|
TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
|
bet | 6/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар
TMKlar zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng dinamik sub’yektlaridan biri bo’lib, paydo bo’lish davridan beri jiddiy taraqqiy etdi. Ular “kolonial-xomashyo” TMKlardan boshlab global kompaniyalargacha rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning son va sifat jihatidan o’sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30- yillarda ularning soni 300 ta bo’lgan bo’lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi. 80-yillarda yetakchi TMKlar global kompaniyalarga (to’rtinchi avlod TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion dinamizm, ichki korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi faoliyat sohalari va yo’nalishlarini faol izlash bilan xarakterlanadi. XXI asr boshlarida global korporatsiyalar orasida xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ayrim mutaxassislar juda katta korporatsiyalarni (JKK) alohida ajrata boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ularning soni 800 tani tashkil etadi. Ushbu kompaniyalar o’z qo’lida zamonaviy moliyaviy-sanoat, texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK «jahon iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real omillarini» ifodalaydi.
Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo’lib TMKlarning turli shakllardagi qo’shilishlari va qo’shib olishlari (inglizcha Mergers and acquisitions
M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni strategik alyanslari) namoyon bo’lmoqda. Bu jarayon kompaniyalar o’rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o’zgartirib yubormoqda. Natijada ta’sir ko’rsatish hududlarini birgalikda bo’lib olish boshlanmoqda, birgalikda iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati birlashtirilmoqda.
TMKlar ishtirokida qo’shilishlar va qo’shib olinishlar shaklida kapitalning xalqaro birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX–XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuviga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omilga aylandi. XX asr boshidan beri ro’y bergan qo’shilishlar va qo’shib olishlarning besh “to’lqini”ga globallashib borayotgan iqtisodiyotning mazmun- mohiyatini aks ettiruvchi ularning oltinchi “to’lqini” qo’shildi. Oltinchi «to’lqin» XXI asrning ilk yillaridagi jahon iqtisodiyotining pasayishidan va AQShda fond birjalari faoliyati inqirozidan so’ng 2003 yilda boshlangan deyish mumkin. 2007 yilda jahonda qo’shilishlar va qo’shib olishlarning hajmi rekord ko’rsatkichga - 4,74 trln. doll.ga yetib, 2000 yil darajasiga nisbatan 3,4 trln. doll.ga ko’paydi. 2008 yilda boshlangan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozi tufayli ularning soni jidddiy kamaydi.
Amalda korxonalarni sotish-sotib olishga ixtisoslashgan global bozor shakllandi va faol rivojlanmoqda (bunda korxonalarni sotib olish istagini bildirganlar uni sotuvchilarga qaraganda ko’proq). Hozirgi faollik asosan global bozor tendentsiyalariga, arzon zaem vositalariga, xomashyo tovarlariga yuqori talabga va BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy) mamlakatlarida yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishiga asoslanadi. Uning yana bir xususiyati bo’lib, to’g’ri inestitsiyalar fondlarining jadal faoliyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori hisoblahadi.
XXI asrning boshiga kelib 700 mingdan ortiq o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 80 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. TMKning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 30%, xalqaro savdoning 50% ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun xomashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90%, mis va boksitning 85%, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75% nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 foizi to’g’ri keladi.
TMKning umumiy valuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy valutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir. Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, xorijiy sarmoyalar lokomotivi bo’lib qatnashadi va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar qabul qiladi. Yirik TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy- texnik taraqqiyotini belgilovchi tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi.
Ular 90-yillarning oxirida kompaniyaning 100 ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15% dan yuqorirog’i to’g’ri keladigan elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu ro’yxatlarda kimyo, qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o’rinlarni egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va portfel sarmoyadorlar, samarali texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat migratsiyasining rag’batlantiruvchilari sifatida ishtirok etadi. 90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni turar edi. Ushbu kompaniyadan tashqari yirik TMKlarning birinchi o’nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1 ta Germaniya, 1 ta Shveysariya kompaniyalari kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100 ta TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuela” (Venesuela) kompaniyalari paydo bo’lishdi. Yangi industrial davlatlarning (YaID) birinchi “to’lqini” orasida yirik Osiyo kompaniyalari, birinchi navbatda Gonkong (2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida 10 ta), Janubiy Koreya (FT-500 reytingida 5 ta), Tayvan va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida Braziliya – 11 TMK ajralib turadi. Biroq, YaIDlarga tegishli kompaniyalarning transmilliylashuvi jahon bozorlarida harbiy TMKlarning maqelarini jiddiy pasaytira olmadi. 2004 yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni xarid qilish bozorlarida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004 yildan boshlab, rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining bozorlarini egallash jarayoni boshlandi. Ushbu jarayonda Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o’ynamoqda. 2007 yilda ilk bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmi rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining rivojlanayotgan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq bo’ldi. 2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida Xitoy va Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi o’rinda turgan Buyuk Britaniya bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo’lgan korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi. 2008 yilda Xitoy FT-
500 reytingining birinchi o’nligidagi o’z mavqeini yanada oshirib, 3 ta kompaniyaga yetkazdi (2006 yilda ushbu reytingga bitta ham xitoy kompaniyasi kiritilmagan edi). Xitoy va Gonkong kompaniyalarining umumiy kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va birinchi o’rinda mahkam o’rnashib olgan AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. AQSh bu ro’yhatda kompaniyalar soni (169 ta), ularning umumiy kapitallashuv darajasi (9,6 trln. doll.) bo’yicha ham so’zsiz yetakchilik qiladi.
XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv jarayoni kuchaydi. Ular Osiyo va Afrika bozorlaridan so’ng 80-yillarda Yevropa bozorlariga ham o’z yig’uv ishlab chiqarishlarini joylashtira boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta mamlakatdagi 1000 dan ortiq qo’shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy qismi eng yirik savdo sheriklari bo’lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya, Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga to’g’ri keladi. Hind kapitali yuqori kontsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta eng yirik (Birla, Tata, Singxaniya, Shoxibog’ va boshqalar) savdo- sanoat uylarining hissasiga Hindiston korporativ sektorini to’g’ri xorijiy investitsiyalarini 75 % to’g’ri keladi.
Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston kompaniyalarining transmilliylashuv modellari tashqi jihatdan o’xshashligiga qaramay ayrim farqlanishlarga ega. Masalan, hind kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni ko’p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular transmilliylashuvning savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o’tishdan oldin boshqa kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat ko’rsata boshlagan. Janubiy Koreya va ayniqsa Xitoy kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni esa xalqaro bozorlarga jadal kirib borish xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar transmilliylashuv jarayonining boshlang’ich bosqichlarida turibdi.
90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshlanib, uning bosqichlari va xususiyatlari jihatidan biznesning baynalmillashuvi va transmilliylashuvining klassik modeliga to’liq mos kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli ravishda davlat ko’magisiz amalga oshirildi. Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg’i-energetika majmuasining (YoEM) eksport tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy ekspansiya natijasida Rossiya kompaniyalarining katta hajmdagi moliyaviy mablag’larining chet elga yo’naltirilishi mamlakat xususiy tashqi qarzdorligini oshirmoqda (2008 yilda 400-450 mlrd. doll.).
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka erishishda tobora ko’proq «yangi iqtisodiyot» omillari (brendlar, gudvillar, tarmoqli texnologiyalar, noan’anaviy marketing va hokazo) qo’llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy biznesning xorijdagi faoliyatini qo’llab-quvvatlashning yangi zaruriy infratuzilmasini shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar. TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har bir TMKda bir-biriga bog’liq korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib olingan.
|
| |