|
TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga asoslangan
|
bet | 7/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga asoslangan:
Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;
Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;
Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish;
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo’ladi, chunki:
ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatlarga ko’chiradilar;
sharqdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar.
Masalan, kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya elektron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz tartibda ITTKIning bajarilishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 70 %ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish harajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxirida xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal harajatlar bilan o’tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda o’rnashmoqdalar.
TMKlar ITTKI o’tkazish uchun ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omillar bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab- quvvatlanishi va intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi. TMK korxonalarini samarali faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga bosh kompaniya resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda uyushtiradigan internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining mahsulotlarini eksport qilish amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o’zida kapital, texnologik jarayonlar, malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma- xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
|
| |