|
Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning quyidagi 3 xil strukturasi mavjud
|
bet | 8/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning quyidagi 3 xil strukturasi mavjud:
Gorizontal
Vertikal
Diversifikatsion
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda, xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda xomashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ish kabi bosqichlarini yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan butun e’tiborni xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish munosabatlarida texnik darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi.
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bitta TMK filiallarining ushbu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Bunday mahsulotni tayyorlash tobora ko’proq autsorsing munosabatlari bilan birga rivojlanmoqda. «Fortune» jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan mamlakatlardagi kamida 90 % korxonalar hech bo’lmaganda bitta biznes-jarayonni amalga oshirish uchun autsorsingdan foydalanadi. TMKlar tomonidan autsorsingning eng faol qo’llaniladigan asosiy shakllariga ishlab chiqarish autsorsingi, ya’ni ofshor shartnomaviy ishlab chiqarish (OEM-original equipment manufactures), XXI asr boshida eng ko’p rivojlangan biznes-jarayonlar autsorsingi, axborot texnologiyalari autsorsingi («ofshor dasturlash»), shuningdek ITTKI autsorsingi («bilimlar autsorsingi») kiradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash turli qabul qiluvchi mamlakatlarda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarishni bildiradi. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning shu tovarni eksport qilishdan ko’ra maqsadga muvofiqligi qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import bojining miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import boji va o’sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o’rniga uni import qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari bir turdagi mahsulotni shu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish xalqaro kompaniyaga o’zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o’rnashish bo’yicha muvaffaqiyatsizligi holatida, kompaniya o’z yo’qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug’urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash masalasi milliy korxonalarimizning ham jahon bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining muhim shartlaridan biri hisoblahadi. Hozirgi kunda, O’zbekistonda milliy iqtisodiyotimizni diversifikatsiyalash uni mustahkamlash va barqaror rivojlanishida muhim rol o’ynamoqda va bu borada ma’lum natijalarga erishilmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat o’zgarishlariga erishildi. Bu avvalambor
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning eksporti tarkibida ham sezilarli ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Xususan, eksportda xomashyo resurslarining ulushi kamayib bormoqda va borgan sari tayyor mahsulotlarning ulushi ko’payib bormoqda. Jumladan paxta tolasining eksportdagi ulushi yildan-yilga kamayib ketayotganini kuzatish mushkul emas. Uning eksportdagi ulushi mustaqillikning ilk yillarida 50 foizdan ortiqni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunda uning ulushi 11,3
%ni tashkil etmoqda.
O’zbekiston eksportining tovar tarkibi
Ko’rsatkichlar 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018yil 2019 yil
Eksport jami(mln.AQSH doll.)3267,6 4853,0 11493,3 11771,3 13044,5
Eksport jami, foizda 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 Shu jumladan (jamiga nisbatan foizda):
Paxta tolasi 27,5 19,1 9,3 8,6 11,3
Kimyoviy mahsulotlar
|
2,9
|
5,3
|
5,6
|
5,0
|
5,1
|
Qora va rangli metallar
|
6,6
|
9,2
|
7,0
|
5,0
|
6,8
|
Mashina va uskunalar
|
3,4
|
8,4
|
7,6
|
2,9
|
5,5
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
5,4
|
3,8
|
4,5
|
6,0
|
9,7
|
Energiya mahsulotlari
|
10,3
|
11,1
|
24,7
|
34,2
|
24,8
|
Xizmatlar
|
13,7
|
12,2
|
10,4
|
8,8
|
9,1
|
Boshqalar
|
30,2
|
30,5
|
30,9
|
29,5
|
27,7
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
|
| |