagi o’rinlarning muvozanatli taqsimotini, shtab-kvartira va ITTKI markazlarining qayerda joylashishini aniqlash bilan boshqaruv tizimini o’zaro kelishib olish.
Yagona kompaniyaga birlashayotgan hamkorlarning aktivlarini baholash.
Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan qo’shilishni kelishib olish.
Firmalar qo’shilishining muvaffaqiyatli ko’rsatkichi bo’lib ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalari hajmining 10-20 foizga o’sishi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarining 10-20 foizga kamayishi hisoblanadi.
Har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarning yagona kompaniyaga birlashish natijasi – bu transmilliy kompaniyaning (TMK) shakllanishidir. Kompaniyaning transmilliylashtirish darajasi quyidagi transmilliylashtirish indeksi bilan xarakterlanadi.
I = (XA/UA + XC/US + XSh/USh) : 3
bu yerda, I- transmilliylashtirish indeksi; XA – xorijiy aktivlar;
UA – umumiy aktivlar;
XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi hajmi; US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi hajmi;
XSh – xorijiy shtat; USh – umumiy shtat;
|
| |