8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja




Download 316,67 Kb.
bet9/38
Sana24.09.2024
Hajmi316,67 Kb.
#272313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
8-12 темалар

8.4. TMK millatini aniqlash


TMK millatining ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:

  • ro’yxatga olingan joyi;

  • shtab-kvartiraning joylashuvi;

  • aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo’lgan aksiyadorlarning millati.

Kompaniyaning millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy firmalarning faoliyat yuritishini esa qabul qiluvchi davlat o’z iqtisodiyotining alohida sektorlarini qoldirgan holda cheklaydi. Shunday qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yo’l transporti sohasida, Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada telekommunikatsiya sohasida va boshqalarda faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar uchun ta’qiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qonunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda turli mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalarni farqlaydi. Rezidentlarga ushbu davlat hududida joylashgan va shu yerning o’zida ro’yxatdan o’tgan kompaniyalar kiradi. Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar bo’lim (branch) shaklida, sho’ba firmalar (subsidiary) yoki uyushgan (associated) kompaniyalar shaklida faoliyat yuritishi mumkin. Bo’lim qabul qilayotgan mamlakatda ro’yxatdan o’tadi, ammo u o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil kompaniya emas va to’liq (100%) bosh kompaniyaga tegishli bo’lib, yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;

  • bosh kompaniyaning qo’shma korxona bo’yicha hamkori, u yerga boshqa firmalar ham kirishi mumkin;

  • bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki;

  • bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar va boshqalar).

Sho’ba kompaniyalar qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan o’tadi va TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi. Bosh kompaniya uning aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning butun kapitaliga egalik qiladi, korxona boshliqlarini tayinlaydi va nazorat qiladi.

Download 316,67 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Download 316,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja

Download 316,67 Kb.