Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati




Download 316,67 Kb.
bet11/38
Sana24.09.2024
Hajmi316,67 Kb.
#272313
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
8-12 темалар

8.5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati


2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo iqtisodiyotiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”.
Ma’lumki, TMKlar to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TXI) oqimida muhim rol o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimlari sezilarli kamaydi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, TXIlarning global oqimlari 2010 yildan 2017 yilgacha uzluksiz o’sib bordi va 2018 yilda rekord darajani – 1979 mlrd dollarni tashkil qildi, 2018 yilda 14 % ga, ya’ni 1697 mlrd dollargacha, 2019 yilda esa 900-1200 mlrd dollargacha pasaydi. Shunga qaramay, 2020 yilda ularning asta-sekin tiklanishi va 2021 yilda qo’shimcha o’sishi kutiladi. Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi TMKlarni o’z investitsion dasturlarini qisqartirishga majbur qildi. Dastlab TXI rivojlangan mamlakatlarda 29 % pasaygan bo’lsa, ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda va Janubi-Sharqiy YYevropa hamda MDHning o’tish iqtisodiyotili mamlakatlarida mos ravishda 17 % va 26 % ko’payib bordi. Ularning global TXI oqimlaridagi ulushi mos ravishda 2017 yilda 27 % va 5 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2008 yilda 37 % va 7 % gacha ko’paydi (3.7- jadval). Biroq, 2018 yil oxiri va 2019 yil boshlarida bu mamlakatlar ham inqirozning ta’siridan aziyat cheka boshladilar.
Korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayish holati xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu esa TXI larning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir. To’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar nisbatan uzoq muddatli va ularning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish xizmatlarini moliyalashtirish va kengaytirish hisoblanadi, shu sababli ular bosh kompaniya tomonidan sinchiklab o’rganiladi. Boshqa tomondan, kompaniya ichida qayta sarmoyalangan daromad va kreditlar oqimlari TMKning qisqa muddatli likvidlik yoki qulay soliqqa tortishga asoslangan qiziqishi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari TXI oqimlari, kapitalning portfel sarmoyalar va bank ssudasi singari boshqa harakatlanish shakllariga nisbatan egiluvchanroq bo’ldi, chunki TXI uzoq muddatli tavsifga ega. XVF mutaxassislarining fikricha, 2017- 2018 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI oqimlari qisqarishi davom etadi, lekin umuman olganda yuqoriligicha qolishi va taxminan 400 mlrd AQSh dollariga teng sof kirim hajmiga ega bo’lishi kutiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga portfel kapital va kreditlashning sof oqimlari aksincha, salbiy ko’rsatkichni namoyon qiladi. YUNKTAD tomonidan o’tkazilgan 2009–2011 yillar uchun Jahon Investitsion istiqbollar sharhi (WIPS) ko’rsatishicha, eng katta hajmdagi jahon TXI va aktsiyalar jamlangan Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlarida TMKlarning investitsion rejalarining qisqarishi kuzatiladi. 2018 yilda rivojlangan mamlakatlarga TXI oqimi 29 % ga, ya’ni 962 mlrd AQSh dollariga qisqardi. Bu asosan M&Aning xalqaro sotuvlar narhining besh yillik o’sishdan so’ng 39 % ga tushishi hisobiga ro’y berdi. Yevropada M&A bo’yicha xalqaro bitimlar 56 %, Yaponiyada - 43 % qisqardi.
2018 yilda AQShdan, Yevropa mamlakatlaridan TXIning chiqib ketishi kamaygan bo’lsa, faqatgina yapon TMKlari 2018 yil boshida o’zlarining TXI chiqib ketishini ko’paytirishga erishdi. Ular global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida firmalar narhining pasayishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib, xorijiy xaridlari hajmini ko’paytirdi. Yapon kompaniyalarining xalqaro M&As qiymati 2019 yilda rekord darajaga, ya’ni 54 milliard AQSh dollariga etdi va Yaponiyani eng ko’p TXI chiqib ketgan mamlakatlar guruhiga qaytardi.

Download 316,67 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 316,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati

Download 316,67 Kb.