|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 4/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темаларBirinchi bosqich - o’z ichiga bir martalik eksport-import bitimlarida aks etuvchi, turli davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi shartnoma munosabatlarini oladi. Bu bosqichda hamkorlar hali yetarli darajada bir-birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat potensiali va ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar.
Ikkinchi bosqich - har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi bo’lib ikki yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli shartnomalar xizmat qilishi mumkin. Bir qator hollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib chiqilishi, asbob-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi.
Uzoq muddatli shartnomalar eksporter uchun sifati sotib oluvchiga ayon bo’lgan tovarlar va xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan jozibali hisoblanadi. Bundan tashqari eksporterlar transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport harajatlarini qisqartirish hisobiga o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama, xaridorlarni qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash harajatlarisiz tijorat harajatlarini pasaytirish imkonini beradi.
Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bo’lgan va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishi barqarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari import qilingan holatda importerlar eksporterlarga kapitalni ssudaga berish, so’ngra esa ma’lum darajadagi foizlar bilan uzoq muddat mobaynida o’zining yoqilg’i, xomashyo materiallariga bo’lgan talablarini barqaror ta’minlash uchun, uni mahsulot shaklida qaytarish imkoniyatiga egadir.
Hamkorlikning keyingi bosqichida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar, litsenziyaviy kelishuvlar, konsorsiumlar (ma’lum bir maqsadlarni amalga oshirish, ko’pincha tashqi bozorga birgalikda kirish uchun o’zaro konfidensial kelishuvlar bilan bog’langan hamkor-ishtirokchilarning vaqtinchalik birlashuvidir) tuzish amalgam oshiriladi. Bu bosqichda har xil mamlakatlardan bo’lgan hamkorlar bir- birlariga baho berishgan, bir-birlarining ishonchliligiga va ish yuzasidan shartnomalarni tuzishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligiga ishonch xosil qilishgan.
Jahon amaliyotida litsenzion bitimlarning imzolanishi, texnologiyalar bilan almashinuv, xalqaro ilmiy-texnik kooperatsiya bir birlarining sanoat, tijorat, tadqiqot potensiallaridan to’liqroq foydalanish imkonini beradi. Bunda litsenzion bitimlar texnologiyalar bilan almashinish, barter va kompensatsiya bitimlari uchun qurol sifatida keng ishlatiladi.
Uchinchi davlatlar bozorlarida konsorsium tarkibida birgalikda o’z tovar va xizmatlari bilan ishtirok etish hamkorlarga turli buyumlar va komplekt uskunalarning birmuncha keng assortimentini taklif etish, qaltisliklarni o’zaro taqsimlash, yangi bozorlarni o’zlashtirish bo’yicha, texnologiyalar va nou-xaular bilan o’zaro almashuv bo’yicha imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek moliyaviy resurslarni birlashtirish hisobiga o’z faoliyati uchun zaruriy moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.
Ko’pincha konsorsiumlarga yakka o’zi tashqi bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki eksport sanoati uchun zarur uskunalar bilan jihozlanmagan katta bo’lmagan kompaniyalar birlashadi. Bu muammolarni ular birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun mamlakat ichki bozorida o’ziga o’xshash kompaniyalarning kuchi va resurslarini birlashtirish yo’li bilan hal etadilar. Ba’zan o’z tovarlarining sotilishi uchun birlashgan marketing guruhini ham tuzadilar.
Hozirgi vaqtda meva, go’sht, sut mahsulotlari savdosi bo’yicha agrar sektor korxonalari uyushmalari eng keng tarqalgan.
|
| |